Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 24 – 31-yanvar 2022 yil.

01.02.2022 • 09:10

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Talim

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari bundan buyon maktablar faollar, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida qurilishi va topshirilishini ta’kidlagan. Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida mavjud kamchilik va muammolarni sanab o‘tgan. Bugungi kunda mamlakatdagi 1695 ta maktab kapital ta’mirga muhtoj, 179 ta maktab hali-hanuz qurilmoqda, 3000 dan ortiq maktabda esa qo‘shimcha qurilishlarga ehtiyoj bor. Shu bilan birga, yangi turar joy mavzelari qurilishi, qishloq infratuzilmasining rivojlanishi va aholi sonining ortishi sababli yana 270 ta maktab qurilishi zarur.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/building/

28-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bolib otdi. Yig‘ilishda qayd etilishicha, Xalq ta’limi vaziri Fondi tashkil etilib, unga dastlabki bosqichda byudjetdan 300 milliard so‘m ajratiladi. Fond mablag‘lari ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan o‘qituvchilar va yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi. Har bir viloyatda pedagogika institutlari, akademik litseylar va maxsus maktablarning o‘qituvchilaridan “mobil uslubiy guruhlar” tashkil etiladi. Ular ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda bo‘lib, o‘qituvchilarga yangi uslublarni tushuntirishadi va ularni o‘zlashtirishlarida yordam berishadi. Buning uchun ularning oylik maoshlariga ustamalar qo‘shiladi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/fund-education/

Qozog‘istonliklarni “Bolashak” dasturi asosida o‘qitish uchun oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatiga MDU, Bauman nomidagi MDTU va Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlaridagi boshqa nufuzli universitetlar kiritildi. 

Rossiyaning nufuzli texnika universitetlari “Bolashak” dasturi asosida o‘qitadigan xorijiy oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda Ta’lim va fan vazirligi.

Endi qozog‘istonliklar Nikolay Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida, “MIFI” Milliy tadqiqot yadro universitetida, Mixail Vasilyevich Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, Sankt-Peterburg davlat universitetida va Moskva fizika-texnika institutida texnika yo‘nalishida ta’lim olishlari mumkin.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/topovye-tehnicheskie-universitety-rossii-vklyuchili-v-spisok-programmy-bolashak

Pedagogika yo‘nalishida tahsil oladigan qozog‘istonlik talabalar 58 ming tengedan ko‘proq, boshqa yo‘nalishlarda o‘qiydiganlar esa 37 ming tenge atrofida pul ola boshlashadi. 1-sentyabrdan Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyasi 20 %ga, magistrantlar va doktorantlarga esa 15 %ga oshiriladi, deb xabar bermoqda QR Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/s-1-sentyabrya-studentam-kazahstanskih-vuzov-povysyat-stipendiyu-na-20

Bishkekda (Qirg‘iziston) maktab o‘quvchilarining jamoat transportida yurishi uchun yo‘lkira haqini pasaytirish taklif etilmoqda. Bishkek shahr kengashidagi “Intimaq” fraksiyasi yetakchisi Qozibek Ergeshov shu taklifni ilgari surdi.

Bishkek shahar kengashining UJKX, IEK, transport, kommunikatsiyalar va ekologiya komissiyasi yig‘ilishida u shaharliklar ko‘plab oilalarning hamyoni yo‘lkirani ko‘tara olmasligidan shikoyat qilishayotgani haqida gapirdi.

Batafsil quyida:

https://kaktus.media/doc/453538_v_bishkeke_predlagaut_snizit_tarif_na_proezd_dlia_shkolnikov.html

Inson huquqlari

Turkmaniston hukumati vakillari Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti talabalarining telefonlarini tekshirishmoqda. Talabalarni Azatliq Radiosi va boshqa taqiqlangan nashrlarning saytlariga va ijtimoiy tarmoqlarga kirganlik uchun o‘qishdan haydash bilan qo‘rqitishmoqda va Milliy xavfsizlik vazirligi bilan hamkorlik qilishga majburlanmoqda. Oliy o‘quv yurti talabalari Azatliq Radiosi muxbiriga shu haqda xabar berishdi.

Muxbirimizning xabar berishicha, telefonlar 21-yanvar kuni MXV xodimlari, o‘quv yurti rahbariyati va o‘qituvchilari ishtirokida tekshirilgan. Ular ogohlantirmasdan auditoriyalarga kirib borishgan va talabalarning telefonlarini olib qo‘yishgan.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31673035.html

