Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 04–11.10.2021 y.

12.10.2021 • 10:24

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Ta’lim

Biznes maktabi BMTning taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Tojikistonda “Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini hamda xabardorliklarini oshirish va salohiyatlarini oʻstirish boʻyicha tashabbuslarini  kengaytirish vositasida ijtimoiy birdamlikka koʻmaklashish” loyihasini ishga tushirdi. Bu yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy loyihadir.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211005/v-tadzhikistane-zapustili-sotsialno-innovatsionnii-proekt-dlya-molodezhi

“Otashin qalb” tashabbusi doirasida 2019-yil bir yarim yashar qizchani qutqarib qolgan qirgʻizistonlik oʻn bir yoshli Elomon Abdilashimov mukofotlandi.  Bishkekdagi Rus uyi shu haqda xabar qildi. Ilgari xabar qilinganidek, kichkina qizcha jamoat xojatxonasining teshigidan tushib ketadi va u yerga kattalar sigʻmas edi. Elomondan boshqa birorta bola u yerga tushishni istamaydi. Toʻqqiz yoshli bola qoʻrquvni yengib inson hayotini saqlab qolish uchun tezkor qaror qabul qiladi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/209829_yunogo_kyirgyizstantsa_nagradili_zaspasenie_polutoragodovaloy_devochki_vbishkeke/

Qirgʻiziston ta’lim va fan vazirligi hukumat kvotalari doirasida xorijiy mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun axborot tizimini modernizatsiya qilmoqchi. Davlat xaridlari portalida shu haqda xabar chiqdi. Undagi ma’lumotlarga koʻra, ushbu maqsad uchun vazirlik 1 million 200 ming som sarflamoqchi. Axborot tizimining maqsadi – abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayonini raqamli shaklga oʻtkazish.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/209681_informatsionnuyu_sistemu_dlya_postupleniya_vvuzyi_zarubejnyih_stran_moderniziruyut/

Qozogʻiston ta’lim va fan vazirligi “Oʻqituvchingni tabrikla!” aksiyasi yakunlarini chiqardi. Kokshetau shahridagi 11-sonli maktab-gimnaziyaning 1 “G”-sinf oʻquvchilari va Qizilorda shahrida yashovchi Qarligash Abdrahmanova aksiya gʻolibi boʻlishdi, deb xabar bermoqda QR TFV matbuot xizmati.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/ministerstvo-obrazovaniya-i-nauki-rk-podvelo-itogi-akcii-pozdrav-svoego-ucitelya

Inson huquqlari

Turkmanobodda oʻnlab kishilar gomoseksualizmda gumonlanib qoʻlga olingan. Azatliq Radiosining xabariga koʻra, Turkmanobodda gomoseksualizmda gumonlanib 25 kishi, shu jumladan sobiq DAN xodimi, bir necha nafar mahalliy oʻt oʻchiruvchilar va Charjev tumanilik sartarosh hibsga olingan. Shaxsi ochiqlanmasligini istagan vaziyatdan xabardor manba Azatliq Radiosi muxbiri bilan suhbatda noqonuniy gomoseksual aloqada gumon qilingan shartarosh avgust oyi oxirida qoʻlga olingan va Lebap viloyatiga keltirilganligini ma’lum qilgan.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31493909.html

Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning mustaqillikning 30-yilligi oldidan nashr etilgan “Mustaqillik – bizning baxtimiz” nomli kitobini  aholi orasida targʻib qilish va tarqatish kampaniyasi boshlandi. Turkmanistondagi barcha davlat korxona va muassasalari xodimlari hamda talabalar kitobni sotib olishga majburlanmoqda. Azatliq Radiosi muxbirlarining xabar berishicha, Lebap viloyatida madaniyat xodimlariga davlat rahbarining yangi asarini madh etuvchi musiqiy asarlar yaratish boʻyicha topshiriq berilgan. Lebap viloyati oliy oʻquv yurtlarida talabalar prezidentning yangi kitobini toʻliq yod olishga chaqirilmoqda. Ragʻbat sifatida oʻquvchilarga 100 manat (Turkmaniston Markaziy banki kursi boʻyicha 28,5 AQSh dollari) miqdorida mukofot puli berilishi va’da qilingan.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/vlast/209517_glava_turkmenistana_vyipustil_ocherednuyu_knigu_grajdan_obyazali_eepriobresti/

