Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 06 – 13.12.2021 y.

14.12.2021 • 11:11

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Talim

8-dekabrdan to YaMT boshlanguniga qadar Qozog‘istonning yirik respublika ta’lim markazlari har bir fan bo‘yicha YaMTga tayyorlash uchun onlayn-darslar tashkil etishadi, deb xabar berilmoqda Milliy test markazining saytida.

Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zapustili-besplatnye-onlajn-uroki-dlya-podgotovki-k-ent

12-dekabr kuni mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning tug‘ilgan kuniga 92 yil to‘ldi. Vatanida adib sharafiga ko‘chalar, maktablar, litseylar, teatrlar, istirohat bog‘lari va hiyobonlar nomlangan.

Batafsil quyidagi havolada:https://kaktus.media/doc/427660_chto_nazyvali_v_chest_aytmatova_za_rybejom._interaktivnaia_karta.html

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Ta’lim xizmatlari uchun to‘lovlar tizimini yaxshilash va ta’lim tashkilotlari shaffofligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlat to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. Prezident administratsiyasining xabar berishicha, mazkur Farmon oliy va o‘rta kasb-hunar ta’limi tashkilotlari talabalarini, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, bolalikdan nogironlarni, nogiron bolalarni, I va II-guruh nogironi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, mazkur ta’lim muassasalari moliyaviy faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Batafsil quyidagi havolada:

https://kaktus.media/doc/450981_kontrakty_stydentov_ne_bydyt_meniatsia_tri_goda_posle_postypleniia._ykaz_prezidenta.htm

Qirg‘izistonlik muallim o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada birinchi o‘rinni egalladi.  Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 4 – 5-dekabr kunlari Olmaota shahrida VIII-xalqaro tanlov bo‘lib o‘tgan va unda 220 nafardan ortiq matematika, 70 nafar fizika va 50 nafar informatika o‘qituvchisi ishtirok etgan. “Gazprom Qirg‘iziston” maktabi o‘qituvchisi Meder Osmonov ham ushbu olimpiadada ishtirok etib, barcha misollarni yechishga muvaffaq bo‘ldi va birinchi o‘rinni egalladi.

Batafsil quyidagi havolada: https://kaktus.media/doc/450899_ychitel_iz_kyrgyzstana_oderjal_pobedy_na_mejdynarodnoy_olimpiade.html

Inson huquqlari

Turkmaniston hukumati jamoat joylarida tilanchilik qilayotgan fuqarolarga, shu jumladan qashshoq oilalardan bo‘lgan bolalarga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Tilanchilarga munosabat avval ham yaxshi bo‘lmagan, ammo yangi yil bayrami arafasida hukumatning aholi qashshoq qatlami vakillariga munosabati yanada yomonlashdi. Kam ta’minlangan turkmanistonliklarni ta’qib qilish neft va gazga boy bo‘lgan mamlakatda mustaqilligining 30 yilligini nishonlagan yilda, hamda “Xalqning Arqadag‘ bilan davri” deb nomlangan yangi 2022-yil arafasida yanada kuchaydi. Shu bilan birga, mamlakatda nogironligi bo‘lgan insonlar va yetimxonalarga tushayotgan bolalar soni ortib bormoqda.

Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31603279.html

O‘zbekiston Adliya vazirligi qizlar va ayollarning himoyasini kuchaytirish taklifi bilan chiqdi. “Gazeta.uz” vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda shu haqda xabar berdi. Bundan tashqari Adliya vazirligi ta’qib qilish, xarrasment, intim foto va videolarni tarqatganlik uchun javobgarlik joriy etishni taklif qilmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligi qizlar va ayollarni ularga nisbatan zulm va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish niyatida. Buning uchun vazirlik ushbu yo‘nalishda bir qator takliflar tayyorlagan.

Ko‘chada, ishxonada, ta’lim muassasalarida ta’qib qilish va tegajog‘lik holatlari ko‘payib borayotgani ana shunday tashabbus bilan chiqishga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, xotin-qizlarga oilalarida ham nafaqat turmush o‘rtoqlari, balki qaynona va erining boshqa qarindoshlari tomonidan ham zulm qilish holatlari kam emas.   

