Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Сохта хабар: AQShning harbiylari Afg‘onistonda xizmat itlarini tashlab ketishdi

27.09.2021 • 09:33

Soxta xabarlar ko‘pincha o‘tkir muammolar atrofida paydo bo‘lishiga e’tibor bergan bo‘lsang kerak. Afg‘onistondagi vaziyat ham bundan mustasno emas. Ushbu axborot xabaridan hattoki xabardor bo‘lmasang ham, sen ehtimol Qobul aeroportidagi kadrlarni ko‘rgan bo‘lsang kerak. Insonlar mamlakatdan uchib ketish umidida samolyot ortidan yugurgan tasvirlarni.

Ushbu vaziyat atrofida to‘g‘ri bo‘lmagan ma’lumotlar juda ko‘p. Masalan, go‘yoki AQSH hukumati xarbiy itlarni Afg‘onistonda tashlab ketibti.

Aslida AQSH xarbiylari itlarni avgustning o‘rtasidayoq olib chiqishni boshlashgan. Bu haqida foto va video, shuningdek rasmiy bayonotlar dalolat beradi.

Xorijiy ishlar bo‘yicha «NBC News» bosh muxbiri Richard Engel o‘sha paytda, ko‘plab insonlar xarbiylar odamlarni emas, itlarni evakuatsiya qilishayotganiga norozilik bildirayotganlarini ta’kidlab o‘tgan edi.

«Snopes» dan faktchekerlar (ma’lumotlarni tekshiruvchilar)  tadqiqot o‘tkazdilar. Fotosuratlardagi itlar Qobulda hayvonlarni qutqarish bo‘yicha xayriya tashkilotiga (KSAR) tegishli. Bu itlar asosan, evakuatsiya paytida hayvonlarini o‘zlari bilan olib ketish imkoniyatiga ega bo‘lmagan,  afg‘onliklarga, elchixonalarning xodimlariga hamda mustaqil mudofaa pudratchilariga tegishli.

Xarbiy xizmat itlarini qo‘llab-quvvatlash assosiatsiyasi —xarbiy itlar va ularning o‘rgatuvchilarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi notijorat tashkiloti ham — Facebook'da: «Biz, Qobulda tashlab ketilgan amerikalik xarbiy xizmat itlar yo‘qligiga 100% ishonchimiz komil. Amerikalik xarbiylar o‘zlarining ortida bironta ham itni qoldirib ketganlari yo‘q» deb yozgan holda, ushbu axborotni rad qiladi.

Bu, soxta xabar qanchalik tez ravishda tarqalishiga hamda yuqumli xabarga aylanishiga misol. Kuchli hissiyotlarga sababchi bo‘ladigan yangiliklar bilan ayniqsa hushyor bo‘ling.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.