Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi muhim hodisalar daydjestini taqdim etaman.
Qani ketdik!
Ta’lim
Brifing davomida Respublika taʼlim markazining matbuot kotibi – Mohira Nurullayeva keyingi oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekistondagi maktablarda baholash tizimi oʻzgartirilishini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi. Batafsil ma’lumot: https://anhor.uz/news/marks/
iCode – bu qizlarni IT sohasida eng kerakli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan ijtimoiy loyiha. Bugungi kunda IT sohasida ayollarga qaraganda erkaklar ko‘pchilikni tashkil qiladilar. IT sohasi qizlar uchun emas va bu butunlay erkaklarning kasbi degan stereotip (yanglish fikr) mavjud. Va ko‘pgina qizlar kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, dasturlash sohasida mutaxassis bo‘la olishlariga shubha qiladilar. Aynan shu sababli ham, IT sohasida yetakchi o‘rinni egallovchi uchta maktab iCode loyihasini ishga tushirdilar. Batafsil ma’lumot: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220210/v-tadzhikistane-zapustili-besplatnii-kurs-po-ios-razrabotke-dlya-devochek
Moliya bozorlarida qanday yangiliklar? Shaxsiy moliyaviy masalalarni qanday yuritish lozim? Qaysi qimmatbaho qog‘ozlarni xarid qilgan ma’qul? Qanday qilib sarflashni to‘xtatib, yig‘ishni boshlash mumkin? Bu haqda blogerlarimizdan bilib olishingiz mumkin. Biz 12 ta foydali kanalni tanlab oldik. Batafsil ma’lumot: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220213/12-telegram-kanalov-o-finansovom-i-investitsionnom-sektorah-v-tsentralnoi-azii-i-sng
Inson huquqlari
turkmen.news manbalarining xabar berishlaricha, Turkmanistonda rangli va qora rangdagi tibbiy niqoblarni taqish ta’qiqlana boshlangan. Kuni kecha Turkmanoboddagi rasmiylar va maktab o‘quvchilariga nafas yo‘llari infeksiyasidan himoya qiluvchi har qanday niqobni emas, balki faqatgina oq rangdagi niqobni taqish e’lon qilindi. Bunday qarorning sabablari tushuntirib berilmagan. Batafsil ma’lumot: https://turkmen.news/black-face-masks-banned/
Turkmanistondagi internet foydalanuvchilari tarmoqqa ulanishda muammolarga duch kelishda davom etmoqdalar. Internetning past tezligi VPN-ga ulanishga imkon bermaydi. So‘nggi kunlarda endi mobil internet ham deyarli ishlamayapti. Bu haqda 8- va 9-fevral kunlari Azatlykning Turkmanistondagi muxbirlari xabar berdilar. Ayni kunlarda mamlakat hukumati Xalq Maslahatining yaqinlashib kelayotgan navbatdan tashqari yig‘ilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Batafsil ma’lumot: https://rus.azathabar.com/a/31694427.html
Fergananing xabar berishicha, Qozog‘iston Bosh prokuraturasi mamlakatda sodir bo‘lgan yanvar voqealari paytida halok bo‘lganlarning ismlarini e’lon qilishdan bosh tortdi. Huquqshunos va fuqarolik jamiyati faollaridan biri – Baxitjan Toregojinaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida nashr qilgan so‘roviga javoban prokuratura taqdim etgan xabarda ushbu ma’lumotlar Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, “hozirgi paytda oshkor etilmasligi” ta’kidlanmoqda (“Sudgacha bo‘lgan tergov ma’lumotlarining oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaslik”). Batafsil ma’lumot: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220208/v-kazahstane-otkazalis-nazvat-imena-pogibshih-v-yanvare
Butun dunyodan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, barcha Internet foydalanuvchilarining uchdan bir qismini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi va har yarim soniyada birorta bola birinchi marta Internetga kiradi. Dunyo bo‘ylab kun sayin yanada ko‘proq bolalar va o‘smirlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lmoqdalar, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. UNICEFda qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi ushbu jarayonning tezlashishiga sabab bo‘lib, bolalarni ham, kattalarni ham tarmoqda oldingidan-da ko‘proq vaqt o‘tkazishga undadi. Batafsil ma’lumot: https://anhor.uz/news/protecting-children/
“Xalqaro uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani o‘rganish loyihasi” (OCCRP) Qirg‘iziston hukumati tomonidan matbuot erkinligiga nisbatan bosim ortib borayotganidan chuqur tashvishdalar. OCCRP loyihasi bu haqda o‘zining bayonotida ma’lum qildi. OCCRPning eslatishicha, OCCRP xodimi Bolot Temirov giyohvand moddalarni saqlash haqidagi soxta ayblovlar bilan qo‘lga olingan. Facebook tarmog‘idagi anonim sahifalar tomondan esa uning kompyuterlaridan olingan shaxsiy hujjatlar oshkor qilingan, loyiha xodimini o‘bro‘sizlantiruvchi video ro‘kach qilinib, qo‘rqitilgan va maxsus xizmat idoralari tomonidan uning ustidan shikoyat qilish uchun bosim o‘tkazilgan, deya ta’kidlaydi OCCRP. Batafsil ma’lumot: https://kaktus.media/doc/454395_occrp_osyjdaet_rastyshee_davlenie_gosydarstva_na_nezavisimye_smi_v_kyrgyzstane.html
Jamiyat
Ba’zi ajoyib jins vakillarining fikrlariga ko‘ra, feminitivlar ayollarning jamiyatda sezilarli bo‘lishlariga ko‘maklashadi. Biroq, nutqda ulardan foydalanish ko‘pchilikda masxaraomuz istehzodan kuchli g‘azablanish hissigacha turli reaksiyalarni / munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Feminitivlar (yoki feminativlar) – bu erkak rodidagi so‘larning o‘rniga o‘ylab topilgan ayol rodidagi muqobil so‘zlar. Aksariyat hollarda ular ayollarning faoliyat turi yoki kasbini tavsiflaydi. Bu yangi hodisa emas. Feminitivlar rus tilida XI–XVII asrlarda ilk erkak va ayol juft kasblari paydo bo‘lishi bilan ishlatila boshlangan.
Ko‘pchilik ingliz tilidan mashxur qo‘llanma – “Bonk” darsligini yaxshi eslaydi, bir necha avlod aynan u bo‘yicha o‘qigan. 2020-yil 21-noyabr kuni mazkur afsonaviy darslikning muallifi ayol kishi bo‘lganligi maʼlum boʻldi. Uning o‘limidan keyingina N. A. Bonk aslida Natalya Aleksandrovna Bonk ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ehtimol, darslik muallifi ayol kishi ekanligi oldinroq ma’lum bo‘lganida, uning familiyasi erkak kishining familiyasi sifatida ishlatilmagan bo‘lardi. Batafsil ma’lumot: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220211/kogda-ona-zhurnalistka-blogerka-oratorka-zachem-zhentshinam-nuzhni-eti-okonchaniya
O‘zbekistonlik rejissyor Mixail Borodinning “COTTON 100%” filmi “Artdokfest” hujjatli filmlar festivalining asosiy tanlov dasturidan o’rin oldi. Mazkur film paxta dalalaridagi majburiy mehnat va ikki nafar kuchli ayol haqida so‘zlab beradi, ayollardan biri paxta terimchilarning haq-huquqlarini himoya qilsa, ikkinchisi qishloq hayotining qiyinchiliklari bilan kurash olib boradi.
Ushbu film va u nima sababdan yana uzoq yillar davomida dolzarb bo’lishi haqida uning yaratuvchilaridan biri Timur Karpov “Fergana”ga so’zlab berdi. Batafsil ma’lumot: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220210/v-uzbekistane-snyali-dokfilm-o-prinuditelnom-trude-on-popal-artdokfest
Ehtiyot bo’ling, firibgarlar!
“Qozog‘iston xalqiga” (Народу Казахстана) jamg‘armasining matbuot xizmatida Qozog‘istonda xayriya tashkilotlarining yagona reyestridan foydalanib, o‘zlari tanlagan qurbonlarning nomiga kredit olayotgan firibgarlar faollashgani haqida xabar berishdi. So‘nggi bir necha kun ichida “Atameken” Ishbilarmonlar Milliy Palatasining aloqa markaziga 436 ta shikoyat kelib tushgan. Batafsil ma’lumot: https://informburo.kz/novosti/cvetnye-medicinskie-maski-zapretili-v-turkmenistane
Texnologiya
2021-yilning noyabr oyida Qozog‘iston Milliy to‘lov tizimining tarkibiy qismlari sinov rejimida ishga tushirilgan edi, deya xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki rahbari. Qozog‘iston Milliy banki raisi Galimjan Pirmatov hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istonda Milliy to‘lov tizimini 2022-yilning 1-iyuligacha ishga tushirish rejalashtirilganini ma’lum qildi. 2021-yilning noyabr oyida Milliy to‘lov tizimining tarkibiy qismlari – kartalar orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun Banklararo to‘lov kartalari tizimi va mobil onlayn to‘lovlarga xizmat ko‘rsatish uchun Tezkor to‘lov tizimi sinov rejimida ishga tushirilgan edi. Batafsil ma’lumot: https://informburo.kz/novosti/nacionalnuyu-platyozhnuyu-sistemu-v-kazahstane-polnostyu-zapustyat-k-1-iyulya-2022-goda
Ekologiya
Turkmaniston New Scientist jurnali tomondan tuzilgan metanni eng ko‘p chiqaruvchi manbalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan ushbu tadqiqot 3 fevral kuni e’lon qilindi. Batafsil ma’lumot: https://turkmen.news/turkmenistan-metan-sverhvysokiy/
Biz bilan birga ekanligingiz uchun tashakkur!
Xayr-xayr!
P.S. Jamoamizni qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qleverni o‘ynang