Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 20 - 27.09.2021 yil.

28.09.2021 • 12:23

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Ta’lim

Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan 2022/23-oʻquv yili uchun oʻrnatilgan kvotaga muvofiq Rossiya byudjeti hisobidan Rossiyadagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqish istagida boʻlgan Tojikiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan rusiyzabon millatdoshlar uchun 2021-yilning 1-sentyabidan 1-noyabriga qadar  education-in-russia.com axborot tizimida roʻyxatga olish boshlandi. Rossotrudnichestvoning Tojikistondagi vakolatxonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolarini tanlash boʻyicha yagona operator vazifasini bajaradi.Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210924/otkrita-registratsiya-kandidatov-na-obuchenie-v-rossii-v-202223-uchebnom-godu

Oʻzbekiston xalq ta’limi vazirligidan xabar berishlaricha, endi umumiy ta’lim maktablarida darsliklarning ijara haqini Payme yoki Paynet toʻlov tizimlari orqali ham toʻlash mumkin. Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1208479-arendu-uchebnikov-mozhno-oplatit-cherez-mobilnye-prilozheniya.html  

Inson huquqlari

Turkmanistonlik pensionerlar yana pensiya olish borasida muammolarga duch kelishdi.  Mamlakat sharqida bir qancha tumanlarning keksa yoshli aholisi ikki oydan buyon pensiyani kutishmoqda. Bu koronavirus tarqalishi, narxlarning oshishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarning yetishmovchiligi kuzatilayotgan bir vaqtda roʻy bermoqda. Farap va Dyanevda pensiyasi uyiga naqd pulda olib kelib berilgan eng keksa aholi vakillari pulsiz qolishdi. Bular 75 yoshdan oshgan pensionerlardir. Muxbirlarning soʻzlariga koʻra, ularning soni Farap etrapida 34 kishini, Dyanev etrapida esa 50 kishini tashkil etadi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31472449.html

Joriy yil 5-sentyabrda «#Birgalikda zoʻravonlikni toʻxtatamiz» nomli Xalqaro onlayn konferensiya boʻlib oʻtdi. Video uchrashuv doirasida «JimTurmaOsiyo» Koalitsiyasi ishtirokchilari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikisrtondagi «#JimTurma» Harakati rahbarlari, shuningdek «#JimTurma.UZ» mustaqil axborot loyihasi tashkilotchilari soʻzga chiqishdi. Batafsil quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1208503-soobshha-ostanovim-nasilie-strany-czentralnoj-azii-obedinyayutsya-chtoby-vmeste-borotsya-protiv-nasiliya.html

Jamiyat

Turkmanistonda hokimiyat vakillari byudjet sohasi xodimlaridan pul yigʻishmoqda. Ushbu mablagʻ davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ma’muriy markaz koʻchalariga oʻrnatiladigan plakatlar va boshqa bezaklar uchun moʻljallangan. Azatliq Radiosi muxbirlari hududdan xabar berishadi. Ogʻzaki topshiriqqa asosan, byudjetdan oylik oladigan har bir xodim Mustaqillik kuni munosabati bilan bezaklar uchun oʻz rahbariga 100 manatdan naqd pul berishi kerak. Turkmaniston MB kursi boʻyicha 100 manat 28,5$ ga teng.  Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31474900.html

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha tashkiloti Turkmanistonda suv resurslaridan foydalanish «keskin» nuqtasiga yetganidan ogohlantirib turgan bir vaqtda, Lebap dayxanida yerlarni sugʻorish uchun suv yetarlicha berilmayotganidan, shuningdek kanallarning ayanchli ahvolga kelib qolganidan va nasoslar yetishmasligidan shikoyat qilishmoqda. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31472388.html

Qozogʻistonda 2021-yilning 1 oktyabridan 30-oktyabriga qadar aholini milliy roʻyxatga olish tadbirlari doirasida 22 mingdan ortiq odam intervyu oʻtkazuvchilikka jalb etiladi. Intervyu oʻtkazuvchilarga qoʻyiladigan talab yuqori emas: lavozimga 18 yoshdan oshgan, vaksina olgan, tashabbuskor, mas'uliyatni his etadigan, kirishimli, kompyuterda ishlashni biladigan Qozogʻiston fuqarolari da’vogarlik qilishlari mumkin. Intervyu oʻtkazuvchilar mamlakatning shahar va qishloqlaridagi uy xoʻjalikalrida soʻrovnoma oʻtkazishlari kerak boʻladi. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/s-1-oktyabrya-k-kazahstancam-budut-prihodit-intervyuery-dlya-perepisi-kak-ne-sputat-ih-s-moshennikami

Texnologiyalar  

Qozogʻistonning YOLO House TikTok-xausi 20 milliondan ortiq obunachi toʻplab, jahondagi eng mashhur uyga aylandi, deb xabar bermoqda  Tengrinews.kz muxbiri.

Ilgari uzoq vaqtdan beri amerikaning Hype House (19,8 million) uyi yetakchilik qilib kelayotgan edi, ammo qozogʻistonliklar oldinga oʻtib ketishni uddalashdi. YOLO House taxminan bir yil oldin TikTokda paydo boʻlgan edi, hamda shu vaqt ichida uning ishtirokchilari sezilarli auditoriya toʻplashga muvaffaq boʻlishdi.

Tafsilotlar quyida: https://tengrinews.kz/story/kazahstanskiy-tiktok-dom-yolo-house-stal-samyim-populyarnyim-449273/

Yevropa Ittifoqi YeI hududida foydalaniladigan barcha smartfonlar, planshetlar, naushniklar va boshqa elektron qurilmalar uchun quvvatlovchi moslamaning yagona tasdiqlangan turini joriy etmoqchi. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, tegishli qonun loyihasi 23-sentyabr kuni koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

Batafsil quyida: https://24.kg/tehnoblog/207923_evrosoyuz_hochet_vvesti_edinyiy_tip_zaryadnogo_razyema_dlya_vseh_ustroystv_/

Qozogʻistonning telefon kodi +7 dan +997 ga oʻzgaradi. Raqamli rivojlanish vaziriga tayangan holda shu haqda xabar berildi. Vazirning ta’kidlashicha, qozogʻistonliklar xorijga qoʻngʻiroq qilganlarida chet elliklarning telefonida «Qozogʻiston» soʻzi chiqadi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/207873_ukazahstana_izmenitsya_telefonnyiy_kod/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.