Qadrli doʻstim!
Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
Yangi oʻquv yilining dastlabki kunlari, Turkmanistonda COVID-19 bilan kasallanish holatlari koʻpayib borayotgani munosabati bilan, Ashxoboddagi oʻrta maktablarda oʻquvchilardan ijtimoiy masofa saqlashning zarurligi haqida ogohlantiruvchi “stikerlar” sotib olish uchun pul yigʻildi. Ushbu mablagʻ yigʻilishi har yili boʻladigan toʻplanadigan prezident portreti uchun badalga qoʻshimcha boʻldi. Sinf xonalarida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning portretlarini almashtirish har bir oʻquvchiga 50 manat (MB kursi boʻyicha 14,2 AQSh dollari)ga tushadi.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31450468.html
Qirgʻizistonda soʻnggi yillarda umumta’lim maktablaridagi oʻqituvchilar soni oshdi, oliy oʻquv yurtlarida esa aksincha ularning soni kamaygan. 2021 – 2040-yillarda ta’limni rivojlantirish Dasturida shu narsa ta’kidlangan.
Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/206746_zaposlednie_godyi_chislo_pedagogov_vshkolah_vyiroslo_avvuzah_snizilos/
Inson huquqlari
Turkmanistonda paxta yigʻim-terimi davom etmoqda. Balkan viloyatida paxta terimiga maktablarning oʻqituvchilari va yuqori sinflarning oʻquvchilari majburan jalb etilmoqda. Azatliq Radiosining gʻarbiy mintaqadagi muxbiri 7-sentabr kuni shu haqda xabar berdi.
Muxbirimizning xabar berishicha, Bereket va Serdar (sobiq Qizilarbat) etraplaridagi oʻrta ta’lim maktablarining deyarli barcha xodimlari paxta terimiga yotoq bilan jalb etilmoqda. Muxbirimizning qayd etishicha, majburiy paxta terimiga yuqori sinflar oʻquvchilari ham chiqarilmoqda.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31450451.html
Qirgʻizistoning «OAV toʻgʻrisida»gi va «Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunlari tizimli qayta ishlab chiqilishi kerak. Adliya vazirligida, ekspertlar fikrini ma’qullagan holda shu narsa tan olindi, deyiladi muassasa xabarida. Ekspertlar koʻrib chiqilgan qonunlardagi muammoli holatlarni koʻrsatib oʻtgan holda, ularni qayta ishlash va takomillashtirish boʻyicha bir qator takliflarni ilgari surishdi. Jumladan, «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida»gi Qonun eski, 1992-yilda, ««Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun — 1997-yilda qabul qilingan, hamda ularga tizimli oʻzgartirishlar kiritish talab etiladi.
Batafsil quyida: https://24.kg/vlast/206956_vkyirgyizstane_budut_razrabotanyi_novyie_zakonyi_osmi/
Jamiyat
Qozogʻistonda bolalarni emlash haqidagi ma’lumotlar jamlangan sayt ishga tushdi. Yagona rasmiy portal ish boshladi, unda bolalarni rejali emlash haqidagi barcha zarur ma’lumotlar jamlangan, deb xabar bermoqda YUNISEF. Saytdan milliy emlash taqvimiga kiritilgan har bir vaksinaning batafsil tavsifini topish mumkin. U yerda vaksina qanday infeksiyalardan himoya qilishi, uning nojoʻya ta’sirlari va qarshi koʻrsatmalari haqida ma’lumotlar bor. Saytga kirgan har bir foydalanuvchi vaksinalar haqidagi turli afsonalar va ularni inkor etuvchi ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin.
Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zarabotal-sajt-so-vsej-informaciej-o-vakcinacii-detej
9-sentabrda Tojikistonda mustaqillik kuni bayram qilindi, biz esa oʻtgan yillarning eng muhim voqea-hodisalalri xronologiyasini tuzib chiqdik.
Aslida, ayniqsa, Tojikiston mustaqilligining ilk yillarida muhim voqea-hodisalar yiliga bittadan koʻproq boʻlgan.
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/20210909/30-samih-vazhnih-sobitii-za-30-letnyuyu-istoriyu-nezavisimosti
Yolgʻon axborot
Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning ommaviy mushtlashuvi serialdan olingan sahna boʻlib chiqdi. Toshkent shahar IIBB oʻquvchilarning ommaviy mishtlashuvi aks etgan videorolik yuzasidan izoh berdi.
Tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan va foydalanuvchilar mushtlashuv Qorasuv hududida boʻlib oʻtganini taxmin qilishgan.
Tafsilotlar: https://nuz.uz/proishestvie/1207518-massovaya-draka-shkolnikov-okazalas-sczenoj-iz-seriala-video.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!