Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 10 – 17-yanvar 2021 yil.

18.01.2022 • 11:20

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqida yangi yildagi ilk dayjestni taqdim etamiz.   

Boshladik!

Ta’lim

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tugatgan o‘zbekistonliklar ta’limni oliy o‘quv yurtlarining ikkinchi kursidan boshlab davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Bunda ular kirish imtixonlarini topshirishmaydi, faqat suhbatdan otishadi Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2022/01/13/tehnikum/

AKFA universiteti 2022-yilning yanvar oyidan 2022–2023-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilishni boshlaydi. 2022-yilda oliy o‘quv yurti qabul kampaniyasini 10-yanvardan 20-avgustgacha amalga oshiradi. Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2022/01/10/akfa-university/

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligining xabar berishicha, qishki ta’tilning deyarli ikki haftaga cho‘zilishi yozgi ta’til muddatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.  

«Qoshimcha tatil kunlari otilishi kerak bolgan darslar (mavzular) chorak boshlanganidan keyin darslarga qoshiladi va tigiz korinishda oqitiladi, shu bois ushbu qoshimcha tatil kunlari boshqa tatillarga tasir korsatmaydi», — deyiladi xabarda. Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2022/01/10/classes/

Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan BalaTech ta’lim platformasi BMTTD ko‘magida MDH va Sharqiy Yevropa davlatlarida dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada tashkil etadi. Tahririyatga kelib tushgan press-relizda shu haqda ma’lum qilingan. Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/452581_shkolnikov_iz_kr_pozvali_na_mejdynarodnyu_olimpiady_po_programmirovaniu._ysloviia_ychastiia.html

Inson huquqlari

Yaqinda Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklardan keyin Turkmaniston hukumati fuqarolar hayoti ustidan nazoratni kuchaytirdi. Turar-joy mavzelariga politsiyachilar joylashtirilgan. Ular duch kelgan fuqarolarning uyali telefonlarini tekshirishmoqda. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/turkmenistan-increases-controls-kazakhstan-unrest/31655538.html

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan davlat xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakat Milliy xavfsizlik vazirligini mintaqadagi joriy harbiy-siyosiy vaziyatni, xavfsizlikning ahvolini tahlil qilishga va uning Turkmanistonga ta’sirini baholashga chaqirdi. Uchrashuv davomida Berdimuhamedov, shuningdek Internetdagi turli axborot manbalarini cheklash yuzasidan ham topshiriq bergan. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31652318.html

Jamiyat

Turkmanistonda hokimiyat vakillari alimentdan qarzdorligi bor fuqarolarni har oyda 600 gramm qon topshirishga jo‘natmoqda. Azatliq Radiosi muxbiri fuqarolarning ayrim toifalari zimmasiga yuklanayotgan ushbu yangi majburiyat haqida xabar bergan.

«Lebap viloyatida shahar va etrap sudlari aliment to‘lovidan qarzi bo‘lgan fuqarolarga nisbatan qarz miqdoriga qarab har oyda 300 grammdan 600 grammgacha qon topshirish to‘g‘risida qaror chiqarmoqda. Ular fuqarolarni shu yo‘l bilan qarzlarini to‘lashga majbur qilishmoqda. Bu ish viloyat sudining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilmoqda», deb xabar bergan nomi sir saqlanishini istagan Lebap sudi xodimi 13-yanvar kuni muxbirimiz bilan suhbatda. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31655521.html

AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) O‘zbekistondagi hunarmand ayollar korxonalari va yakka tartibdagi hunarmand xotin-qizlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Buning uchun agrobiznesni rivojlantirish Loyihasi doirasida xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fond tashkil etilgan. AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmatining xabar berishicha, fond yangi texnologiyalarni joriy etishni yakka tartibdagi hunarmand ayollar uchun 5 milliondan 50 million so‘mgacha, hunarnadlik sektorida ro‘yxatga olingan ayollar korxonalari uchun 50 milliondan 200 million so‘mgacha miqdorda birgalikda moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish yuzasidan arizalar qabul qila boshlagan. Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2022/01/14/usaid/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.