Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 22–29.11.2021 y.

30.11.2021 • 08:09

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Talim

Har yillik English Proficiency Index tadqiqoti – turli mamlakatlarning katta yoshdagi aholisi o‘rasida ingliz tilini bilish darajasini baholovchi reyting natijalari e’lon qilindi.  Tadqiqotda xabar qilinishicha, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida milliondan ortiq odamni qamrab olgan ushbu global tadqiqotda Qozog‘istonning ko‘plab hududlari aholisi ham qatnashdi. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/kazahstancy-stali-huzhe-vladet-anglijskim-yazykom

Birorta qizni yigitlar xafa qilishayotgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutasiz, nima uchun bu noto‘g‘ri, hamda qanday holatda quyosh yerga yaqin keladi – tojikistonlik bolalar shular haqida mulohaza yuritishmoqda. Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211125/tadzhikskie-deti-razmishlyayut-o-tom-pochemu-nelzya-obizhat-devochek

Davlat imtihonidan o‘ta olmagan o‘zbekistonlik talabalar yil davomida uni ikki marta qayta topshirish huquqiga ega bo‘lishdi. Ilgari imtihondan yiqilganlar uni qayta topshirish uchun bir yil kutishlariga to‘g‘ri kelardi. Tafsilotlar quyida:  https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/22/exams/

Inson huquqlari

Tojikiston parlamentining quyi palatasi Ma’muriy huquqbazarliklar to‘g‘risidagi Kodeksning 90-moddasini tuzatish kiritish orqali “zo‘ravonlik ishlatish” jumlasi bilan to‘ldirdi va jarima miqdorini 180 – 300 somonidan 420 somonigacha oshirdi. Parlamentning oxirgi yig‘ilishida deputatlar ushbu tuzatishni bir ovozdan ma’qullashdi.

Kodeksga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar loyihasini taqdim etar ekan, Tojikiston bosh prokurorining o‘rinbosari Mirzaomon Rofizoda voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish sohalarida majburiyatlarning bajarilmayotgani tuzatishlarni ishlab chiqish va parlamentga kiritishga sabab bo‘lganini qayd etdi.  Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211122/v-tadzhikistane-silno-povisili-shtraf-za-plohoe-vospitanie-detei-ispravleno

O‘zbekiston jamoat transportida jinsiy shilqimlik holatlariga qarshi kampaniya poytaxt avtobuslarida yo‘lga qo‘yildi.  Salonlarda plakatlar paydo bo‘ldi va shoshilinch to‘xtash tugmachalari o‘rnatilmoqda. “Gazeta.uz” xrassment qurbonlari qanday yo‘l tutishlari, haydovchi va chiptachi bunday holatda nima qilishlari hamda bu borada xorij tajribasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. O‘zbekiston qonunchiligida shilqimlik uchun jazo nazarda tutilmagan. Qonunbuzarlarni “Haqorat” moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda. Tafsilotlar quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/26/frotteurism/

O‘zbekiston milliy universiteti talabalari xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlab aksiya o‘tkazishdi. Ishtirokchilar seksizm, maishiy zo‘ravonlik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish mavzularidagi qo‘lbola plakatlarni namoyish etishdi. Aksiya ishtirokchilaridan biri “gazeta.uz”ga “Bu odamlarga qarshi norozilik emas. Bu zo‘ravonlikka qarshi ma’rifiy aksiya”, - ekanini ta’kidladi. Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/26/support-for-women/

Turkmanistonning ayrim bolalar bog‘chalarida bolalarga rus tilidagi multfilmlarni qo‘yib berish taqiqlandi. Ta’lim sohasi vakili Azatliq Radiosi muxbiriga shu haqda gapirib berdi. Lebap viloyatining Farap etrapidagi 1-sonli bolalar bog‘chasida, shuningdek Dyanev va Darganota etraplaridagi ikkita bog‘chada bir necha tarbiyachi ishdan bo‘shatilgan. Ularning bolalarga rus tilidagi multfilmlarni qo‘yib bergani bunga sabab bo‘lgan. Tafsilotlar quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31578488.html

Jamiyat

Har yili 24-noyabr kuni nishonlanadigan davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tojikistonliklar o‘z farzandlari qalbida bolalikdan davlat ramzlari, jumladan bayroqqa hurmatni tarbiyalab borishlari kerakligini ta’kidladi.  Shuningdek, prezident tojikistonliklarni ko‘kraklariga mamlakat bayrog‘i tasviri tushirilgan znachok taqib yurishga chaqirdi.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/power/20211124/prezident-tadzhikistana-prizval-s-devstva-vospitivat-chuvstvo-uvazheniya-k-natssimvolam

 

Ashxobodda (Turkmaniston) talabalardan oliy o‘quv yurtlarining turli xarajatlari uchun pul yig‘ish davom etmoqda.  Poytaxt OO‘Yu talabalari Azatliq Radiosi muxbiriga shu haqda gapirib berishdi. “Bizga biriktirilgan yer uchastkasida hashar o‘tkazish va yerni chopib chiqish kerak. Buning uchun har birimizdan 30 manatdan badal yig‘ish talab etiladi. Bog‘bon uchun pul eslaringdan chiqmasin. Ertaga hamma topshirishi kerak!”. Turkmaniston davlat atxitektura-qurilish institutining bir guruh talabalari messenjer orqali shunday xabar olishdi. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31581433.html

Tarmoqdagi xavfsizlik

“Barakali juma” arafasida “Kasperskiy laboratoriyasi” ekspertlari internet do‘konlardan xarid qilishda xavfsizlik borasida maslahatlar berishdi.  Ularning ma’lumotiga ko‘ra, sentyabrdan oktyabrgacha bo‘lgan arzonlashtirilgan savdolar arafasida butun dunyodagi onlayn-xaridorlarga fishing hujumlar soni 208 foizga oshgan. Firibgarlar mashhur brendlar nomi ostiga ustalik bilan yashiringan holda foydalanuvchilarning pullari va shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishadi.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/moshenniki-maskiruyutsya-pod-sajty-e-pay-i-onlajn-magaziny-kak-uberechsya

Yolgon axborot

WhatsApp foydalanuvchilari “9 yoshli Sumayaning ichki organlari olingan holdagi jasadi topilgan”i haqidagi ishonchsiz axborotni tarqatishmoqda. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati IIB shu haqda ma’lum qildi. Shu bilan birga So‘zos tumanida uch nafar maktab o‘quvchisi yo‘qolib qolgani xabar qilinmoqda. IIB xabariga ko‘ra, axborot haqiqatga zid, aytilayotgan o‘quvchilar yo‘qolishmagan.

Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/450067_v_seti_gyliaet_feyk_o_propavshey_9_letney_symae._miliciia_predypredila_ob_otvetstvennosti.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.