Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 13 - 20.09.2021 yil.

21.09.2021 • 12:50

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.

Talim

Tojikiston ta’lim tizimini biznes uchun ochilmagan qoʻriq deyish mumkin. Pul ishlab topish uchun variantlar serob, raqobat kam, davlat ta’limi esa sifatli xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni qondira olmayapti. Quyida ayni paytda biznesni boshlash mumkin boʻlgan beshta yoʻnalish haqida soʻz yuritamiz.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210918/pyat-pribilnih-napravlenii-biznesa-v-sfere-obrazovaniya-v-tadzhikistane

Shuningdek, quyida Tojikiston yoshlari uchun ta’lim imkoniyatlari roʻyxatini taqdim etamiz: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210915/podborka-vozmozhnostei-dlya-molodezhi-tadzhikistana

Qirgʻizistonda qirgʻiz tilida onlayn kurslar mavjud boʻlgan ilk interaktiv sayt ishga tushirildi. “IDEA Markaziy Osiyo” JF shu haqda ma’lum qildi. Unda qayd etilishicha, “MediaQizdar Akademayasi” loyihasi doirasida “Kursiv” nomli ta’lim platformasi yaratilgan boʻlib, unda qirgʻiz tilida  toʻrtta оnlaun kurs mavjud.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/207653_zapuschen_pervyiy_interaktivnyiy_sayt_sonlayn-kursami_nakyirgyizskom_yazyike_/

Qirgʻizsiton ta’lim tashkiloti xodimlari (rahbar, oʻqituvchilar va boshqalar) oʻquvchilar va ularning ota-onalari(qonuniy vakillari)dan oʻz muassasalariga moddiy yoki boshqa shaklda yordam koʻrsatishni soʻrashga haqli emas. Qirgʻiz Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi loyihasida shu qoida mustahkamlab qoʻyilgan. Hujjatga koʻra, davlar yoki munitsipal ta’lim tashkilotlarining vasiylik kengashlari ixtiyoriylik asosida jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz xohishi bilan beradigan ehsonlari va badallari, QR qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga moliyaviy va boshqa moddiy mablagʻlarni jalb etishlari mumkin.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/207173_novyiy_zakon_obobrazovanii_pedagogi_nevprave_trebovat_matpomosch_suchaschihsya/

Qozogʻiston Respublikasi ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qozogʻistonliklar ta’lim sohasidagi muammolar haqida maxsus ishonch telefoni orqali xabar berishlari mumkin.  Fuqarolar turli savollar bilan murojaat qilishlari mumkin boʻladi. Oʻqituvchilarni oʻz kasb majburiyatlariga kirmaydigan ishlarga jalb etish holatlari, maktablardagi hojatxonalar, videokuzatuv tizimlari, tashvish tugmachalari, xavfsizlikni ta’minlashning boshqa tizimlari, yotoqxonalar bilan bogʻliq va boshqa muammolar haqida xabar berish soʻralmoqda.

Barcha xohlovchilar foto va videomateriallarni  WhatsApp messenjeridagi 8 (705) 206-59-32 raqamiga yuborishlari mumkin. Maktablarga oid masalalar mahalliy ijro organlariga taqdim etiladi. Chunki, qonunchilikka koʻra, moliyalashtirish funksiyasi, qurilish, ta’mirlash, zarur shart-sharoitlar, shu jumladan sanitariya sharoitlari yaratish masalalari akimliklar zimmasiga yuklatilgan.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/kazahstancy-smogut-soobshit-o-problemah-v-sfere-obrazovaniya-po-goryachej-linii

“Dunyo” AAning xabar berishicha, Navoiy davlat pedagogika instituti (NDPI) rahbariyati Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi koʻmagida Britaniyaning Sanderlend Universiteti (University of Sunderland, UoS) rahbariyati bilan Oʻzbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasida hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazgan. Batafsil quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1208405-uzbekskih-uchitelej-anglijskogo-yazyka-budut-gotovit-britanczy.html

Inson huquqlari

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri politsiyasi istirohat bogʻlariga keluvchilar ustidan nazoratni kuchaytirdi. Istirohat bogʻlarida qarama qarshi jins vakillarini ushlash holatlari koʻpaygan. Bundan tashqari, qizlar va ayollarning tashqi koʻrinishi ham politsiya e’tiboridan chetda qolmayapti. Azatliq muxbirlari Ashxoboddan xabar berishmoqda. Soʻnggi kunlarda Ashxobod ishtirohat bogʻlarida ratsiya ushlagan politsiyachilarni koʻplab uchratish mumkin. Politsiya xodimlari yoʻlaklar boʻylab yurib oʻrindiqlarda kim kim bilan oʻtirganini kuzatishmoqda.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31468972.html

