Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 01 – 07-fevral 2022 yil.

08.02.2022 • 09:44

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Talim

Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar kamida bitta milliy musiqa asbobini chalishga oʻrgatiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-fevral kuni imzolangan qarorga koʻra, bu attestatga tushadi, deb yozmoqda Podrobno.uz. Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilarga kamida bitta milliy musoqa asbobini chalish oʻrgatiladi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220204/v-uzbekistane-shkolnikov-obyazhut-nauchitsya-igrat-minimum-na-odnom-muzikalnom-instrumente

Tashqi boshqaruv joriy etilishi bilan “Qumtor gold kompani” YoAJ butun mamlakat boʻylab loyihalarni qoʻllab-quvvatlagan holda Qirgʻizistonda fan va ta’limni rivojlantirishga faol koʻmaklasha boshladi. Bugungi kunda “Qumtor” kompaniyasining moliyaviy koʻmagida Internet hamjamiyatning qirgʻiz boʻlimi(ISOC)ning “Ilimboks” ta’lim platformasi uchun qirgʻiz tilida onlayn videodarslar tayyorlash boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda. Qirgʻiziston ta'lim tizimi yangiliklar va raqamlashtirishga ehtiyoj sezayotganiga ancha boʻlgan. “Ilimboks” - Qirgʻizistondagi oʻquvchilar uchun moʻljallangan ilk ochiq Internet ta’lim platformasi boʻlib, u qirgʻiz tilidagi raqamli manbalardan tez va xavfsiz foydalanish, oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida oʻzaro aloqa, oʻquvchining davomatini nazorat qilish, vaqtincha maktabga qatnash imkoniyati boʻlmagan (kasalligi yoki karantin tufayli) bolalarning masofaviy oʻqishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bunday platforma darsliklar va laboratoriya-amaliy mashgʻulotlari yetishmovchiligi, oʻqituvchilar kamligi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish vositalaridan biri sifatida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/454009_kymtor_podderjal_proekt_obrazovatelnoy_platformy_ilimboks.html

Qozogʻiston ta’lim vazirligi va “Otamakon” NNT mamlakatdagi oliy oʻquv yurtlari reytingini tuzib chiqishdi. Oliy oʻquv yurtlarining ta’lim dasturlari uchta blokka jamlangan 19 ta mezon asosida baholandi. Bu bloklar: bitiruvchilarning ishdagi istiqbollari, ta’lim darslarining sifati hamda talabalarning yutuqlari. 

Batafsil quyida:https://informburo.kz/novosti/v-mon-nazvali-lucsie-i-xudsie-vuzy-kazaxstana

Arizona universitetining Qozogʻistondagi filiali sentyabr oyida ish boshlaydi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ta’lim va fan vaziri oʻrinbosari Quanish Ergaliyevning Arizona universiteti prezidenti doktor Robert Robbins bilan onlayn uchrashuvi davomida shu haqda ma’lum qilingan. Filial Qozibayev nomidagi Shimoliy Qozogʻiston universiteti bazasida ochiladi. TFV, Qozogʻiston va Amerika oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida uch tomonlama memorandum oʻtgan yil iyun oyida imzolangan edi.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/filial-universiteta-arizony-v-kazahstane-zarabotaet-v-sentyabre

Qozogʻistonlik oʻquvchilar standart maktab dasturidan tashqari global kompetensiyalarni oʻstirish boʻyicha kurslarga ham qatnashadilar, deb xabar bergan ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov hukumat yigʻilishida.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/shkolniki-budut-prohodit-kursy-po-razvitiyu-globalnyh-kompetencij

Inson huquqlari

Turkmaniston yana mahbuslar soni eng koʻp boʻlgan davlatlar qatoridan joy oldi. World Prison Briefning navbatdagi ma’ruzasiga koʻra, Turkmanistonda har 100 000 ming kishiga 576 nafar mahbus toʻgʻri keladi. Bu dunyodagi uchunchi koʻrsatkich hisoblanadi.

​ World Prison Brief ma’lumotlarida qayd etilishicha, mahbuslar soni, yani mamlakat umumiy aholisidan har 100 000 kishiga toʻgʻri keladigan mahbuslar soni boʻyicha quyidagi davlatlar oldingi oʻrinlarda - AQSh  (629), keying oʻrinda Ruanda (580), uchinchi esa Turkmaniston (576). Keyingi oʻrinlarni Salvador (564), Kuba (510), Palau (478), Britaniya Virginiya orollari (447), Panama (436), Sent-Kits va Nevis (423), Grenada (413), Tayland (412), AQSh Virginiya orollari (394), Bagam (392), Urugvay (383) va Braziliya (381) band etishgan.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31679351.html

Turkmanistonda Milliy xavfsizlik vazirligi (MXV) xodimlari dindorlar ustidan nazoratni kuchaytirishmoqda. Azatliq Radiosi muxbirining soʻzlariga koʻra, ushbu idora xodimlari uyida diniy adabiyotlarni saqlashda gumon qilinayotganlarga qoʻngʻiroq qilib soʻroqqa tutishmoqda hamda MXVga soʻroqqa chaqirishmoqda.