Jamiyat

QR sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligidan xabar berishlaricha, qozogʻistonliklar shaxsni tasdiqlovchi elektron guvohnoma bilan avtovokzallarda chipta sotib olishlari mumkin. Vazirlik avtotransportda yoʻlovchi tashishda raqamli formatdagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan foydalanishni qonuniylashtirdi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/kazahstancy-mogut-priobretat-bilety-na-avtovokzalah-ispolzuya-elektronnoe-udostoverenie-lichnosti

7-oktyabr kuni «Diversity Visa 2023» («Green Card» lotereyasi) dasturida qatnashish uchun onlayn-roʻyxatga olish boshlandi va u 2021-yilning 10-noyabriga qadar davom etadi. Quyida berilgan yoʻriqnoma sizga yordamchi boʻladi: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211008/kak-samostoyatelno-zapolnit-anketu-na-lotereyu-green-card-2023

AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) Markaziy Osiyoda savdo (Trade Central Asia) boʻyicha yangi besh yillik loyiha haqida e’lon qildi.  USAID saytida xabar berilishicha, loyihaning qiymati 19 million AQSh dollariga teng boʻlib, u Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda amalga oshiriladi.  Yangi loyiha USAIDning soʻnggi oʻn yillikdagi hududda savdoga, korxonalarni va hududiy oʻzaro aloqalarni  rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi yutuqlariga asoslangan.  

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20211006/usaid-obyavil-o-novom-proekte-dlya-stran-tsentralnoi-azii-na-summu-19-millionov

2022-yil 1-yanvardan boshlab oʻzbekistonliklar Soliq mobil ilovasi yordamida oʻz xaridlari miqdorining 1 foizini qaytarib olishlari mumkin boʻladi.  Bu narsa bugun Prezident tomonidan imzolangan “Chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorda nazarda tutilgan.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1209995-s-2022-goda-pokupatelyam-budut-vozvrashhat-1-proczent-ot-summy-pokupok.html

Qozogʻiston poytaxtida 14-oktyabrdan  Elorda Jastary yoshlar uchun maxsus uy-joy dasturi boʻyicha arizalar qabul qilish boshlanadi. Poytaxt akimi Altay Kulginov shu haqda ma’lum qildi. “Poytaxtda yoshlar uchun Elorda Jastary maxsus uy-joy dasturini ishga tushirayapmiz.  Ushbu imtiyozli ijtimoiy kreditlash uy-joy dasturi poytaxtning yosh mutaxassislari uchun moʻljallangan. Masalan, sogʻliqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy soha, madaniyat va sport sohalari, oliy oʻquv yurtlari va ITI, politsiya departamenti, FVD, kommunal korxonalar xodimlari, Nur-Sulton shahrida yetim bolalar toifasi boʻyicha uy-joyga navbatda turganlar va boshqalar”, - degan xabar qoldirdi akim Instagram dagi sahifasida.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/s-14-oktyabrya-v-nur-sultane-nachinaetsya-priyom-zayavok-po-molodyozhnoj-zhilishnoj-programme

