Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 29.11. – 06.12.2021 y.

08.12.2021 • 08:17

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Talim

Tojikistondagi afgʻon qochoqlarining bolalari uchun moʻljallanganSomoniyonnomli yagona maktab, Qobulda hukumat oʻzgarganidan keyin davlat yordamidan mahrum boʻlgan edi. Endi u faoliyatini AQSH elchixonasi va  «Spirit of America» tashkiloti koʻmagida davom ettiradi.

 «Spirit of America» fuqarolik tashkiloti Dushanbedagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2-dekabr kuni moliyaviy majburiyatlar haqida malum qildi, unga koʻraSomoniyonmaktabi afgʻonistonlik qochoqlar uchun yana ehsiklarini ochadi, deyiladi Amerika elchixonasining sayti tarqatgan xabarda.   

«Spirit of America» kelgusi 12 oy davomida maktab oʻz faoliyatini olib borishi uchun 80 ming AQSh dollaridan ortiqroq mablagʻ ajratadi, shu orqali qochoqlarning farzandlarini oʻqitish bilan bogʻliq ehtiyoj qondiriladi. Jumladan, tashkilot ijara toʻlovi, oʻquvchilar uchun transport, mebel bilan jihozlash, mayda tamirlash ishlari va internetga ulanish xarajatlarini qoplaydi.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211203/shkolu-dlya-detei-afganskih-bezhentsev-v-dushanbe-ne-zakroyut-ee-podderzhat-ssha

Inson huquqlari

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni nishonlanadigan Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xalqqa murojaat yoʻlladi. Murojaatda, jumladan, Oʻzbekiston nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlarini jamiyatning ajralmas qismi sifatida his etishlari uchun qoʻshincha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan maxsus dastur qabul qilishi va amalga oshirishi haqida soʻz borgan. Mazkur dastur mazmun-mohiyatiga koʻra BMTning Barqaror rivojlanish dasturlariga toʻla mos keladi, unda nogironlikni belgilashda tibbiy yondoshuvdan ijtimoiy yondoshuvga oʻtish asosiy vazifa qilib belgilanadi, deya qayd etdi prezident.

Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/03/disability/

Jamiyat

Bishkek shahri hokimligi chiqindilarni yer ostiga yigʻish va saqalsh boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirmoqda, deb xabar berdi munitsipalitet matbuot-xizmatiZamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi chiqindilarni yigʻish va saqlashning yangi tizimini yaratish imkoniyatini beradi. Bunday yondoshuv natijasida shahar koʻchalari yanada chiroyli qiyofa kasb etadi, deyiladi hokimiyat xabarida.

Batafsil quyida: https://ru.sputnik.kg/society/20211205/1054865607/bishkek-musor-hranenie-sbor-proekt.html

Qozogʻistonda besh turdagi ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlarning narxi arzonlashdi. Noyabr oyida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida oziq-ovqatlat inflyatsiyasining oʻsish tezligi yillik koʻrsatkichda 0,4 foizli banddan 0,9 % gacha, umumiy inflyatsiya esa 0,2 foizli banddan 8,7 % ga pasaydi, deb ma’lum qildi QR Bosh vazirining sayti.  

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-snizilis-ceny-na-pyat-vidov-socialno-znachimyh

1-dekabr kuni Toshkentda bolalarni maktabga qabul qilishda korrupsiya xatarlari boʻyicha tadqiqot natijalarining jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi. U “Yuksalish” Umummilliy harakati tomonidan “Hududiy muloqot” (“Региональный диалог”, Sloveniya) nodavlat tashkiloti hamda Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida oʻtkazildi, deyiladi “Yuksalish” saytida. 2020-yilning dekabr oyida boshlangan loyihaning maqsadi – butun mamlakat boʻylab ekspert laboratoriyalarini tashkil etish va korrupsiya xatarlarini oʻrganishdan iborat. Birinchi bosqichdagi soʻrovnomalar, shu jumladan intervyu va anketa savol-javoblari, bolalarni boshlangʻich maktablarga joylashtirishdagi korrupsiya xatarlarini baholashga qaratilgan.

Tafsilotlar quyida:  https://www.gazeta.uz/ru/2021/12/01/anticor/

Texnologiya

“Ay-TiEs Texnolojis” IT-kompaniyasi “Soros-Qirgʻiziston” Fondi koʻmagida “Fuqarolik texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Innovatsiya jamgʻarmasi” tanlovi doirasida “Aholi orqali ma’lumotlarni raqamlashtirish” axborot tizimini ishlab chiqdi va nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga jalb qildi.

Kompyuterlar allaqachon faoliyatning ajralmas qismiga aylanib qolgan va ish jarayonini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Ammo ayrim tashkilotlarning axborot texnologiyalari joriy etilgunga qadar foydalanilgan qogʻoz hujjatlar bilan ishlashlariga toʻgʻri kelmoqda. Skanerlash orqali qogʻoz hujjar raqamli shaklga oʻtkaziladi, lekin bu hujjat mazmunini bilish va muhim soʻzlar orqali qidirish imkonini bermaydi. Amalda hujjatni qidirish eskicha usulda – har bir faylning operatorini koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi, bu esa juda koʻp vaqtni oladi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/450567_kak_ludi_s_invalidnostu_zarabatyvaut_s_pomoshu_smartfona.html

Turkmanistonda internet dunyodagi eng sekin ishlaydiganlaridan biri ekani avvaldan ma’lum edi.  Britaniyaning Cable.co.uk nashri mutaxassislari nafaqat buni yana bir marta tasdiqlashdi, balki Turkmanistonda internet dunyoda eng sekin ishlashini ham aniqlashdi. 2021-yilning 30-iyuniga qadar 12 oy davomida olib borilgan solishtirma tahlil Turkmaniston internet tezligi boʻyicha nafaqat dunyoda oxirgi oʻrinda ekanini, balki oxirgi beshlikka kirgan davlartlardan ancha orqada qolayotganini ham koʻrsatdi.

Britaniyaning Cable.co.uk nashrining telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini solishtirishga ixtisoslashgan mutaxassislari dunyoning 224 ta mamlakati va hududida 1,1 milliarddan ortiq testlar oʻtkazishdi.  

Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31592246.html

Ana shu e’lon qilingan hisobotga koʻra, hajmi 5 gigabayt boʻlgan fayl Tojikistonda oʻrtacha 1,82 Mbit/soniya tezlikda yuklanadi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat 224 ta davlat orasida 211-oʻrinni egallab turibdi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211207/internet-tadzhikistana-v-top-10-samih-medlennih-v-sng-i-v-mire-reiting

Tojikiston investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi “Sohibkor” nomli maxsus ilovani ishga tushirdi. Muassasadan “Aziya Plyus”ga ma’lum qilishlaricha, ilova BMT taraqqiyot Dasturi koʻmagida Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Yoshlar biznes va innovatsiyalar uchun” loyihasi doirasida yaratilgan.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20211207/v-tadzhikistane-zapustili-mobilnoe-prilozhenie-dlya-predprinimatelei

CABAR.asiaga bergan eksklyuziv intervyusida Zypl.ai sun’iy intellekt Akademiyasi asoschisi Azizjon Azimiy Markaziy Osiyoda AIning rivojlanish muammolari, turli sohalarda, jumladan, davlat boshqaruvida uning qoʻllanilish istiqbollari haqida mulohaza yuritgan. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/life/person/20211202/v-kakie-sferi-i-kak-vnedrit-iskusstvennii-intellekt-v-stranah-tsentralnoi-azii

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.