Qadrli do‘stim!
BRYCA loyihasi va Qlever o‘yin platformasining butun jamoasi nomidan Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz! Kirib kelayotgan yilda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, orzularingiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz!
Keling, endi o‘tgan haftada bizninng mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘lgan voqealar bilan tanishamiz.
Ta’lim
Yangi yildan boshlab O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan xususiy korxonalarga, har bir ana shunfay xodim uchun olti oy davomida har oyda BHMning 1,5 baravari miqdorida subsuduya ajratiladi. Ish beruvchilarga, shuningdek, ularni ishga joylashtirish uchun to‘lagan ijtimoiy soliq ham qaytarib beriladi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi har yili 20 nafargacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlarni xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga jo‘natadi.
Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/23/employment/
21-dekabr kuni “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, bank va assotsiatsiya rahbariyati, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/22/psb/
Inson huquqlari
Belorus hukumati “Ozodlik” Radiosini ekstremistik tashkilot sifatida tan oldi, bu haqda mamlakat IIVning Telegram-kanalida xabar qilingan. Resurs yaratuvchilari, rahbarlari, shuningdek uning ishtirokchilarining xatti-harakati Belorus JKning 361-modda, 1-bandiga to‘g‘ri keladi (“Ekstremistik tuzilma, hamda faoliyati natsizmni qayta tiklashga qaratilgan tuzilmani tashkil etish, yohud ana shunday tuzilmaga yoki uning tarkibiy bo‘linmasiga rahbarlik qilish”), unga ko‘ra bu turdagi jinoyat uchun yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan, deya xabar berdi Belorus davlat televideniyesi.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/radio-svobody-v-belarusi-priznali-ekstremistskim-formirovaniem
Hayvonlarga nisbatan vahshiyona munosabat aks etgan tasvirlarni chop etgan Qozog‘iston OAV va fuqarolari javobgarlikka tortiladi. Jurnalistlar Yangi qonun talablari sababli hayvonlarga nisbatan vahshiyona munosabat holatlarini yorita olmasliklari mumkinligidan tashvishga tushishmoqda. Qonun “Daromad olish maqsadida yoki ana shunday maqsadni ko‘zlamasdan jonivorlarga jarohat yetkazish va ularni mayib qilish va jonivorlarni o‘ldirish holatlarini targ‘ib qiluvchi bosma, audiovizual va internet materiallarni yaratish, namoyish etish, tarqatish yoki boshqacha shaklda foydalanish”ni taqiqlaydi.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/smi-budut-nakazyvat-za-publikacii-kadrov-zestokogo-obrashheniya-s-zivotnymi
Turkmanistonda hokimiyat vakillari narxlarni tushirish maqsadida tadbirkorlarga bosim o‘tkazishni davom ettirishmoqda. O‘z navbatida, tadbirkorlar zarar ko‘rmaslik uchun savdo qilmaslikni ma’qul topishmoqda. Azatliqning Lebap va Maridagi muxbirlari mana shu hududlardagi vaziyat haqida xabar berishmoqda.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31624281.html
Jamiyat
Sadir Japarov (Qirg‘iziston prezidenti) Isfanani Razzoqov deb qayta nomlashga qaror qildi. Yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqqan davlat rahbari 2021-yilgi Botkent voqealariga to‘xtalib o‘tdi va davlat chegaralarining qo‘shni mamlakatlar bilan to‘liq kelishilmaganligi, ayrim uchastkalar masalasida muzokaralar jarayonidagi qiyinchiliklar, Qirg‘izistonning strategik transport infratuzilmasining qo‘shni davlatlar orqali o‘tishi – respublikaning hududiy yaxlitligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf ekanini qayd etdi.
Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/451791_sadyr_japarov_reshil_pereimenovat_isfany_v_razzakov.html
Yosh tadbirkorlar 540 million so‘mgacha kredit olishlari mumkin. O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 21-dekabr kuni hukumat tegishli qarorni imzoladi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tashqi faoliyat Milliy bankiga 100 milliom dollar ajratdi. Mazkur mablag‘lar hisobidan 2022 – 2024-yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes-loyihalari uchun quyidagi shartlarda kreditlar ajratiladi:
- Kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2000 baravarigacha;
- muddati — 7 yil, imtiyozli davr — 3 yil;
- foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasi (hozir 14 %) bo‘yicha.
Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va banklar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxatini shakllantiradi.
Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/22/credits/
Porla, archajon, porla! Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zlarining asosiy Yangi yil archalarini qanday bezatishdi?
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20211226/yolochka-gori-kakie-yolki-ustanovleni-v-stolitsah-stran-tsentralnoi-azii
Yolg‘on axborot
Qozog‘istonning ijtimoiy tarmoqlarida Ust-Kamenogorskdagi kollejlardan birida emlanmagan barcha talabalar masofaviy o‘qish shakliga o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqaldi. Shunga o‘xshash boshqa bir materialda aytilishicha, Tenirtaudagi maktablardan birida koronavirusga qarshi vaksina olmaganlarni uchinchi chorakda darslarga qo‘ymaslik uchun bolalar va ularning ota-onalari haqida ma’lumot to‘planayotgan ekan.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/neprivityx-skolnikov-ne-budut-perevodit-na-distancionnyi-format-obuceniya
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang