Qadrli doʻstim!
Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
Germaniyaning akademik almashuvlar xizmati (DAAD) joriy yilda Qirgʻiziston oliy oʻquv yurtlari talabalari va bitiruvchilariga Germaniyada magistratura va aspiranturada oʻqish uchun stipendiyalar ajratadi. Tahririyatga kelib tushgan press-relizda shu harda ma’lum qilingan. Bundan tashqari DAADning stipendiya dasturlari doirasida Qirgʻiziston oliy oʻquv yurtlarining eng yaxshi talabalari Germaniya oliy oʻquv yurtlarida nemis tilini oʻrganish boʻyicha yozgi kurslarda qatnashishlari, fan nomzodi darajasiga ega boʻlgan olimlar va OOʻYu oʻqituvchilari esa Germaniya oliy oʻquv yurtlari va ilmiy institutlarida ilmiy malaka oshirishlari mumkin boʻladi.
Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/447711_kyrgyzstancy_polychat_stipendii_dlia_obycheniia_i_stajirovki_v_vyzah_germanii._podrobnosti.html
Qirgʻiziston deputatlari zararli mahsulotlar reklamasiga taqiq qoʻyishmoqchi. Jokorgu Kenes ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sogʻliqni saqlash qoʻmitasining 11-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida deputat Yevgeniya Strokova tegishli qonun loyihasini kiritdi. Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/447445_depytaty_vvodiat_zapret_na_reklamy_vrednyh_prodyktov_i_ih_prodajy_vozle_shkol.html
12−24-noyabr kunlari Oʻzbekistonning oltita shahrida “Ta’lim va kasb – 2021” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Koʻrgazmaga tashrif buyurib, dunyoning turli mamlakatlari oliy oʻquv yurtlari bilan tanishish mumkin boʻladi.
Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/10/14/my-fair/
Dunyoda 10 – 19 yosh oraligʻidagi 13% oʻsmirlarda ruhiyatning buzilishi tashhisi mavjud, bu 10 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 89 million oʻsmir oʻgʻil bolalar va 77 million qizlar demakdir. YUNISEFning “Dunyoda bolalarning 2021-yildagi ahvoli” nomli yangi ma’ruzasida ana shunday ma’lumotlar keltirilgan. Unda bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligi, uni mustahkamlash va yaxshi himoyalanmagan bolalarni muhofaza qilish yoʻllari tadqiq etilgan.
Tafsilotlar quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2021/10/12/mental-health/
Inson huquqlari
BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan 76-sessiyasida Qozogʻiston 2022 – 2024-yillarga BMTning inson huquqlari boʻyicha Kengashiga saylandi.
Tafsilotlar quyida: https://www.zakon.kz/5086692-kazahstan-vnov-voshel-v-sostav-soveta.html
Jamiyat
14-oktyabr kuni Tojikistonda Tadbirkorlar kuni nishonlandi. Quyida biznes yoʻlidagi hal etilmay qolayotgan asosiy toʻsiqlar keltirilgan: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20211014/pyat-problem-tadzhikskogo-predprinimatelya-kotorie-tak-i-ne-udalos-reshit
Tarmoqda Qirgʻiziston boʻylab sayohatlar haqida hikoya qiluvchi Manshuq sayyohlik loyihasi paydo boʻldi. Oʻquvchilar nimaga alohida e’tibor qaratishni bilib olishadi.
"Agar siz Qirgʻizistonga koʻp marta kelgan boʻlsangiz va u haqda hamma narsani bilaman, deb oʻylasangiz – bizning yangi materialimiz aynan siz uchun. Oʻshda qayerlarga albatta borish kerakligi, nima uchun Qirgʻiziston koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb etishi haqida 20 yillik tajribaga ega professional gid va sayyohlik boʻyicha milliy trener Lada Hasanova soʻzlab beradi", - deb xabar betishmoqda sayt yaratuvchilari.
Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/447751_pyteshestvie_po_kyrgyzstany:_na_chto_obratit_vnimanie_v_oshe_ochen_polezno_i_zanimatelno.html
"Atrofimizdagi sirlar" – Yevrosiyo Birinchi kanalidagi yangi loyiha shunday nomlangan. Bu – qozoq oshxonasining ildizi asrlar qa’riga borib taqaladigan sirlaru va an’analari haqidagi loyiha. Loyihaning boshlovchilaridan biri uzoq yillardan beri qozoq oshxonasi sirlarini oʻrganib kelayotgan tarixchi va etnograf Aygerim Musagajinova, deb xabar bermoqda zakon.kz.
Batafsil quyida: https://www.zakon.kz/5086218-etnograf-vosstanovila-bolee-200.html
Texnologiya
Qirgʻiziston standartlashtirish va metrologiya markazi oʻz buyrugʻi bilan nogironligi boʻlgan foydalanuvchilar uchun veb-saytlarning rivojlanishi va ulardan foydalanishning osonlashuviga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan standartni tasdiqladi. Tahririyatga kelib tushgan press-relizda shu haqda ma’lum qilingan. Standartning rasmiy nomi - "KMS GOST R 52872-2021 Elektron-raqamli shaklda taqdim etilgan internet-resurslar va boshqa axborotlar. Statsionar va mobil qurilmalar uchun ilovalar, boshqa foydalanuvchi interfeyslari. Nogironligi boʻlgan insonlar va hayotiy faoliyati cheklangan boshqa shaxslar uchun foydalanishga qulaylik talablari (GOST R 52872-2019, IDT)".
Tafsilotlar quyida: https://kaktus.media/doc/447702_v_kyrgyzstane_vveli_standart_dostypnosti_veb_saytov_dlia_ludey_s_invalidnostu.html
Yolgʻon axborot
Qozogʻistonliklar 5G texnologiyasi haqida konspirologik nazariyalarni tarqatishda davom etishmoqda, deb xabar bermoqda zakon.kz. Bu safar ijtimoiy tarmoqlarda uyali aloqa minoralari tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Videoga izohda ulat sayyoramiz aholisini bir milliard kishigacha kamaytirish uchun kerakligi aytilgan.
Tafsilotlar quyida: https://www.zakon.kz/5086368-kazahstantsy-prodolzhayut-rassylat.html
Ekologiya
1933-yil 12-oktyabrda Tojikiston Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻi (“Bogʻi Eram”) tashkil etilgan edi. U Dushanbe shahrida 34 gektar maydonda SSSR FA Tojikiston bazasining (1951-yildan boshlab Tojikiston Fanlar akademiyasi) Botanika sektori rahbari, professor B.Fedchenko tomonidan tashkil qilingan. Bugungi kunda bogʻ 40 gektar maydonni egallagan.
Boqqa kiraverishda 1930-yillar oʻrtalarida Botanika institutining ilk xodimlari tomonidan ekilgan daraxtlar namunalari oʻsib turibdi. Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etilganidan keyin, 1960-yillarda bogʻ hududidan Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika instituti uchun issiqxona oranjereyalari qurilgan.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211012/botanicheskomu-sadu-dushanbe-88-let
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang