Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 28.09.2021 - 04.10.2021 y.

06.10.2021 • 10:43

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Ta’lim

Ashxobod(Turkmaniston poytaxti)dagi maktablarda oʻquvchilarga yangi talablar qoʻyildi. Endi ular oʻquvchining shaxsiy dori qutisi uchun yangi gʻilof  sotib olishlari kerak. Shaxsiy dori qutilari Turkmanistonda oʻtgan yili, mamlakat hududiga mavjudligi hukumat tomonidan rasman qayd etilmagan koronavirus kasalligi koʻpayishi ortidan joriy etilgan edi. Azatliqning Ashxoboddagi muxbirlari mazkur yangilik tafsilotlari haqida xabar berishadi. Dori qutisi uchun gʻiloflar Ashxoboddagi maktablarning boshlangʻich sinf oʻquvchilarida boʻlishi kerak. Barcha maktablar direktorlari ana shunday topshiriq olishgan.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31487428.html

Oqtau(Qozogʻiston)dagi sakkizta maktabda havo tarkibining sifatini aniqlovchi ekologik datchiklar oʻrnatildi.  Mangistay viloyati akimi matbuot  xizmatining xabar berishicha, ushbu tadbir “Raqamli Qozogʻiston” davlat dasturi bandlaridan birini bajarish maqsadida amalga oshirilgan. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-skolax-aktau-ustanovili-datciki-opredelyayushhie-kacestvo-vozduxa

Qirgʻizistonliklarni xalqaro etnografik diktantda ishtirok etishga taklif qilishmoqda.   Bishkekdagi Rus uyi shu haqda xabar berdi. Unda aytilishicha, aksiya 3-noyabrdan 7-noyabga qadar www.miretno.ru saytida onlayn shaklda oʻtkaziladi. Diktantni rus, ingliz va ispan tillarida yozish mumkin. Topshiriqlar 2021-yil 3-noyabr kuni soat 3:01 da (Bishkek vaqti bilan ) “Katta etnografik diktant”ning rasmiy saytida e’lon qilinadi. Batafsil quyida:  https://24.kg/obschestvo/208992_kyirgyizstantsev_priglashayut_kuchastiyu_vmejdunarodnom_etnograficheskom_diktante/

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik oktyabr oyida tadqiqotlarning sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan grant dasturini yoʻlga qoʻyadi. Butunjahon banki loyihasi doirasida ajratiladigan grantlar miqdori 200 000 dan 600 000 AQSh dollarigacha boʻladi. Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlarining ilmiy xodimlari tomonidan taqdim etilgan loyihalar moliyalashtiriladi. Mahalliy va xorijlik ilmiy xodimlarning (shu jumladan, xorijda faoliyat olib borayotgan oʻzbekistonlik olimlarning), ilmiy xodimlar va xususiy sektorning hamkorlikdagi tadqiqotlari boʻyicha takliflarni, yosh olimlarning mamlakatning kelgusidagi tadqiqotchilik imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan takliflarini koʻrib chiqishga alohida e’tibor qaratiladi. Batafsil quyida: https://nuz.uz/nauka-i-tehnika/1209366-uzbekistan-nameren-povysit-kachestvo-nauchnyh-issledovanij.html

Turkmanistonning Mariy viloyati maktablarida oʻqituvchilar ommaviy ravishda COVID-19 ga tekshirilmoqda. Koronavirusning alomatlarsiz kechishi aniqlanganlar bir necha kunga Melxem sanatoriyasiga joʻnatilmoqda, deb xabar berayapti turkmen.news. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210928/v-shkolah-turkmenistana-provedut-massovoe-testirovanie-na-covid-19