Ikkita fuqarolikka ega bo‘lgan va doimiy yashash uchun Rossiyaga ko‘chib ketmoqchi bo‘layotgan turkmanistonliklar turli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Turkmaniston hukumati vakillari ko‘chib ketayotganlardan Turkmaniston fuqaroligidan chiqishni talab qilishmoqda. Turkmanistonliklar Azatliq Radiosining Ashxoboddagi muxbiriga shu qiyinchiliklar haqida gapirib berishdi. “Turkmaniston hukumati doimiy yashash uchun Rossiyaga ko‘chib ketayotgan aksariyat turkmanistonliklardan Tirkmaniston fuqaroligidan voz kechinshi talab qilmoqda. Ushbu og‘zaki talabning sababi esa tushuntirilmayapti. Ko‘pchilik mamlakatdan chiqib ketish uchun bu talabga bo‘ysunib, fuqarolikdan voz kechishmoqda”, degan 24-yanvar kuni muxbirimiz bilan suhbatlashgan ikkita fuqarolikka ega bo‘lgan ashxobodlik fuqaro.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31669900.html

Turkmaniston hukumati fuqarolarning axborot olish huquqlarini cheklashda davom etmoqda va mamlakat tashqarisida yashovchi Turkmaniston faollarini qoralash kampaniyasini kuchaytirayapti. Mari viloyatida hokimiyat yoshlar bilan ishlashga oqsoqollarni jalb etdi, ular yoshlarni Internetdagi hukumatga qarshi chiqishlarni kuzatib boradigan tengdoshlari haqida tegishli idoralarga xabar berishga undashmoqda. Azatliq Radiosining muxbiri Maridan shu haqda xabar berdi.

Muxbirimiz Maridagi yuqori sinf o‘quvchilari va talabalarga tayanib o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida oqsoqollar va mullalar yoshlar bilan tushuntirish ishlari olib borishayotgani haqida xabar berdi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31676536.html

O‘zbekistonning Istambuldagi Bosh konsulligi va Turkiyadagi o‘zbek ayollarining huquqlarini himoya qilish uchun tashkil etilgan o‘zbek ayollari huquqlari uchun Assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA. Hamkorlik natijasida qisqa vaqt ichida faol fuqarolarimizning qo‘llab-quvvatlashi tufayli 30 dan ortiq ayollarga manzilli yordam ko‘rsatildi.   

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220124/307714

Hayvonlar huquqlari

Ikki kun davomida Ashxobod(Turkmaniston)da o‘nlab itlar ushlangan va o‘ldirilgan. Azatliq muxbirlari va Ashxoboddagi hayvonlar himoyachilarining xabar berishlaricha, tutish xizmatlari oldilariga qo‘yilgan rejani bajarishmoqda va xatto ayrim hollarda hayvonlarni egalaridan ham tortib olishmoqda. Ashxobodda uy hayvonlarini qiyratishning navbatdagi to‘lqini hukumatning Xalq Maslahati yig‘ilishiga tayyorgarligi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Ashxoboddagi uysiz hayvonlarni tutish bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalardagi manbalarning xabar berishicha, reja bo‘yicha 50 ta itni tutib kelish talab qilinadi. Ko‘chada ushlangan itlar Ashxobod chekkasidagi chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hududidagi angarda joylashgan maskanga olib kelinadi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31672117.html

Jamiyat

Turkmanistondagi oziq-ovqat inqirozi kuchaymoqda. Tijorat narxlarining oshishi ortidan subsidiyalangan narxlar yo‘qqa chiqdi, bu ham yetmagandek endi subsidiyalangan narx ostida aholiga bozor narxidan qimmatroq bahoda mahsulotlar taklif qilinayapti. Shu bilan bir vaqtda, xatto non va un sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan oilalar soni ortib bormoqda. Ashxobodliklar navbatdagi oziq-ovqat to‘plamini olishdi, uning narxi esa o‘tgan oydagidan balandroq bo‘ldi. Subsidiyalangan davlat narxlarida taklif qilingan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami bu safar bozor narxidan ham sezilarli darajada qimmatroq bo‘lib chiqdi.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31675667.html

2022-yil “Xalqning Arqadag‘ bilan davri” deb e’lon qilinishi ortidan Turkmanistonda hokimiyat vakillari ushbu shiorni keng targ‘ib qilishga jiddiy kirishishdi. Shu kunlarda soliq xizmati va politsiya xodimlari Lebap viloyatidagi xususiy do‘kon va marketlarda reydlar o‘tkazishmoqda. Savdo nuqtalari egalaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga “Xalqning Arqadag‘ bilan davri” degan yozuv tushirilgan yorliqlar yopishtirib chiqish talab qilinmoqda.

Azatliq Radiosining lebapdagi muxbirining xabar berishicha, xususiy do‘konlarga bostirib kirgan soliqchi va politsiyachilar peshtaxtalardan ana shu yorliq bo‘lmagan mahsulotlarni olib tashlashni talab qilishayapti.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31673040.html

Tojikistonda davlat xizmatchilari o‘zlarining daromadlari va mol-mulklari haqida deklaratsiya taqdim etishadi. TR prezidenti huzuridagi davlat xizmati Agentligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada bunday shaxslar soni taxminan 20 ming kishini tashkil etadi.

Respublikaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ular 1-apreldan (hisobot yilidan keying yilning) kechiktirmay mahalliy soliq organlariga daromad solig‘i to‘g‘risida deklaratsiya va mol-mulkining holati haqida deklaratsiya taqdim etishlari shart.  

