Qadrli doʻstim!
Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik tegajogʻlik, tazyiq yoki zoʻravonlik holatlari yuzasidan murojaat qilish mumkin boʻlgan Telegram-bot va ishonch telefonini ishga tushirdi. Ana shunday nojoʻya xatti- harakatlar tahdidi ostida yoki ularga guvoh boʻlgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va ayol xodimlar bu haqda @himoya_otv_bot yoki 1006 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
“Shaxsingiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur boʻlgan barcha yordam koʻrsatiladi, nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilgan har bir holat boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi”, - deyiladi vazirlik xabarida. Batafsil quyidagi havolada: https://www.gazeta.uz/ru/2021/10/28/bot/
1-noyabr kuni Qozogʻistonda magistratura va doktaranturaga kirish uchun ikkinchi kompleks testda qatnashish istagida boʻlganlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi, deb xabar bermoqda QR Ta’lim va fan vazirligi. Qabul yiliga ikki marta: an’anaviy tarzda yozda va qoʻshimcha ravishda qishda amalga oshiriladi. Testlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar yozgi qabuldan keyin boʻsh qolgan grantlarni yutib olishlari mumkin. Tanlovda yozda grantga kira olmagan nomzodlar ham ilgari kompleks test topshirmaganlar ham ishtirok etishlari mumkin. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/s-1-noyabrya-v-kazaxstane-nacinaetsya-priyom-dokumentov-na-magistraturu
Inson huquqlari
World PrisonBrief ma’lumotlariga koʻra, Turkmaniston – aholi soniga hisoblaganda mahbuslarning koʻpligi boʻyicha jahondagi ikkinchi davlat boʻlib turibdi.
Roʻyxatda birinchi beshlikdan AQSH, Turkmaniston, Salvador, Ruanda va Kuba joy olishdi. Turkmanistonda har 100 ming kishiga 576 nafar mahbus toʻgʻri keladi. Turkmaniston qamoqxonalarda saqlanayotgan, sudlangan va ozodlikka chiqqan mahbuslar soni haqidagi rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmaydi. Turkmanistonda mahbuslarning zoʻravonlik bilan yoʻqolib qolishi muammosi ham dolzarbligicha qolmoqda. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31530370.html
WPS (Ayollar uchun tinchlik va xavfsizlik Indeksi) reytingiga koʻra, Qirgʻiziston Markaziy Osiyo respublikalari orasida ayollar uchun eng xavfli davlat, deb topildi. 170 ta davlatdagi ayollarning ahvoli baholanadigan ushbi global reytingda Qirgʻiziston 97-oʻrindan joy oldi. Shuningdek roʻyxatning quyi qismidan Afgʻoniston, Suriya, Yaman, Pokiston, Iroq va boshqa mamlakatlar oʻrin olgan.
Finlyandiya, Norvegiya, Daniya va Lyuksemburg esa ayollar uchun eng xavfsiz davlatlar ekan.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/kyrgyzstan-priznan-nebezopasnym-dlya-zhenschin-gosudarstvom/31533945.html
Oʻzbekiston Prezidenti Oʻzbekistonda shaxsga oid ma’lumotlar borasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, oʻzgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab uch oy oʻtgach, bugungi kunda foydalanishda cheklovlar mavjud boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar (TikTok, Twitter, VK va boshqalar) ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Tafsilotlar quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/01/personal-information/
Jamiyat
Qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish Loyihasi (IRDP) qishloq joylarda yashovchi xotin-qizlarning rolini oshirish boʻyicha amaliy harakatlarga hamda ayollar va qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishini tasdiqlashga chaqirdi. Tojikistonda davlat-hususiy sheriklar hamkorligida Qishloq ayollari xalqaro kuni munosabati bilan oʻtkazilgan seminarda shunday chaqiriq ilgari surildi.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211028/proekt-esgiz-otmetil-neveroyatnii-potentsial-selskih-zhentshin-tadzhikistana
2021-yilning 6-oktyabridan 9-noyabr sanasiga qadar Green card – 2023 lotereyasiga roʻyxatga olish boshlandi. Lotereyada dunyodagi 100 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Qirgʻiziston fuqarolari ham ishtirok etishlari mumkin. Kaktus.media taqdim etgan materialda qirgʻizistonliklarning ushbu lotereyada qatnashishga qiziqishi va AQSH vizasini qoʻlga kiritish imkoniyatlari qandayligi haqida soʻz yuritiladi.
Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/447974_jelaushih_yehat_v_ssha_iz_kyrgyzstana_vse_bolshe._podrobnosti_o_green_card.html
Dushanbeda kuzgi fotosuratlar olish uchun qulay vaqt boshlandi, chunki aynan hozir daraxtlarning barglari sargʻayadi, kunlar ancha salqinlashib qoladi – sviterlar mavsumi kayfiyatni koʻtaradi.
Kuzgi yaxshi fotosessiya uchun birinchi galda joy tanlashga va qanaqa rekvizitlar olishga e’tibor qaratish kerak boʻladi. Joyni toʻgʻri tanlash ayniqsa juda mihim. Quyida shahar markazidan boshlab qiziqarli maskanlargacha boʻlgan bir nechta taklif va tavsiyalar berilgan: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211031/kak-sdelat-idealnie-osennie-snimki-gde-ustroit-fotosessiyu-v-dushanbe
Tojikistonda Xellouin tarafdorlari va unga qarshilar kam emas, ammo har ikki tomon ham dunyodagi eng qadimiy va sirli bayramlardan birining tarizini yaxshi bilmasliklari aniq.
Xellouin –yoshlar uchun koʻngilxushlikka sabab, “yengiltaklik”, katta avlod vakillari tomonidan esa u ma’qullanmaydi, ammo ularning aksariyati oʻzi bu qanday bayramligi haqida oʻylab ham koʻrmagan. Ushbu bayramning tarixi, an’analari bilan yaxshi tanish boʻlganlar esa unda tojiklarning asosiy bayrami hisoblangan Navroʻz bilan oʻxshash jihatlarni koʻrishadi.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211031/pochemu-hellouin-tadzhikam-blizhe-chem-mi-dumaem
Ekologiya
Xabitat boʻyicha Ogʻa Xon agentligi (AKAH) Tojikiston atrof-muhitni miuhofaza qilish Qoʻmitasining gidrometeorologiya agentligi bilan hamkorlikda Dushanbe shahrida BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha Doiraviy konvensiyasi (UNFCCC) tomonlari Konferensiyasining yigirma oltinchi birlamchi sessiyasini oʻtkazdi. Unga barcha tegishli davlat tashkilotlari taklif etildi. Sessiyaga atrof-muhitni muhofaza qilish Qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Mavlod Abduqodir, gidrometeorologiya agentligi rahbari Abdullo Qurbonzoda va AKAN filialining bosh ijrochi direktori Hodi Husaniy raislik qilishdi. Sessiyaning maqsadi – mamlakatda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan rejalashtirilgan va parallel chora-tadbirlardan kelib chiqib, umummilliy yondoshuv borasida muhokamalar va axborot almashishdan, shuningdek kelgusidagi hamkorlik va birgalikdagi harakatlarni kelishib olishdan iborat edi.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211029/v-dushanbe-proshla-konferentsiya-ramochnoi-konventsii-oon-po-izmeneniyu-klimata
Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish Xalqari ittifoqi(TMQXI)ga a’zo mamlakatlarning 92-si va Markaziy Osiyodagi ittifoqqa a’zo ilk davlat boʻldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlar qoʻmitasi matbuot xizmati “gazeta.uz”ga shu haqda ma’lum qildi.
“Biz Oʻzbekistonning TMQXIga a’zo boʻlganini qayd etishdan mamnunmiz hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlar qoʻmitasi va mamlakatdagi boshqa hamkorlarimiz bilan aloqalarimiz kengayishiga umid qilamiz”, - dedi TMQXIning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy ofisi direktori Boris Erj.
Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/10/30/iucn/
“QazMunayGaz” milliy kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, Qozogʻistonda shamol energiyasidan foydalaniladigan gibrid elektr stansiyalari quriladi. Energetika vazirligi, “Samruk-Kazina”, “QazMunayGaz” va Total Eren S.A korporatsiyalari muqobil energetikani rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib olishdi hamda tegishli memorandumni imzolashdi.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-postroyat-gibridnye-elektrostancii-moshnostyu-poryadka-1-gvt
Texnologiya
Facebookka qarashli boʻlgan WhatsApp messenjeri ayrim smartfonlarda ishlamaydigan boʻladi. Bu iOS va Android tizimlari uchun talablarning oʻzgarishi bilan bogʻliq.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211028/whatsapp-perestanet-rabotat-na-ryade-smartfonov-s-1-noyabrya
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang