Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 18–25.10.2021 y.

26.10.2021 • 11:55

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

 

Talim

Qozogʻiston xalq Assambleyasi onalar kengashi raisi Nazipa Shanaining fikricha, davlat tilini bilish oilada tarbiyalanayotgan har bir jamiyat a’zosining fuqarolik burchidir. U prezidentga Koʻstanayda istiqomat qiliuvchi ukrain millatiga mansub fuqaro haqida gapirib berdi, u mamlakatdagi eng yaxshi qozoq tili oʻqituvchisi hisoblanadi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/kazahskij-yazyk-prepodayut-1359-predstavitelej-nekorennoj-nacionalnosti

Oʻquvchilarning ota-onalari Qirgʻiziston maktablarida shartnoma tarqatilganini aytishmoqda. “Ota-onalarni uni imzolashga majburlashmoqda, yoʻqsa bolani qoʻshimcha darslar oʻtilmaydigan sinfga oʻtkazib yuborish bilan qoʻrqitishayapti, lekin hamma sinflarda dastur bir xil. Bizningcha, bu maktabimizning korrupsiya sxemasi boʻlsa kerak”, - deb yozishgan ota-onalar.

Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/447811_dopolnitelnye_obrazovatelnye_yslygi_v_shkolah_za_dengi._zakonno_li_eto.html

Vazirlar Mahkamasi Qirgʻiziston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan tojikistonlik talabalar uchun chegaralarni ochish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Edil Baysalov Twitter orqali shu haqda ma’lum qildi. U chegaralarni ochish yangi Vazirlar Mahkamasining ilk qarorlaridan biri boʻlganini qayd etdi.

Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/448123_kabmin_kyrgyzstana_otkryl_granicy_dlia_stydentov_iz_tadjikistana.html

Oʻzbekiston hukumati alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni umumta’lim maktablarida inklyuziv oʻqitish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi. Unda, jumladan, maktablarda tayanch korreksiya sinflarini tashkil qilish tartibi belgilab berilgan. 

Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/10/18/inclusion/

Inson huquqlari

Qirgʻiziston Ayollar tinchligi va xavfsizligi Global indeksi(WPS Index)da 97-oʻrindan joy egalladi. Indeksda dunyoning 170 ta mamlakatida ayollarning ahvoli haqidagi ma’lumotlar toʻplangan. WPS Indeksi Jorjtaun Ayollar, tinchlik va xavfsizlik instituti hamda  PRIO gender, tinchlik va xavfsizlik masalalari Markazi tomonidan Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining koʻmagida e’lon qilinadi.  

Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/448011_indeks_wps:_kyrgyzstan_samaia_opasnaia_strana_dlia_jenshin_v_centralnoy_azii.html

Shu kunlarda Turkmaniston davlat Arxitektura-qurilish instituti talabalari navbatdagi talablarga toʻqnash kelishdi. Har doim yonida prezidentning kitobini olib yurish va oʻquv yurti “ehtiyojlari” uchun pul berish talabini bajarmagan talabalarni institutdan haydash bilan tahdid qilinmoqda. Azatliq Radiosi muxbiri bilan anonim suhbatda institutning bir necha talabalari ayrim tafsilotlarni soʻzlab berishdi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31520395.html

Jamiyat 

4 yil oldin Dushnbe shahrida professional futbolchilar tayyorlovchi “Irbis” nomli futbol maktabi ochilgan edi. “Irbis” maktabi direktori ilgari toʻp surgan Germaniyadan kelgan uslubchi dastur va mashgʻulotlar uslubini ishlab chiqar, 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar shu asosda shugʻullanishar edi. Uslub Tojikiston uchun eksklyuziv boʻlib, asosiy urgʻu psixologiyaga berilardi. Ammo sport maktabida keskin oʻzgarishlar sodir boʻldi. Rahbariyat inklyuziv sportni rivojlantira boshladi. Hozirda futbol maktabi ulkan ijtimoiy loyihaga aylangan va u yerda, jumladan autism, Daun sindromi, BSP va rivojlanishida boshqa oʻziga xosliklar boʻlgan bolalar ham sport bilan shugʻullanishmoqda.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211024/sport-dlya-vseh-v-dushanbe-zapustili-proekt-inklyuzivnih-sportivnih-sektsii

Ekologiya

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqayev “Kaspiy dengizining dengiz muhitini muhofaza qilish toʻgʻrisida Asosiy konvensiyaga biologik xilma xillikni saqlash toʻgʻrisidagi Protokolni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida” QR Qonunini imzoladi, deya xabar bermoqda Акорда. 21-oktyabr kuni qonun loyihasi QR parlamenti senatining yalpi majlisida qabul qilingan edi.

Tafsilotlar quyida:  https://informburo.kz/novosti/prezident-kazahstana-podpisal-zakon-o-zashite-kaspiya

Markaziy Osiyo zooxakatoni - yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishning oldini olishga qaratilgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqiash maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov.  Qor qoploni, saygʻoq, qora dumli gʻizol kabilar ana shunday hayvonlar sirasiga kiradi. Tanlovning rasmiy saytida qayd etilishicha, xakatonda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Oʻzbekistonda yashovchi universitetlar talabalari, koderlar, ekologlar, yaratuvchilar, dizaynerlar, loyihalarning menejerlari va soha ekspertlari ishtirok etishlari mumkin.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211019/tsentralnoaziatskii-zoohakaton-priglashaet-uchastnikov-spasti-ischezayutshie-vidi-zhivotnih

Togʻli Badahshon avtonom viloyati Murgʻob tumanidagi Jamantol zonasi hududida kamyob hayvonlar, birinchi galda, qor qoplonlarini saqlab qolish uchun reabilitatsiya markazi qurilishi boshlandi.  Qor qoploni Tojikiston togʻ ekotizimlarining ramzi hisoblanadi. Shu bois yoʻqolib borayotgan ushbu turni muhofaza qilish va koʻpaytirish, shuningdek Murgʻobdagi boshqa kamyob jonivorlarni reabilitatsiya qilish uchun maxsus markaz qurishga qaror qilindi. Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211022/v-murgabe-stroyat-reabilitatsionnii-tsentr-dlya-snezhnih-barsov

Bloombergning xabar berishicha, Turkmaniston sayyoramizni qizdirayotgan metanning sizib chiqishida dunyoda dastlabki oʻrinlardan birini egallaydi. 19-oktyabr kuni e’lon qilingan “Turkmanistonning irkit siri” nomli maqolada mamlakatdagi tabiiy gaz konlari va yirik gaz quvurlari yaqinida zaharli gazning havoga chiqarib tashlanishi holatidan jiddiy tashvish bildirilgan. Maqolada Kanadaning havoga tashlamalarni kuzatuvchi GHGSat Ins xizmati 2019-yil boshida Turkmaniston sanoat sektori sohasida kuzatilgan eng yirik metanning havoga chiqarib tashlanishi holatini aniqlagan.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31522196.html

 

Ehtiyot boʻling, firibgarlar!

Qozogʻistonliklar tarmoqdagi yangi firibgarlikdan ogohlantirildi. Firibgarlar mukofot puli evaziga fuqarolarning kreditlarini soʻndirib berishni taklif qilishadi. 

Tafsilotlar quyida:  https://informburo.kz/novosti/kazahstancev-preduprezhdayut-o-novom-vide-moshennichestva

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

 

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.