COVID-19 pandemiyasi bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligiga oʻta salbiy ta’sir koʻrsatishi, qolaversa uning ta’siri koʻp yillarga, xatto bir necha oʻn yillarga choʻzilishi mumkin. YUNISEFning dunyoda bolalarning ahvoli haqidagi har yillik ma’ruzasida shu haqda soʻz boradi, deb xabar bermoqda «BMT yangiliklari». Soʻnggi ma’lumotlarga koʻra, dunyoda 10 – 19-yosh oraligʻidagi har yetti oʻsmirdan biriga ruhiyatning izdan chiqishi tashhisi qoʻyilgan.  Har yili taxminan 46 ming nafar bola oʻz joniga qasd qilib vafot etadi; mazkur yosh guruhida oʻz joniga qasd qilish oʻlimning asosiy sabablari beshligiga kiradi. Ma’ruza mualliflarining qayd etishlaricha, shunga qaramay, butun dunyoda ruhiy salomatlikni ta’minlash uchun ajratilayotgan mablagʻ sogʻliqni saqlashga ajratilgan milliy byudjetlarning 2 foizidan oshmaydi.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/209362_yunisef_preduprejdaet_obuhudshenii_psihicheskogo_zdorovya_detey_iz-za_pandemii_/

Qozogʻiston Majlisi (parlamentning quyi palatasi) vizual axborotni joylashtirishda rus tiliga tarjimasi boʻlishi majburiy hisoblanmaydigan oʻzgartirishni ma’qulladi.

Majlis ikkinchi oʻqishda vizual axborot masalalari boʻyicha tuzatishlarni ma’qulladi va qonun loyihasini senatga topshirdi. Deputat Berik Abdigaliulining qayd etishicha, tuzatishlar e’lonlar, reklama, preyskurantlar, narxnomalar, menyu, koʻrsatkichlar va boshqa vizual axborotlarning davlar tilida, shuningdek QR qonunchiligida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, zaruratga qarab rus va (yoki) boshqa tillarda ham joylashtirishni nazarda tutadi. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-sobirayutsya-otmenit-trebovanie-ukazyvat-na-vyveskah-nadpisi-na-russkom-yazyke

Texnologiya

Qirgʻiziston raqamli rivojlanish vazirligi kompyuter  mojarolarida tezkor harakat qiladigan jamoa tashkil qildi.  Vazirlikning  matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. “Maxsus boʻlinma kompyuter tizimlarini testdan oʻtkazish, kiber xavflarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus dasturiy ta’minotni yaratish hamda davlat organlarining kiberxavfsizligini ta’minlash bilan shugʻullanadi. Shuningdek, jamoaning vazifalariga dasturiy ta’minotni xatoliklar va ojiz tomonlarini tekshirish hamda tahliliy faoliyat ham kiradi”, - deyiladi xabarda.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/209690_vkyirgyizstane_sozdana_komanda_poreagirovaniyu_nakompyuternyie_intsidentyi/

Ekoligiya

Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish Qoʻmitasi xodimlari germaniyaning NABU ekologik tashkiloti koʻmagida Soʻgʻd viloyatining Asht tumanida oq laylaklarning buzilib ketgan uyalarini qayta tiklashdi.  Tojikiston atrof-muhitni muhofaza qilish Ittifoqi rahbari Nurali Rahimovning qayd etishicha, ilgari Tojikistonning istalgan joyida uchratish mumkin boʻlgan ushbu qushlar soʻnggi yillarda kamayib ketgan edi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211007/v-tadzhikistane-vosstanavlivayut-gnezda-aistov

Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida joylashgan Qorakoʻl koʻliga  yuzlab pushti flamingolar  uchib kelishdi. Turkmaniston va Eronga qishlash uchun uchib ketayotgan qushlar bu yerda toʻxtab oʻtishadi. Bu holat har yili takrorlanadi va har safar ularni koʻrganda koʻz quvnaydi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/world/20211006/na-kazahstanskoe-ozero-karakol-priletela-staya-rozovih-flamingo

Ozon tuynugi torayib bormoqda, BMTda buni ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni qisqartirish natijasi, deb baholashmoqda. Ularni ishlab chiqarish va qoʻllash 1987-yilda qabul qilingan va dunyoning barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan Monreal protokoli bilan taqiqlangan. Bugungi kunga kelib bu kabi kimyoviy vositalarni ishlab chiqarish 98 foizga toʻxtatilgan.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211005/v-dushanbe-obsudili-voprosi-izmeneniya-klimata-i-ohrani-ozonovogo-sloya

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.