Turkmaniston aholisi lokdaun bilan bogʻliq muammolarga duch kelishda davom etmoqda. Bundan tashqari, aholi hokimiyatning koronavirus tarqalishiga qarshi ehtiyot choralarini koʻrish borasidagi keskin talablarini ham bajarishga majbur. Bularning barchasi mamlakatda choʻzilib ketgan iqtisodiy inqiroz sharoitida aholi boshidan kechirayotgan kundalik qiyinchiliklarni ogʻirlashtirmoqda.

Tafsilotlar quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31464912.html 

Xavfsizlik

Uzcard (Oʻzbeksiton) kompaniyasi plastik kartalar egalarini oʻzining nomidan ish olib borayotgan firibgarlar haqida ogohlantirdi. Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, firibgarlar  uz-investt. space, invest-uz. space saytlarida Uzcard nomidan e’lonlar yaratishmoqda. Foydalanuvchilarga “investorlardan mustaqil tushumlarni” olish taklif etiladi, natijada ular ixtiyoriy ravishda firibgarlarga oʻz kartasidagi mablagʻlardan foydalanish imkoniyatini yaratib berishadi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/proishestvie/1207900-fejkovye-sajty-obmanyvayut-uzbekistanczev-ot-imeni-uzcard.html

Iqtisodiy muammolar va oziq-ovqat taqchilligi sharoitida aholi oʻz oylik maosh va pensiyalarini naqdlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan Turkmanistonda navbat kutmasdan pulni naqdlashtirib olish boʻyicha norasmiy xizmatlar taklif etila boshlandi. Shu bilan birga, fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning bank kartalarini egallab olayotgan jinoiy guruhlar paydo boʻlgani haqida ham xabarlar kelmoqda.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31464770.html 

Texnologiya

Qirgʻizistonda 27-sentyabrdan 1-oktyabrgacha  Digital Week raqamli rivojlanish haftaligi oʻtkaziladi. Ushbu haftalik bir qator tadbirlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, ularda yetakchi xalqaro ekspertlar istiqbolli yoʻnalishlar borasidagi dolzarb ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashishadi, mamlakat iqtisodiyotida axborot texnologiyalari rivojining kundalik muammolarini aniqlab berishadi hamda davlat organlari vakillari va ishtirokchilar bilan birgalikda ularni bartaraf etish yuzisadan yechimlarni taklif etishadi.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/biznes_info/207108_unikalnaya_nedelya_tsifrovogo_razvitiya_Digital_Week_proydet_vkyirgyizstane/

16-sentyabr kuni Oʻzbekistonning “Oʻzbektelekom” kompaniyasi “Operatorlar va provayderlar uchun Internet kanal narxlarining navbatdagi pasayishi, shuningdek respublikada Internet tarmogʻining rivojlanishi” mavzusida brifing oʻtkazdi. Unda kompaniya axborot xizmati rahbari Timur Mamajonov bir qator raqamlarni ochiqladi. Jumladan, ma’lum qilinishicha, bir yil ichida operatorlar va provayderlar tomonidan sotib olinayotgan har bir megabit kanallar uchun narx deyarli teng yarmiga (46,6% ga) pasaygan. Hozirda 1 Mbit/s ularga 30 ming soʻmga tushmoqda. Toʻrt yil oldin u sakkiz baravar qimmat turgan. Tafsilotlar quyida:  https://nuz.uz/nauka-i-tehnika/1208121-internet-stanet-eshhe-deshevle.html

Kiyev (Ukraina) madaniyat institutida TikTok fakulteti ochilmoqda. Oʻquv yurtining rasmiy saytida shu haqda xabar berildi.  Bunday fakultet nafaqat Ukrainada, balki jahonda ilk marotaba ochilmoqda. Loyihaning gʻoya muallifi – ukrainalik taniqli tiktoker Mixail Poplavskiy. Uning fikricha, yoshlar “oʻzlarining yulduzli odimlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali” tashlashi kerak.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kievskom-universitete-kultury-otkrylsya-fakultet-tiktok

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.