Salom do‘stim!
Nihoyat oflayn o‘qish boshlanmoqda!
To‘g‘ri, endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi: tanaffuslarda koridorda yugurib yurishlar, do‘stlarimiz bilan sayr qilishlar, maktab oshxonasida somsaga navbatda turishlar, kutubxonada kitob talashishlar bo‘lmaydi … Bularning barchasi o‘tmishda qoldi.
Yangi o‘quv yilidan barchamiz sanitariya va epidemiologiya qoidalari va talablariga qat’iy rioya etishimiz kerak: niqobda yurish, masofa saqlash, qo‘llarni tez-tez yuvib turish va ularni antiseptik vositalar bilan artish doimiy odatimiz bo‘lishi kerak.
To‘g‘ri, bu choralardan hammamiz charchadik, ammo virusni yengish, o‘zimizni va yaqinlarimizni asrash uchun ularga amal qilishimiz zarur!
O‘zingizni asrang va yangi o‘quv yili sizga omadli kelsin!
Hozir esa, keling, bizning mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda o‘tgan haftada qanday voqea-hodisalar sodir bo‘lgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
COVID-19 bilan kasallanayotgan va undan vafot etayotgan odamlar soni sezilarli miqdorda oshgani munosabati bilan Turkmanistonda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni onlayn tartibiga o‘tkazishga qaror qilindi. Bu haqda og‘zaki ogohlantirilgan talabalarning aytishlaricha, onlayn o‘qish 70 kun davom etar ekan. Garchi Turkmaniston hukumati virusga qarshi choralarni kundan kun kuchaytirayotgan bo‘lsada, mamlakatda COVID-19 kasalligi mavjudligini rasman tan olmayapti.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31431714.html
2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatini an’anaviy shaklda boshlaydi. Hozircha talabalarni onlayn o‘qishga o‘tkazish rejalashtirilmagan. Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistraturasining kunduzgi bo‘limlarida o‘qish 6-sentabrda boshlanadi.
Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1206491-ucheba-v-vuzah-nachnetsya-v-tradiczionnom-formate.html
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov xalqaro olimpiadalardagi faol ishtirok, yuqori natijalar qo‘lga kiritilayotgani va ta’lim sohasidagi sezilarli xizmatlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Davlat rahbarining matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.
Tafsilotlar quyida: https://24.kg/vlast/205293_sadyir_japarov_obyyavil_blagodarnost_shkolnikam/
Qozog‘istondagi maktablarning oltinchi sinf o‘quvchilari mavjud “Musiqa” fani o‘rniga do‘mbira chalishni o‘rganish kursini tanlashlari mumkin.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/uchashiesya-1-6-klassov-mogut-vybrat-kurs-igry-na-dombre-vmesto-sushestvuyushej-programmy-po-predmetu-muzyka
Inson huquqi
Turkmanistonda, garchi rasman paxta terimi boshlanmagan bo‘lsada, paxta yig‘im-terim kampaniyasi avj pallada. O‘tgan yillarda bo‘lgani kabi hukumat paxta terimida majburiy mehnatdan keng foydalanmoqda. Paxta maydonida byudjet tashkilotlari xodimlarini, maktab o‘quvchilarini va muddatli harbiy xizmatchilarni ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili to‘qimachilik sanoati mahsulotlari savdosi biloan shug‘ullanuvchi turkmanistonlik tadbirkor AQSh hukumatiga turkman paxtasini bolalar va majburiy mehnatdan foydalanib yetishtirilgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqarishni so‘rab murojaat qilgan ekan.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31432778.html
Yoshlar
O‘n besh yoshli maktab o‘quvchisi Tojikiston yoshlariga xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirishda yordam bermoqda. U bolaligidan o‘qishda muvaffaqiyatlarga erishgan, maktab o‘quvchilarining turli xalqaro olimpiadalarida ishtirok etib kelgan.
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210826/pyatnadtsatiletnii-shkolnik-pomogaet-molodezhi-tadzhikistana-postupit-v-zarubezhnie-vuzi
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang