Qadrli doʻstim!
Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
Qozogʻistonlik oʻquvchilar Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan al-Fargʻoniy nomidagi birinchi Xalqaro olimpiadada 11 ta medalni qoʻlga kiritishdi. QR Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Olimpiadada jahonning 18 mamlakati, shu jumladan Rossiya, Ozarbayjon, Belorus, Ruminiya va boshqa davlatlardan 130 nafarga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/kazahstanskie-shkolniki-zavoevali-11-medalej-na-mezhdunarodnoj-olimpiade-po-fizike
Turkmanistonda talabalar onlayn mashgʻulotlarda qatnashish qiyinchilik tugʻdirayotganidan shikoyat qilishmoqda. Yagshigeldi Kakayev nomidagi neft va gaz Xalqaro universitetining Lebap, Mariy, Dashovuz va Bolqon viloyatlarilik talabalari masofadan tahsil olishmoqda. Talabalarning soʻzlariga koʻra, uy sharoitidagi onlayn mashgʻulotlar, birinchi galda internet tezligining pastligi bois ta’lim sifatini tushirib yuboradi. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31558385.html
Qirgʻizistonlik uch nafar oʻquvchi fizika fani boʻyicha Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi I-Xalqaro olimpiada(IAFPhO 2021)da bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Ta’lim vazirligi matbuot xizmati shu haqda ma’lum qildi. Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/449236_troe_shkolnikov_iz_kyrgyzstana_zavoevali_bronzy_na_mejdynarodnoy_olimpiade_po_fizike.html
2022-yilda Oʻzbekiston 410 milliard soʻmlik 40 ta maktab qurishni rejalashtirmoqda. Bu oʻtgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar koʻp, lekin bu ham bolalar bilan toʻlib-toshgan sinflar muammosini hal qilish uchun umuman yetarli emas. Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/11/schools/
Inson huquqlari
Xalq orasida norozilik kayfiyati kuchayib ketishidan qoʻrqqan Turkmaniston hukumati mamlakat tashqarisida yashovchi turkman faollarini obroʻsizlantirish kampaniyasini yana qayta boshlab yubordi. Shunungdek, Azatliq radiosini ham eshitmaslikka chaqirishmoqda. Bunday tadbirlar Lebap viloyatining deyarli barcha etraplarida boʻlib oʻtmoqda.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31557891.html
Turkmanistonda Facebook, Instagram, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar bloklanganicha qolmoqda. Ularga ulanish uchun VPN serverlardan foydalanishga toʻgʻri keladi. Ammo VPN serverlari ham bloklanishdan toʻla himoyalanmagan. Azatliq radiosi muxbirining xabar berishicha, oliy oʻquv yurtlarining birida oʻqituvchilardan ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslik haqida tilxat olinmoqda. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31553498.html
Qirgʻizistonda oiladagi zoʻravonlikdan himoya toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish kiritishmoqchi. Bugun, 12-noyabr kuni “Oiladagi zoʻravonlikdan qoʻriqlash va himoya qilish toʻgʻrisida”gi QR Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasdi muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan davra suhbati vaqtida gender masalalari boʻyicha ekspert Zulfiya Kochorbayeva shu haqda ma’lum qildi. Batafsil quyidagi havolada: https://kaktus.media/doc/449189_zakon_o_zashite_ot_semeynogo_nasiliia_predlagaut_izmenit._glavnoe.html
Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasi “Kloop Media” jamoat fondining 28-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan parlament saylovlarida kuzatuvchi sifatida qatnashish toʻgʻrisidagi arizasiga rad javobini berdi. MSK bu haqda 2021-yil 5-noyabr kuni qaror qabul qilgan, lekin qaror haqidagi xat “Kloop”ga faqat 8-noyabr kuni yetkazilgan.
Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/448982_cik_otkazal_izdaniu_kloop_v_nabludenii_za_parlamentskimi_vyborami.html
Jamiyat
Tojikistonda 500 ming nafardan ortiq keksa yoshdagi insonlar istiqomat qilishadi va bu aholi umumiy sonining salkam 6 % ni tashkil etadi. Ularning 56 ming nafardan ortigʻi 80 yoshdan oshgan shaxslar boʻlib, keksalar umumiy sonining 11,2 % ni tashkil qiladi. Joriy yil oktyabr oyi oxirida gerontologiya xizmatining holati, imkoniyati cheklangan insonlarning muammolari, yutuqlar va muammolar hamda ularni hal qilish yoʻllari muhokamasiga bagʻishlab Dushanbe shahrida oʻtkazilgan konferensiya doirasida mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu ma’lumotlarni e’lon qildi. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211111/v-tadzhikistane-uvelichilas-prodolzhitelnost-zhizni-lyudei
Qozogʻiston Oskar qoʻmitasi qaroriga koʻra, Odilxon Erjanovning “Sariq mushuk” filmi “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga tavsiya etildi, deb xabar bermoqda rejissyor oʻz saytida . Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/kazaxstan-vydvinul-film-zyoltaya-koska-na-premiyu-oskar
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yuqori lavozimli mulozimi Turkmanistonning mamlakat hududida Covid kasalligi mavjud emasligi borasidagi bayonotini shubha ostiga oldi va mamlakatda virus boʻlmasligi mumkin emasligini qayd etdi. BBC shu haqda xabar berdi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31551340.html
Turkmanistonda avtomashina rahgiga qoʻyilgan talab yana kuchaytirildi. Poytaxtda mana ikki haftadirki, toʻq ranglardagi qismlari boʻlgan avtomobillar jarima maydonchasiga olinmoqda, Lebapda esa xatto avtomashinalarda xrom qoplangan qismlar boʻlgani uchun ham jarimaga tortishmoqda. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31553481.html
Turkmanistonda oʻtgan hafta oxirida “umumxalq daraxt oʻtqazish” tadbiri boʻlib oʻtdi. Farapda koʻchatlar byudjet tashkilotlari xodimlari hisobidan sotib olindi. Oʻzbekiston tomonidan kelgan kuchli shamol Lebap viloyati aholisiga qiyinchilik tugʻdirdi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda ekilganidan koʻra koʻproq daraxt kesilmoqda. Azatlik Radiosi muxbiri shu haqda xabar berdi. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31551868.html
14-noyabrda Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Tojikistonda ushbu kasallik bilan roʻyxatga olinganlar soni 48 ming kishidan oshadi. Ammo koʻpchilik toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga va jismoniy faol turmush tarziga rioya etilsa – odatiy hayot kechirish mumkinligini bilmaydi. Poytaxtdagi oʻtgan yili ish boshlagan “Diabet maktabi”da diabetga chalingan odamlar aynan shunga oʻrgatiladi. Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211114/v-dushanbe-rabotaet-shkola-diabeta-zdes-uchat-diabetikov-zhit-so-vkusom
Texnologiya
YouTube oʻz blogida servis videolar ostidagi dizlayklar sonini koʻrsatmasligini ma’lum qildi. "Yoqmadi" degan baholash hisoblagichi barcha videolar ostida yashirilgan holatda boʻladi. Lekin dizlayk qoʻyish imkoniyati saqlanib qoladi. Rolik ijodkori ularning sonini YouTube Studioda koʻrishi mumkin. Bu unga foydalanuvchilarni nimalar qiziqtirishini bilib borishga yordam beradi. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-you-tube-bolshe-ne-budut-pokazyvatsya-dizlajki
Netflix strim platformasi oʻz ilovasida bolaalr uchun moʻljallangan va TikTok kliplarini yodga soluvchi Kids Clips boʻlimini joriy etadi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Boʻlim bolalarga servisning maxsus bolalar kutubxonasiga joylashtirilgan qisqa roliklarni tomosha qilish imkonini beradi. Videolar katalogi har kuni yangilanib turadi. Shu yoʻl bilan Netflix koʻproq YouTube va TikTokni ma’qul koʻradigan yosh tomoshabinlarni oʻz tomoniga jalb etmoqchi. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/netflix-zapustit-analog-tiktok-dlya-detei
Instagram «tanaffus qil» (take a break) nomli, foydalauvchiga ilovadagi zaruriy tanaffus haqida xabar beruvchi yangi funksiyani test rejimida sinab koʻrishni boshladi. Ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri shu haqda ma’lum qildi. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/world/20211111/instagram-obyavil-o-testirovanii-funktsii-sdelai-pereriv
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang