Qadrli doʻstim!
Keling, oʻtgan haftada mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir boʻlgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
Turkmanistonda yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun yangi o‘quv yilining boshlanishi 1-oktabrga kechiktirildi. Chorshanba kuni respublikadagi barcha maktablarda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ularda faqat birinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ular shu hafta oxirigacha o‘qib, keyin 1-oktabrgacha ta’tilga chiqib ketishadi.
Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210902/v-turkmenistane-nachalo-uchebnogo-goda-perenesli-na-oktyabr
Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov ta’lim boshqarmalari boshliqlariga qozog‘istonliklarning ta’lim sohasiga oid murojaat, shikoyat va takliflariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan topshiriq berdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
"Fuqarolar mansabdor shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari va murojaatlariga o‘z vaqtida javob olishlari uchun ta’lim boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlarnining uyali telefon raqamalri e’lon qilindi", – deyiladi vazirlik xabarida.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/nomera-glav-upravlenij-obrazovaniya-dlya-zhalob-opublikovalo-mon
Hukumat qarori bilan oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Adliya vazirligining izoh berishicha, «xalqaro munosabatlar» deganda bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlari tushuniladi: «Siyosatshunoslik», «Xalqaro munosabatlar», «Xalqaro iqtisodiyot va menejment» (hududlqar va faoliyat turlari bo‘yicha), «Yurisprudensiya» (xalqaro huquqiy faoliyat), «Xorijiy davlatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik» (mamlakatlar va hududlar bo‘yicha) va «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» (hududlar va faoliyat turlari bo‘yicha).
Mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xorijiy tashkilotlardagi vakolatxonalarida o‘tashlari mumkin.
Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1207367-nekotorye-studenty-budut-prohodit-proizvodstvennuyu-praktiku-za-rubezhom.html
2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabaligiga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun tanishuv haftasi joriy etildi. U 6-sentabrdan boshlanadi, dars mashg‘ulotlariga esa o‘quv rejasiga asosan 13-sentabrdan kirishiladi. O‘qishning birinchi haftasida talabalarga yangi o‘quv yilidan boshlab barcha oliy o‘quv yurtlarida birinchi bosqich talabalari uchun joriy etilayotgan kredit-modul tizimi haqida tushuncha beriladi.
Shuningdek, ular uchun mustaqillik darslari o‘tiladi, oliy o‘quv yurtining ichki-tartib qoidalari va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1207321-pervokursnikov-zhdet-oznakomitelnaya-nedelya.html
Qirg‘izistondagi maktablarning kutubxonachilari uchun Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 2 ming jamlanmadan ortiqroq kompyuter jihozlari sotib olindi.
Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/206110_inventarizatsiyu_shkolnyih_bibliotek_provedut_vkyirgyizstane/
Inson huquqlari
"Ularni tiriklay ko‘rsating!" kampaniyasi barcha manfaatdor shaxslar, davlatlar va hukumatlararo tashkilotlarni Turkmaniston qamoqxonalarida mahkumlarning sirli ravishda g‘oyib bo‘lish holatlariga qarshi qarorlarini tasdiqlashga chaqirdi. Inson huquqlari uchun koalitsiya, shuningdek garchi koronavirus pandemiyasi global oqibatlarni keltirib chiqargan bo‘lsada, Turkmanistonda izsiz yo‘qolganlarning sog‘lig‘i ham tashvish uyg‘otishini qayd etmoqda. Kampaniya 30-avgustda izsiz yo‘qolganlar Xalqaro kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida ana shunday tashvishini izhor etdi.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31441717.html
Majburiy yoki bolalar mehnatidan foydalanayotgani uchun tanqid qilinadigan Turkmaniston hukumati aliment to‘lovidab qarzi bor fuqarolarni Lebop viloyatida majburiy paxta terishga jo‘natmoqda. 30-avgust kuni Azatliq Radiosi muxbiri shu haqda xabar qildi.
Muxbirimizning xabar berishicha, hokimiyat vakillari qarzdorlarni paxta terimiga majburan jalb etilishini Lebop viloyat sudining qanaqadir qarori bilan izohlashmoqda.