- Mendan: “Kim amru ma’ruf qilayapti? Kim hukumatga qarshi gaplar aytayapti?, Kim ibodat qilishni oʻrgatayapti?”, - deb soʻrashdi degan 27-yanvar kuni soʻroq berib chiqqan marilik Azatliq muxbiri bilan suhbatda.  Bir necha tergovchi esa muxbirimizga oʻzlarining MXV idorasiga chaqirtirilishlarining sababini soʻrashganda, oʻzlarining “qora roʻyxatda” ekanliklarini aytishganini gapirib berishdi.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31681091.html

​​Qirgʻiziston prokuraturasi  Kaktus.mediaga nisbatan QR JKning 407-moddasi – “Urushni tagʻib qilish, yani har qanday shaklda bir mamlakatning boshqasiga nisbatan tajovuzini yoki harbiy nizo keltirib chiqarish maqsadida gʻoya va qarashlarni tarqatish” asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/453820_delo_kaktus.media._davlenie_na_smi_naryshenie_ili_chto_mnenie_ekspertov.html

Hayvonlar huquqlari

Mari viloyatining shu nomli etrapidagi Peshanali gengeshligida it va mushuklar ommaviy ravishda oʻldirilmoqda. Daydi hayvonlar bilan birga, egasi bor uy hayvonlari ham qirgʻin qilinmoqda. Hokimiyat vakillari bu harakatni it talagan bolalar va kattalarning kasalxonaga murojaat qilish holatlari koʻpaygani bilan izohlashmoqda. Maridan kelgan bu xabarlar Xalq maslahatining navbatdan tashqari sessiyasiga tayyorgarlik jarayonida Ashxobodda ham uy hayvonlari ommaviy ravishda oʻldirilayotgani bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31685478.html

Texnologiya

Oʻzbekistonda 2022-yil 1-iyuldan boshlab test rejimida “Shaffof yoʻl” platformasi ishga tushiriladi, unda avtomobil yoʻllari sohasiga oid ma’lumotlar jamlanadi. Adliya vazirligi hukumat qaroriga tayanib shu haqda xabar berdi.

Qaror bilan ushbi platformada joylashtiriladigan axborotlar roʻyxati (17 ta nomdagi) tasdiqlangan. “Shaffof yoʻl” platformasining alohida sahifasida jamoatchilik fikri asosida aholining yoʻllarning nosozligi borasidagi foto va videomurojaatlari, shuningdek yoʻllar va yoʻl chetlarida yuzaga kelgan, harakat xavfsizligiga tahdid soladigan texnik muammolar (svetafor yoki yoʻl belgilari oʻrnatilmagan yohud buzilgan, tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga kelgan holatlar) borasidagi murojaatlar joylashtiriladi.  

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/society-control/

Oʻzbekistonda 18 million nafar oʻzbekistonlik Telegram messenjeridan foydalanadi. Ommaviyligi jihatidan ikkinchi oʻrinda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻi turadi – uning foydalanuvchilari soni 16,7 million kishi, deb yozmoqda nuz.uz. Ushbu ma’lumotlar Oliy Majlis Senatining axborot siyosati va davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari Qoʻmitasining 31-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida keltirilgan.  

Batafsil quyida:https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220201/v-uzbekistane-nazvani-samie-populyarnie-sotsseti-i-eto-ne-feisbuk

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mamlakat hududida TikTokni bloklashni taklif qilmoqda. Sputnikning yozishicha, tashabbus partiyaning rasmiy saytida e’lon qilingan. Partiya vakillarining fikricha, ushbu ommabop paltforma milliy qadriyatlarga putur yetkazadi va yoshlarga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. “Adolat” vakillari misol tariqasida yaqinda Samarqandda boʻlgan voqeani keltirishgan – yoshgina yigitcha koʻchada yoshi katta kishining boshiga tepgan edi.

Batafsil quyida:  https://anhor.uz/news/tiktok-adolat/

Oʻzbekiston Prezidenti “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorni imzoladi.  Bugungi kunda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinmaganligi sababli dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyatlar haqida xabarlarni ko‘rib chiqish va jinoyat ishlarini yuritishda ma’lumotlar almashinuvi samarali yo‘lga qo‘yilmasdan, qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda Sputnik.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/e-system/

Ekologiya

Kommunal xarajatlar uchun mablag‘ni tejash va sovuq qish kunlarida isinib olish uchun bir nechta oddiy yechimlar. Agar siz uyni ijaraga olgan bo‘lsangiz yoki yangi issiqlik nasoslari va zamonaviy oynali paketlar sotib olish uchun yig‘ib qo‘ygan bir necha ming dollaringiz bo‘lmasa, uyingizning energiya samaradorligini oshirish juda qimmat va xatto imkonsiz masala bo‘lishi mumkin.

Ammo har kimga ham qo‘l keladigan bir nechta arzon usullar mavjud.

Batafsil quyida:https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220206/chetire-deshevih-sposoba-sekonomit-energiyu-doma

Dushanbeda foydalanib bo‘lingan batareykalar odam gavjum joylarga o‘rnatiladigan maxsus qutilarda yig‘ib olinadi. Seshanba kuni matbuot anjumani davomida Tojikiston hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish Qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda shu haqda ma’lum qildi. Poytaxtda ishlatib bo‘lingan batareykalarni to‘plash bo‘yicha dastlabki aksiya Respublika Hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish Qo‘mitasi va “Peshsaf” jamoat tashkiloti hamkorligida allaqachon o‘tkazilgan. Ishlatilgan batareykalarni to‘plash uchun maxsus qutilar “Ashan”, “Avrang” va “Paykar” savdo markazlariga kirish joylariga o‘rnatilgan edi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220201/v-dushanbe-ustanovyat-yatshiki-dlya-sbora-starih-batareek

Agar g‘arbiy Turkmanistondagi 29 ta neft-gaz qurilmalari ta’mirdan chiqarilsa, bu hududning iqlimga ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi. 1-fevarl kuni Bloomberg shu haqda Environmental Science & Technology jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotga tayanib xabar berdi. Hisobotda qayd etilishicha, Turkmanistondagi 29 ta neft-gaz qurilmalari har yili atmosferaga AQShning Alabama shtatidagi barcha transport vositalari chiqaradigan gazga teng miqdorda metan chiqaradi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31683771.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.