Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 17 – 24-yanvar 2021 yil.

25.01.2022 • 10:02

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Talim

Olmaota(Qozog‘iston)da Markaziy ilmiy kutubxonada, Fanlar akademiyasining arxivi va noyob nashrlar saqlanadigan “G‘ilim ordasi”dagi ilmiy asarlar, qadimiy kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov shu haqda xabar berdi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-almaty-planiruyut-ocifrovat-nauchnye-raboty-starinnye-knigi-i-rukopisi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda   uza.uz. Hujjatga ko‘ra, xalqaro miqyosda  tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan rus tili o‘qituvchilariga har oyda qo‘shimcha ustama to‘lanadi. 2022-yil 1-fevraldan boshlab, xalqaro darajada tan olingan, C1 va undan yuqori bo‘lgan milliy yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lgan, rus tiliga ixtisoslashmagan ta’lim muassasalarida (sinflarida) dars beradigan rus tili o‘qituvchilariga oylik maoshining 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220122/v-uzbekistane-uchitelya-russkogo-yazika-poluchat-50-protsentnuyu-nadbavku-k-zarplate

Dushanbe(Tojikiston)dagi Xalqaro president maktabining 9 nafar o‘quvchisi AQShda o‘tgan  COPERNICUS xalqaro olimpiadasida biologiya bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi, deb xabar bermoqda mamlakat Ta’lim vazirligi matbuot xizmati. Olimpiada 8 – 16-yanvar kunlari Xyustondagi Fan va texnologiyalar muzeyida bo‘lib o‘tgan hamda unda 50 ta mamlakatdan kelgan 2 000 nafardan ortiq yoshlar tabiiy fanlar, fizika va astronomiya bo‘yicha bellashganlar.

Olimpiadada mazkur maktabning 8-sinf o‘quvchisi Maruf Isomiddinov va 5-sinf o‘quvchisi Tomiris Miralibekova ikkinchi o‘rinni egallashdi.   

Batafsil quyida:

https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220118/uchatshiesya-mezhdunarodnoi-prezidentskoi-shkoli-dushanbe-stali-pobeditelyami-mezhdunarodnoi-olimpiadi-v-ssha

O‘zbekistondagi ixtisoslashgan maktablar bosqichma-bosqich Prezident ta’lim muassasalari Agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-yanvar kuni maktablarda ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Batafsil quyida:  https://anhor.uz/news/schools/

Jamiyat

Turkmanistonda Majlisning qaroriga ko‘ra 2022-yil “Xalqning Arkadag bilan davri” deb e’lon qilindi. Shu qaror fonida Lebap viloyati hokimligi president Gurbanguli Berdimuhamedovni madh etishni yangi bosqichga olib chiqdi. Azatliq muxbirining xabar berishicha, shu kunlarda mahalliy hokimiyat vakillari byudjet tashkilotlari xodimlari ishtirokida Berdimuhamedov shaxsini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazishmoqda. Jumladan, targ‘ibot-tushuntirish yig‘ilishlarida byudjet tashkilotlari xodimlaridan uylariga prezidentning portretini osib qo‘yishni talab qilishmoqda. Hokimiyat vakillari shuningdek, prezidentning portretlarini qayerda saqlashni ham belgilab berishmoqda. Masalan, portretlarni uydagi eng qadrli joylarga osib qo‘yish tavsiya etilmoqda.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31662824.html

Tojikistonliklar oylik maoshlarining 24,7% foizini kommunal xizmatlar – elektr energiyasi, suv va chiqindi uchun to‘lovlarga sarflashmoqda. Agar bunga aloqa, internet va transport uchun xarajatlar ham qo‘shilsa, oylik maoshning yarmiga borib qoladi.