Azatliq muxbirida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda bir necha o‘n ming nafar aliment to‘lovchi bo‘lib, ularning aksariyat qismi ishsizdir.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31436486.html
O‘zbekiston maktablarida qizlarga oq yoki yorqin rangli ro‘mol o‘rash yohud do‘ppi kiyishga ruxsat berildi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning qayd etishicha, ushbu qaror ota-onalarning murojaatlari asosida qabul qilingan va undan asosiy maqsad – barcha bolalarni ta’limga qamrab olishdan iborat, deb xabar bermoqda gazeta.uz
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/uzbekskim-shkolnicam-razreshili-nosit-svetlye-platki-i-tyubetejki
Jamiyat
Mehnat migratsiyasining uchta davri mavjud – 90-yillar, ikki minginchi yillar va hozirgi davr, ularning har birining o‘z ijobiy va salbiy jihatlari bor.
Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210906/tri-istorii-treh-pokolenii-migrantov-nezavisimogo-tadzhikistana
Dushanbe shahri raisi Rustam Imomali Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar bolalari va o‘smirlarining “Dushanbeda mehmonda” nomli Xalqaro do‘stlik festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
U Tojikiston poytaxtida 20 – 24-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uni o‘tkazishdan maqsad esa, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar bolalari va o‘smirlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash uchun qulay shrt-sharoitlar yaratishdan iborat, deyilgan poytaxt hokimligining saytida.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210903/v-dushanbe-sostoitsya-mezhdunarodnii-festival-druzhbi-detei-i-podrostkov-stran-sng
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mard To‘qayev raqamli hukumat ofisining faoliyatiga start berdi. U milliy tahlil markazini, raqamli transformatsiya markazini va milliy loyiha ofisini o‘z ichiga olgan.
Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/prezident-posetil-ofis-cifrovogo-pravitelstva
Qozog‘iston maktablarida 225 mingta o‘quvchi o‘rni yetishmaydi. 2025-yilga borib, bu raqam millionga yetishi mumkin. Bu yil birinchi sinfga rekord miqdorda o‘quvchilar qabul qilindi. Maktablarda “E”, “Yu”, “Ch”, “Sh” harflari bilan belgilangan sinflar ochilmoqda. Almatidagi maktablardan birida 28 ta birinchi sinf ochilgan. Maktablardagi o‘rinlar yetishmovchiligi 225 mingni tashkil etmoqda. Agar davlat tez fursatlarda o‘quv muassasalari sonini ko‘paytirmasa, 2025-yilga borib bu ko‘rsatkich bir millionga yetadi.
Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/225-tysyac-ucenikov-ne-pomestilis-v-skolax-v-2025-godu-eta-cifra-mozet-dostignut-1-mln
O‘zbekiston Markaziy Osiyoga nimalarni sotmoqda? MITM tahlilchilari ushbu savolga javob izlashmoqda. Taqdim etilgan ma’lumotdan ko‘rinadiki, O‘zbekiston uchun tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini eksport qilishda MO mamlakatlari asosiy bozor hisoblanadi.
Batafsil quyida: https://nuz.uz/ekonomika-i-finansy/1207419-chto-uzbekistan-prodaet-v-czentralnuyu-aziyu.html
Markaziy Osiyo
Bundan o‘ttiz yil oldin, 1991-yilda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan Markaziy Osiyo respublikalari o‘z mustaqilliklarini e’lon qilishdi. Mintaqadagi besh davlat bayramni bir birlariga bog‘liqlik kuchayganini ko‘rsatuvchi belgilar ostida nishonlashmoqda.
Turkmanistonning Kaspiy hududidagi Avaza kurortidagi tabassumlar va qo‘l siqib ko‘rishishlar. 6-avgust kuni sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan beshta Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari bu yerda sammitga to‘planishdi. Ammo bunaqa tadbirni tashkil etish uchun taxminan o‘ttiz yil zarur bo‘ldi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bu yil o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlamoqda hamda bugungi kunda mintaqadagi aloqalar ham 1991-yil Sovet Ittifoqi tarqab ketgandan beri eng yaxshi bosqichga chiqqan.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/central-asia-30-years-independence/31439957.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang