Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 2021-yil 13 – 20.12

22.12.2021 • 10:31

Qadrli do‘stim!

Keling, o‘tgan haftada bizninng mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘lgan voqealar bilan tanishamiz.

Ta’lim

6-dekabrdan 13-dekabrga qadar Moskvada VI “Megapolis” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Matematika, fizika, kimyo va informatika bo‘yicha olimpiadada 28 mamlakatdan 280 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Bishkek va O‘sh shaharlarining turli maktablari o‘quvchilaridan tuzilgan ikkita jamoa Qirg‘iziston sharafini himoya qildi.

Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/451339_shkolniki_iz_kyrgyzstana_stali_bronzovymi_prizerami_na_olimpiade_v_rossii.html

Inson huquqlari

Azatliqning Mariydagi muxbiri farzandlarini chet elga o‘qishga yuborib, o‘zlari murakkab vaziyatda qolgan bir necha ota-ona bilan suhbatlashdi. Hammasining ahvoli bir xil – farzandlarining o‘qishiga pul to‘lash uchun oldin avtomashinalarini, keyin mollarini, keyin esa boshqa mulklarini sotishga majbur bo‘lishgan, endi esa kun sayin ahvollari yomonlashib bormoqda. Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31608229.html

Ko‘lob (Tojikiston) aeroportida shundoqqina samolyot trapida Tursunzoda shahrida yashovchi 20 yoshli yigitni qo‘lga olishdi va armiyaga olib ketishdi. “Aziya-Plyus”ga yigitning yaqinlaridan biri shu haqda xabar berdi. Qarindoshlarining aytishicha, yigit ikki yildan beri Rossiyada ishlayotgan bo‘lgan, lekin buvisining kasal bo‘lib qolganini eshitib, 9-dekabr kuni shoshilinch uchib kelgan. Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211213/v-kulyabe-molodogo-cheloveka-uvezli-v-armiyu-pryamo-s-trapa-samolyota

Jamiyat

Turkmanistonda bayram arafasida oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish bilan bog‘liq jiddiy vaziyat yuzaga kelgan. Aholiga subsidiyalangan narxlarda oziq-ovqat tarqatishning bu yilgi tartibi o‘tgan yilgisidan farq qiladi. Poytaxtda ma’lum bir oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat to‘plam uyma-uy olib borib berilmoqda. Viloyatlarda esa aholining umidlari puchga chiqqan, subsidiyalangan narxlardagi oziq-ovqat mahsulotlari uyga olib borib berilmayapti, do‘konlarda ham sotilmayapti.

Shu kunlarda Ashxobodda bir necha soat navbatda turib, subsidiyalangan narxlarda o‘simlik yog‘i, tuxum va xatto tovuq sotib olish mumkin. Mahsulotlarni turar joylar oldiga olib kelib, ularda yashovchilar o‘rtasida taqsimlashmoqda. Xatto kechasi ham oziq-ovqat olib kelingan vaqtlar bo‘lmoqda. Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31612161.html

2022-yilda Qozog‘istonda professional oilalar instituti joriy etilishi haqida Qozog‘istonning “Bolalar huquqlari himoyasida” NNT ishchi guruhining matbuot anjumanida bola huquqlari bo‘yicha vakil Arujan Sain ma’lum qildi. Arujan Sainning xabar berishicha, kelasi yil ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun professional oilalarni joriy etish yuzasidan faol ish boshlanadi. Ular internatlar o‘rnini egallaydi. Shuningdek, uning qayd etishicha, internatdagi bolalarning ahvoli, ushbu muassasalardagi korrupsiya holatlari kabi tizimli masalalar bo‘yicha ham siljishlar kuzatilmoqda.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/aurzhan-sain-v-kazahstane-vnedryat-institut-professionalnyh-semej

Sport

Tojikisronlik yosh taekvondo ITF ustalari Belorusda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rindan joy olishdi. Mazkur chempionat Minskda pandemiya bilan bog‘liq keskin cheklovlar ostida bo‘lib o‘tdi. Shunga qaramay, chempionatda dunyoning 36 mamlakatidan kelgan 450 nafardan ortiq taekvondochilar ishtirok etishdi.

Tojikiston taekvondo ITF va kikboksing Milliy federatsiyasining xabar berishicha, mamlakat sharafini 11 nafar yosh sportchi himoya qilgan.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/sports/20211220/komanda-tadzhikistana-zanyala-trete-mesto-na-yunosheskom-chempionate-mira-po-taekvondo

O‘zbekistondagi 2245 ta maktabda sport zali mavjud emas, faoliyat yuritayotgan 7885 ta sport zalining 358 tasi rekostruksiyaga, 2078 tasi esa kapital ta’mirga muhtoj, deya xabar bermoqda XTV. O‘zbekistondagi maktablarning yigirma ikki foizi sport zaliga ega emas, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabarida.

10130 ta maktabning 7885 tasida, yoki 78% da sport zali bor, qolgan 2245 ta maktabda sport zali mavjud emas, deyiladi xabarda.  Sport zallarining 358 tasi rekostruksiyaga, 2078 tasi esa kapital ta’mirga muhtoj. Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/16/gyms/

Ekologiya

O‘zbekistonda 4 million tonna radioaktiv chiqindilar ko‘milgan, lekin respublika hududida radiatsiya darajasi ruxsat etilgan ko‘rsatkichlardan oshmaydi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (SXDQ) radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i Sardorbek Yoqubbekov shu haqda ma’lum qildi, deb  xabar bermoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining matbuot xizmati. Ushbu chiqindilar ko‘milgan hududlar ekologiyasini sog‘lomlashtirish uchun Yevropa tiklasnish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlar 2 million yevro miqdorida grant ajratishdi, deb yozmoqda Farg‘ona..

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/security/20211216/uzbekistan-podschital-kolichestvo-radioaktivnih-othodov-a-skolko-ih-ostalos-v-tadzhikistane

Texnologiya

Ilovalarda reklama joylashtirish uchun BYYD mobil platformasidan endi O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin. Bugungi kunda DSP BYYD arsenalida turli segmentlarga taalluqli 100 mingdan ortiq mobil ilovalar bor.

BYYD platformasi O‘zbekistondagi 18 milliondan ortiq foydalanuvchilarni qamrab oladi, ularning 13 milliomi imternetda faqat mobil qurilmalar orqali kiradi.

Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/14/byyd/

WhatsAppda ovozli xabarlarni jo‘natishdan oldin eshitib ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Servis yaratuvchilari Twitter orqali shu haqda xabar berishdi. “Bu xatolar emas, bu repetitsiyalar. Endi “jo‘natish” tugmachasini bosishdan oldin siz ovozli xabaringizni eshitib ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/451333_whatsapp_anonsiroval_novyu_fynkciu._spoyler:_ona_obradyet_lubiteley_golosovyh_soobsheniy.html \\

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi YUNISEF bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan Bebbo mobil ilovasini taqdim etdi. U qirg‘iz va rus tillarida yaratilgan.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/451196_vash_pomoshnik_v_vospitanii_detey._mobilnoe_prilojenie_bebbo_na_kyrgyzskom_i_rysskom.html

“Roskosmos” saytining xabar berishicha,  ikki nafar yaponiyalik kosmik sayyoh bo‘lgan ekipaj Qozog‘iston cho‘llariga qo‘ngan.

“Soyuz MS-20” boshqariluvchi kemasining uch soat oldin Xalqaro kosmik stansiyadan ajralib chiqqan qo‘ndiriladigan apparati Jezqazg‘an shahridan janibiy-sharqdagi 148-kilometrga qo‘ngan. Yerga “Roskosmos” kosmonavti Aleksandr Misurkin va parvozning yapoiyalik ishtirokchilari Yusaku Maezava hamda Yozo Xiranolardan iborat “sayyohlar” ekipaji qaytib keldi. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/dva-yaponskix-kosmiceskix-turista-vernulis-na-zemlyu

Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasining xabar berishicha, endi qozog‘istonliklar ichki qatnovlarda shaxsni tasdiqlovchi raqamli hujjatlardan foydalanishlari mumkin.

“Qozog‘iston respublikasining barcha aeroportlarida raqamli hujjatlar servisi (eGov Mobile) joriy etilgan. Ichki qatnovlar yo‘lovchilarida shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlash uchun eGov Mobile ilovasi orqali shaxsni tasdiqlovchi qaramli guvohnomani taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ldi”, -  deyiladi QFA xabarida. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/kazaxstancy-mogut-ispolzovat-cifrovoe-udostoverenie-na-vsex-vnutrennix-aviareisax

Parker Solar Probe quyosh zondi birinchi marta quyosh tojida bo‘lib turdi va harakatlandi, deyiladi  NASA xabarida. “Tarixda birinchi marta kosmik kema Quyoshga tegdi. NASAning Parker quyosh zondi Quyosh atmosferasining yuqori qatlamlarida – uning tojida turibdi va undagi zarralar hamda magnit maydonlarini o‘lchamoqda”, - deyiladi xabarda. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/vpervye-v-istorii-chelovechestva-kosmicheskij-korabl-kosnulsya-solnca

Xavfsizlik

Qirg‘iziston kiverxavfsizlikni va “Qumtor” konida ishchilarning huquqlarinni buzgani uchun Kanadaning Centerra Gold Inc kompaniyasiga qarshi da’vo kiritdi. Bu haqda Mining Weekly xabar berdi. Da’voda qayd etilishicha, hukumatning bayon qilishiga ko‘ra, hukumat konda vaqtinchalik tashqi boshqaruvchi tayinlashidan sal oldin, ya’ni 2021-yil may oyida Centerra Gold foydalanuvchilar va ma’murlarning “Qumtor” kompyuterlaridan foydalanishini bloklab qo‘ygam. Natijada Milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi Centerra Goldga qarshi ish ochgan.Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/451239_vlasti_kyrgyzstana_podali_isk_protiv_centerra_gold_inc._za_naryshenie_kiberbezopasnosti.html

Qirg‘iz segmentidagi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Qirg‘iziston milliy banki so‘rovnomada ishtirok etganlarga 50 ming somdan berayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shu bilan birga, havola QR MBning rasmiy saytiga emas, balki qanaqadir shubhali moma’lum saytga olib kiradi.

Milliy bank bu xabarni inkor etdi va biror bir tanlov yoki pul mablag‘lari to‘lovlarini amalga oshirmayotganini ma’lum qildi.  Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/451411_nacbank_razdaet_po_50_000_somov_za_prohojdenie_oprosa_ne_verte_eto_feyk.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.