Batafsil quyidagi havolada: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/20211213/v-uzbekistane-hotyat-usilit-otvetstvennost-za-presledovanie-devochek-i-zhentshin-a-kak-v-tadzhikistane

Jamiyat

QR axborot va jamoatchilik rivojlanishi Vazirligi matbuot xizmatining  xabar berishicha, Qozogʻistonda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan ilk komiks yaratilgan. Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/v-kazaxstane-vysel-pervyi-komiks-o-borbe-s-ekstrimizmom

2021-yilda Qozog‘istonlik o‘quvchilar tomonidan 293 ta og‘ir va 36 ta o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etildi. Finprom.kzning xabar berishicha, 2021-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar eng ko‘p Qo‘stanay viloyatida qayd erilgan. Ushbu hududda 111 nafar o‘smir jinoyat sodir etgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4,7 % ga ko‘p. Ikkiinchi o‘rinda Sharqiy Qozog‘iston viloyati: 77 kishi – 31,9 %ga kamaygan. Uchinchi o‘rinda Qarag‘anda viloyati: 75 kishi - o‘tgan yilga nisbatan 2,6 % ga kamaygan.

Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/v-kakix-regionax-kazaxstana-skolniki-cashhe-vsego-soversayut-ugolovnye-pravonaruseniya

Qirg‘izistonda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarning yagona elektron ma’lumotlar bazasi ishga tushirildi. QR Mehnat vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.

Ma’lumotlar bazasi YUNISEF yordamida yaratildi, u “Yorug‘lik nuri” tashabbusi doirasida YeI va BMTning moliyaviy ko‘magida joriy etiladi.   

Batafsil quyidagi havolada: https://kaktus.media/doc/450825_v_kyrgyzstane_zarabotala_edinaia_baza_detey_v_trydnoy_jiznennoy_sityacii.html

O‘zbekistonda zulm va zo‘ravonlik qurbonlari bepul ko‘rikdan o‘tkaziladi va davolanadi. “Farg‘ona” AAning Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, bu “Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan. Hujjat 10-dekabrdan kuchga kirdi. “Xotin-qizrlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgarish kiritilib, unga ko‘ra endilikda mehnat organlari ish qidirayotgan va og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, oilaviy muammolar va zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va kasbga yo‘naltirish choralarini ko‘radi. 

Batafsil quyidagi havolada: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20211211/v-uzbekistane-zhertv-pritesnenii-i-nasiliya-budut-lechit-besplatno

Texnologiyalar

TechCrunch portalining xabar berishicha, AQSh senati kongressi yigʻilishida Instagram rahbari Adam Mosseri 2022-yilda Instagramning postlar tasmasini algoritm asosida tanlash oʻrniga xronologik tartibda taqdim etadigan ilovasi chiqarilishini ma’lum qilgan.

Instagram mana bir necha oydirki ushbu opsiya ustida ish olib bormoqda, 2022-yil boshida undan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu chop etilgan materiallarni foydalanuvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib saralaydigan Instagram uchun sezilarli oʻzgarish boʻladi. Adam Mosserining fikricha, xronologik tasma oʻsmirlarga salbiy ta’sirni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/instagramm-vernyot-xronologiceskuyu-lentu-v-2022-godu

Qozogʻistonda Google Pay elektron toʻlov tizimidan foydalanish imkoniyati paydo boʻldi.

Google Payning Qozogʻizton bozoriga kirish rejasi haqida Informburo iyul oyi boshlarida xabar topgan edi. Oʻsha paytda korporatsiya vakillarining qozogʻistonlik bankirlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtgandi. Google Payning mamlakatda ishga tushirilish sanasi sifatida sentyabr – oktyabr oylari koʻrsatilgan edi.

Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/google-pay-stal-dostupen-v-kazaxstane

Tojikiston investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi “Sohibkor” nomli maxsus ilovani ishga tushirdi. Muassasadan “Aziya Plyus”ga ma’lum qilishlaricha, ilova BMT Taraqqiyot Dasturi koʻmagida Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Yoshlar biznes va innovatsiyalar uchun” loyihasi doirasida yaratilgan. “Mazkur ilova yordamida foydalanuvchilar biznes va investitsiyalarga oid barcha meyoriy-huquqiy hujjatlar, respublikadagi imtiyozlarning huquqiy bazasi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni oʻtkazish rejalari va boshqalar haqida ma’lumot olishlari mumkin”, - deyiladi davlat Qoʻmitasi xabarida. 

Batafsil quyidagi havolada: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20211207/v-tadzhikistane-zapustili-mobilnoe-prilozhenie-dlya-predprinimatelei

 Ekologiya

Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Serikkali Brekeshev Twitterdagi sahifasida Qozog‘istonda yangi milliy bog‘ tashkil etilishini ma’lum qildi. Prezidentning topshirig‘iga asosan QR hukumati qaroriga ko‘ra, Qozog‘istonda  “Ulitay” milliy bog‘i tashkil etiladi. U Qarag‘anda viloyatida joylashib, maydoni 58,9 ming gektarni tashkil qiladi.

Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-sozdan-novyj-nacionalnyj-park

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.