Dunyoda turmush sharoitlari va darajasi haqidagi ma’lumotlarning Numbeo onlayn bazasi 2021-yil yakunlariga ko‘ra ma’lumotlarni yangiladi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari har oyda kommunal xizmatlar uchun o‘rtacha 375,23 somoni (2022-yil 18-yanvar kunidagi kurs bo‘yicha 33,2 AQSh dollari) to‘lashadi. Amalda esa bu raqam 225 – 600 somoni (20 – 53 AQSh dollari) o‘rtasini tashkil qiladi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220118/v-tadzhikistane-chetvert-zarplati-uhodit-na-oplatu-kommunalnih-uslug

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar uchun karantin muddatini 14 kundan 10 kunga qisqartirishdi. Bosh davlat sanitar shifokori Erlan Kiyasov shu haqdagi Qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Covid-19 ga PSR-testning ijobiy natijasi bilan bazaga kiritilgan shaxslarning “qizil” maqomi testning ijobiy natijasi chiqqan kundan boshlab 10 kun saqlanib turadi. 10 kundan keyin esa maqom “yashil”ga o‘zgaradi va uch oy davomida, bu vaqt oralig‘ida Covid-19 ga PSR-test ijobiy natija berishidan qat’iy nazar, saqlanib turadi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/srok-karantina-dlya-zarazhyonnyh-koronavirusom-v-kazahstane-sokratili-do-10-dnej

2022-yilda jahonda ishsizlar soni 207 million kishiga yetadi, bu esa inqirozdan oldingi 2019-yilga nisbatan 21 millionga ko‘p demakdir. BMT yangiliklar Markazining xabar berishicha, Xalqaro mehnat tashkiloti(XMT)ning yangi ma’ruzasida shu haqda so‘z borgan. Yangi ma’ruza mualliflarining fikricha, “Taxminlarga ko‘ra, ishsizlikning global darajasi kamida 2023-yilgacha pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlardan yuqoriligicha saqlanib turadi”. 2019-yilda 186 million kishi ish izlagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 207 millionga yetgan. XMTda qayd etishlaricha, Covid-19 ning “Delta”, “Omikron” kabi yangi shtamlarining tarqalishi hamda kelgusida virus o‘zini qanday tutishi borasidagi noaniqliklar tufayli mehnat bozorining tiklanishi bo‘yicha optimistik taxminlar amalga oshmadi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/world/20220119/mot-v-2022-godu-chislo-bezrabotnih-v-mire-sostavit-207-mln

O‘zbekiston Prezidenti har bir shaharcha, qishloq va ovulda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloq va ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchilari lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi.

Batafsil quyida:  https://anhor.uz/news/leader/

Texnologiya

So‘nggi vaqtlarda egalari bexabar bo‘lgan pasportlarga sim-kartalarni rasmiylashtirish holatlari ko‘payib bormoqda. Sizning pasportingizga qanaqa telefon raqamlari rasmiylashtirilganini bilish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Servis bepul xizmat ko‘rsatadi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/ussd/

Dam olish kunlari Dushanbeda noodatiy tadbir bo‘lib o‘tdi: ishtirokchilar 12 – 17 yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha soat vaqt deyarli to‘liq jim-jitlik saqlanib turdi. Gap shundaki, bolalar odamlar bilan to‘laqonli muloqot qila oladigan chat-bot – dastur yaratishdi. Bo‘lg‘usi IT-mutaxassislarning birinchi Xakatoni “Mefagon Akademiyasi”da bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etish uchun shu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari – “IT-RUN” dasturlash markazi hamda “Algoritmika” dasturlash va matematika xalqaro maktabidan 8 ta jamoa ariza topshirgan edi. IT-mutaxassislarning bir qisni Xakatonga So‘g‘d viloyatidan onlayn tarzda qo‘shildi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220118/tadzhikskie-shkolniki-sozdali-chat-bot-s-chelovecheskim-harakterom

YUNISEF tomonidan Ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda yaratilgan bolalarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan  Bebbo mobil ilovasida emlanish va unga tayyorgarlik haqida ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, ilovadan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ko‘krak suti bilan boqish masalalariga oid barcha ma’lumotlarni topish mumkin.

Batafsil quyida:

https://kaktus.media/doc/452879_kak_poniat_chto_rebenok_ispytal_emocionalnoe_ili_fizicheskoe_nasilie_pamiatka_dlia_vzroslyh.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.