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/power/20220128/v-tadzhikistane-pristupili-k-sboru-svedenii-o-dohodah-i-imutshestve-goschinovnikov

2021-yilda O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Transparency International Xalqaro nohukumat tashkilotining indeksida olti pog‘ona yuqoriladi. UzNews shu haqda yozmoqda.

O‘zbekiston 100 ballik tizimda 28 ball to‘plab, 180 ta davlat orasida 140-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natija Qozog‘istonda  - 102-o‘rin (37 ball). Qirg‘iziston 27 ball bilan 144-o‘rindan, Tojikiston 25 ball bilan 150-o‘rindan, Turkmaniston 19 ball to‘plab 169-o‘rindan joy oldi. Reytingda yuqori o‘rinlarni Daniya, Finlyandiya va Yangi Zelandiya (88 balldan) egallashgan bo‘lsa, ulardan keying o‘rinlarni Norvegiya, Singapur va Shvetsiya (85 balldan) band etishdi. Reytingning oxirgi pog‘onasidan 11 ball to‘plagan Janubiy Sudan joy oldi.

Batafsil quyida:  https://anhor.uz/news/corruption-index/

Texnologiya

Tojik segmentidagi eng ommabop mobil ilovalar aniqlandi. Reyting 2021-yilda Android va iOS platformalaridan yuklab olishlar soniga qarab tuzilgan*.

Har bir platformada o‘z yetakchilari bor. Jumladan, “android” smartfonlar egalari orasida «Expresspay», «Somon E’lonlar», «AlifMobi» va «Esxata Onlayn» ikkinchidan beshinchigacha bo‘lgan o‘rinlarni band etishdi. iOS uchun esa TOP-5 liik quyidagicha ko‘rinish oldi: «Somon E’lonlar», «DC Wallet», «Alif Mobi», «Formulla 55». Har ikki reytingda ham birinchi o‘rinni «Mega Fon Life» egalladi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220125/top-5-prilozhenii-tadzhikistana

Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi o‘zining AirCar aeromobilining sinovini muvaffaqiyatli yakunladi va hukumatdan parvozlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi rasmiy sertifikat oldi.  Bu haqda CarScoops xabar berdi. Haqiqatdan ham uchadigan ilk aeromobilni yaratish uchun ixtirochilarga ikki yil va yana o‘shancha million yevro kerak bo‘ldi. AirCar ilk parvozini 2020-yilda amalga oshirgan edi. Parvozlarga rasmiy litsenziya olish uchun esa 70 soatdan ortiq sinovlarni o‘tkazish kerak bo‘ldi. Tez orada aeromobilni ommaviy ishlab chiqarishga kirishilishi ham kutilmoqda.

Batafsil quyida:

https://kaktus.media/doc/453529_letaushiy_avtomobil_aircar_s_motorom_bmw_polychil_licenziu_na_polety_nad_evropoy_video.html

25-yanvar kuni Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston aholisi bir necha soatga elektrsiz qoldi. Buning sababi hali aniqlanishi kerak. Hozircha esa Kaktus.media tahririyati ushbu uch mamlakat hukumatlari holatni qanday izohlashganini ko‘rishga taklif etadi.

Batafsil quyida:

https://kaktus.media/doc/453413_kak_pravitelstva_treh_stran_prokommentirovali_energeticheskiy_kollaps.html

Ekologiya

Biz Monreal protokoliga kiritilgan Kigali tuzatishlaridan kelib chiqib, ozon qatlami va global iqlim tizimini muhofaza qilish mavzusini ko‘rib chiqamiz. Ozon qatlami – Yerni quyosh nurlarining zararli spektridan himoya qiluvchi va sayyoramizda hayotning saqlanib turishini ta’minlovchi yupqa gaz qalqoni. U Yer satxidan 10 – 50 km balandlikda joylashgan. Agar ushbu qatlam kamayib ketsa, bu butun biosfera, barcha tirik olam uchun xavf tug‘diradi. Insonga ulrtabinafsha nurlar tushishidan teri saratoni, ko‘zi ojiz bo‘lib qolish va boshqa kasaliklar kelib chiqishi mumkin.

Noyob tabiiy va iqlim sharoitiga ega bo‘lgan Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyoda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Respublikada tabiiy boyliklar ham bisyor. Tojikiston dengiz sathidan 300 – 7495 metr balandlikda joylashgan. Tojikiston hududining 93% tog‘lardan iborat va aholisining katta qismi zararli ultrabinafsha nurlari miqdori tekislikdagidan ancha yuqori bo‘lgan baland tog‘li hududlarda istiqomat qiladi. Shu bois tog‘li hududlarning holati ularni muhofaza qilish muammosini dolzarb qilib qo‘ymoqda, chunki mavjud muvozanatning har qanday buzilishi nafaqat mintaqa, balki butun Yevro-Osiyo subkontinenti uchun falokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/20220124/kak-v-tadzhikistane-zatshitshayut-ozonovii-sloi-i-pochemu-eto-vazhno

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.