Inson huquqlari

Qirgʻizistonlik mediaekspertlar amaldorlar OAV toʻgʻrisidagi qonunlarni buzishayotganidan tashvish bildirishmoqda. Bugun oʻtkazilgan davra suhbatida shu haqda soʻz bordi. Mediasektor vakillarining fikricha, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Televideniye va radioeshittirishlar toʻgʻrisida”gi qonunlarga qisman oʻzgartirishlar kiritilishi talab etiladi. Qonunchilikni inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhga shu haqda ma’lum qilindi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/208801_mediaekspertyi_opasayutsya_chto_chinovniki_iskoverkayut_zakonyi_osmi/

Inson huquqlarini keskin cheklashi va buzishi bois doim tanqid qilinadigan Turkmanistonda odamlarni jinsiga koʻra ta’qib qilish davom etmoqda. Azatliq Radiosining Lebapdagi muxbirlarining xabar berishlaricha, politsiya birga oʻtirgan erkaklarni gomoseksualizmda gumon qilib ta’qib etmoqda va soʻroqqa tutmoqda. Turkmaniston gomoseksualizm jinoyat hisoblanadigan kam sonli davlatlardan biridir. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31487994.html

Lebap viloyatining Farap etrapida (Turkmaniston)  Mustaqillik kunini nishonlash paxta terimiga majburiy jalb etish bilan qoʻshilib ketdi. Azatliq Radiosining sharqiy hududdagi muxbiri 28-sentyabr kuni shu haqda xabar qildi. Mustaqillik kuni bayrami dushanbaga toʻgʻri kelgani uchun uch kun dam berildi, shu munosabat bilan ta’lim sohasi xodimlari, maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari ana shu uch kun davomida paxta terimiga majburan jalb etilgan. Muxbirimizning xabariga koʻra, ular Mahtumquli qishlogʻi va yana bir aholi punktidagi dalalarda paxta terishgan. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31483614.html

Qirgʻiziston mahkumlarni topshirish boʻyicha  Yevropa konvensiyasiga qoʻshilmoqchi. Ombudsman instituti Vazirlar Mahkamasiga tayangan holda shu haqda xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, aqiytaqchi Tokon Mamitovga xorijda ozodlikdan mahkum etilgan qirgʻizistonliklarning qarindoshlari murojaat etishgan. Ular Yevropa davlatlaridagi qamoqxonalarda jazoni oʻtashmoqda, Qirgʻiziston va Yevropa davlatlari oʻrtasida mahkumlarni topshirish boʻyicha huquqiy baza mavjud emasligi bois ularni ekstraditsiya qilishning imkoni yoʻq.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/209074_kyirgyizstan_hochet_prisoedinitsya_kevropeyskoy_konventsii_operedache_osujdennyih/

Soʻnggi oʻn yil ichida Tojikistonda qiynoqlar va qonunsizlikka qarshi fuqarolik jamiyati Koalitsiyasi Tojikistonda ayollar va qizlar muntazam ravishda politsiya va huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qiynoq, jinsiy zoʻravonlik, haqorat, kamsitish, kaltaklanish va boshqa azoblarga duchor etilishi haqidagi koʻplab holatlarni hujjatlashtirishga muvaffaq boʻldi. 2020-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha Koalitsiya qiynoq va shafqatsiz munosabat bilan bogʻliq 37 ta holatni hujjatlashtirdi, ularning 9 tasi – ayollar va voyaga yetmagan qizlarga nisbatan sodir etilgan. Shu oʻrinda patriarxal madaniyat qaror topgan Tojikistonda qiynoq va shafqatsiz munosabat qurboni boʻlgan ayollar va qizlar vakolatli organlarga murojaat etishganda yana kamsitish va diskriminatsiyaga duch kelishmoqda . Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20211003/iznasilovaniya-i-pitki-to-o-chem-tadzhikskie-zhentshini-predpochitayut-molchat

Jamiyat

28-sentyabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari Dialogi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollari oʻrtasida “V2V” uchrashuvlari formatida onlayn rejimida Kooperatsiya birjasi ish boshladi.  3 kun davom etadigan tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida tashkil etildi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/politika/1209291-v-tashkente-otkrylas-kooperaczionnaya-birzha-zhenshhin-predprinimatelej-czentralnoj-azii.html

Texnologiya

Amerikaning Google IT-konserniga tegishli boʻlgan Youtube videoxostingi uchun platforma yolgʻon axborotlar tarqalishiga qarshi kurashni kengaytirishini va jahonda ma’qullangan har qanday vaksinani shubha ostiga oluvchi kontentni oʻchirib tashlashni boshlashini ma’lum qildi. 

