Salom!
Tasavvur qiling, yerda elim xaltalar, plastik idish va boshqa chiqindilar boʻlmagan toza-ozoda koʻchaga chiqish qanchalik yoqimli. Bu fantastika emas va ozodalikka erishish u qadar qiyin ish ham emas. Qleverdan yangi tanlov - hovlilar, koʻchalar va yoʻlaklardagi chiqindilarga qarshi urush e’lon qilamiz ⚔️?✨
Nima qilish kerak?
- Kerakli narsalar: qoʻlqop, niqob, chiqindilarni yigʻish uchun idishlar yoki zambilni hozirlang. Ozodalikni tartib darajasiga olib chiqqanlar uchun esa xaskash va supurgilar ham kerak boʻladi?
- Oʻz hovlingiz, yoʻlagingiz yoki koʻchangizga chiqing va atrofingizni tozalab qoʻying! Agar hamma yoq barg va qor bilan qoplangan boʻlsa, ularni supirib, kurab olish mumkin
- ishingiz natijasi fonida suratga tushing.
- Ushbi foto/videoni Instagram #toza #QleverUz xeshtegi bilan joylashtiring (yoki uni bizning quyidagi pochtamizga yuboring: qlever.game@gmail.com).
Albatta Qlever platformasidagi oʻz nikneymingizni koʻrsating
Instagramdagi postga misol: Hovlini tozaladik! #toza #QleverUz @nickname
Har bir tozalik shaydosi platformamizda bizdan 150 ⭐oladi. Tanlov 26 noyabrda yakuniga yetadi.
Hozircha esa, tozalash borasida bir necha tavsiyalar:
- Yoqmang, chirishga qoʻying. Tutun sayyoramizga zarar yetkazadi, ayrim turdagi plastiklarning tutuni esa zaharli hamdir ???
- Daraxtlarning barglari tuproq unumdorligini oshiradi. Ularni yoqmang. Agar ular halaqit bersa, bir joyga yigʻib, shunday qoldiring ??
- Qoʻllaringizni ehtiyot qiling, qoʻlqopda ishlang ?
- Niqob sizni changdan asraydi ?
- Jamoa boʻlib ishlash har doim yoqimli ?
Qanchalik tez-tez chiqindilarni qozalab tursangiz, ish shuncha kam boʻladi. Bir nechta qogʻoz parchasini yigʻishtirib olish uchun atigi bir necha daqiqa sarflaysiz, lekin tartib va ozodalik hissi hafta davomida sizni tark etmaydi ✨ ?