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/you-tube-budet-udalyat-video-s-dezinformaciej-o-lyuboj-odobrennoj-vakcine

Twitter  Qozogʻistondagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq: bir yil ichida tarmoqning bozordagi ulushi 6 % dan 17% ga oshdi, deb xabar bermoqda  Finprom.kz. Statcounter Global Stats ma’lumotlarida qayd etilishicha, 2021-yil avgust oyi holatiga koʻra, Facebook jahondagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq boʻlib turibdi: uning ulushi 73,27% ga teng. Keyingi oʻrinlarda esa Twitter (8,91%), Pinterest (7,22%), YouTube (4,72%) va Instagram (3,41%) kabi ijtimoiy tarmoqlar borishmoqda.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/twitter-stal-samoi-populyarnoi-socsetyu-v-kazaxstane

Ommabop test ilovasi hisoblangan AnTuTu yaratuvchilari jamoasi  Android operatsiya tizimi boshqaruvida ishlovchi uyali telefonlar unumdorligining sentyabr oyidagi roʻyxatini e’lon qildi. Reyting oʻrtacha test natijalari asosida tuzilgan. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/tehnoblog/209126_nazvanyi_samyie_proizvoditelnyie_Android-smartfonyi_poitogam_sentyabrya_2021_goda_/

Google kompaniyasi  Androidning eskirgan versiyalarida ishlovchi smartfonlarni oʻz servislaridan uzib qoʻydi. Mazkur qurilmalar egalari endi Gmail pochtasidan, YouTube videoservisidan, Google Maps kartalaridan va boshqa firmali ilovalardan foydalana olishmaydi.  

Batafsil quyida: https://24.kg/tehnoblog/208670_Google_prekratila_podderjku_ustroystv_sustarevshimi_versiyami_Android_/

Xavfsizlik

Almati (Qozogʻiston)da internet firibgarlar bankka 10 million tengedan koʻproq zarar yetkazishdi. Ular uzoq vaqt davomida onlayn tartibda iste’mol maqsadlari uchun bank kreditlarini rasmiylashtirib kelishgan. Medeu tumani politsiya boshqarmasi xodimlari 36 va 24 yoshli, ilgari sudlangan erkaklarni qoʻlga oldi, deb xabar bermoqda Almati politsiya departamenti matbuot xizmati. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-almaty-internet-moshenniki-nanesli-usherb-banku-bolee-chem-na-10-mln-tenge

Uzcard bankomatlari (Oʻzbekiston) 100 va 50 dollarlik pul birliklarini almashtirish uchun qabul qilishni vaqtincha toʻxtatdi.  Bir nechta banklar tomonidan oʻzlarining bankomat tarmoqlarida soxta 100 va 50 AQSh dollarini alnmashtirish holatlari kuzatilgani haqidagi xabarlari bunga sabab boʻldi. Ushbu holatlar yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Oqibatda Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcard toʻlov tizimining barcha ishtirokchilari uchun bankomatlarda ushbu qiymatdagi pul birliklarini almashtirish funksiyasini vaqtincha oʻchirib qoʻydi, chunki kompaniya valyuta almashtirish operatsiyalarining ishonchliligini ta’minlanishi kerak.

Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1209545-falshivomonetchiki-atakovali-bankomaty-uzcard-obmen-dollarov-priostanovlen.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.