Qadrli do‘stim!
Kelnig, bizning mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda o‘tgan haftada qanday voqea-hodisalar sodir bo‘lgani haqida bilib olamiz.
Ta’lim
Tojikistonlik bolalarga ular maktabga o‘qiyotgan davrida issiq ovqat berilishi o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘lig‘ida muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, maktabda bepul ovqat berish dasturi tojikistonlik ota-onalarning bolalarini muntazam maktabga yuborishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210821/gde-deistvuet-programma-besplatnogo-shkolnogo-pitaniya-v-tadzhikistane
Sizga xorijdagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriatiga kirishda yordam beradigan Tojikistondagi pullik va bepul intensiv dasturlar sharhi.
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210818/gde-v-tadzhikistane-podgotovitsya-k-postupleniyu-v-vuzi-evropi-i-ssha
O‘quv yilini boshlashga yordam beradigan Tojikistonning 15 ta onlayn ta’lim resurslari. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210822/15-obrazovatelnih-onlain-resursov-kotorie-pomogut-nachat-uchebnii-god
Tojikiston ta’lim va fan vazirligi pandemiya davrida dars mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha qo‘llanma tayyorladi. Unda qayd etilishicha, o‘quvchilarning niqob taqishi majburiy bo‘ladi, har bir maktabga esa kirish joyida antiseptik vositalar bo‘lishi shart.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210817/minobrnauki-tadzhikistana-podgotovilo-instruktsiyu-dlya-shkol-kak-uchitsya-v-pandemiyu
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 18-avgustda “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaror qabul qildi. 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limi bakalavriat va magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.
Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1206076-kak-v-uzbekistane-mozhno-poluchit-kredit-na-obrazovanie-poryadok-dejstvij.html
Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov oliy o‘quv yurtlari rektorlarini masofaviy o‘qitishga juda ham berilib ketmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, onlayn ta’lim ham kerak, vazirlik onlayn ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantirib boradi, faqat buning uchun oliy o‘quv yurtida tegishli baza, axborot tizimlari, bunga tayyor pedagoglar va kontent mavjud bo‘lishi kerak.
Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/ministr-obrazovaniya-predosteryog-vuzy-ot-uvlecheniya-distancionnym-obucheniem
Jamiyat
MoveGreen («MuvGrin») ekologik tashkiloti jamoasi AQSHning Qirg‘iz Respublikasidagi elchixonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Amerika kenshashi boshqaradigan havoning ifloslanishiga qarshi kurash dasturi doirasida Bishkek(Qirg‘iziston)dagi 82-sonli maktabga quyosh panelli suv isitish qozoni o‘rnatdi va ishga tushirdi.
Tafsilotlar quyida: https://24.kg/biznes_info/204624_aktivistyi_pomogli_shkole_sekonomit_naelektrichestve_ustanoviv_solnechnyie_paneli/
Sport
Qirg‘izistonlik sportchilar Ufa (Rossiya) shahrida greppling bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritishdi. Birlahsgan kurash dunyosi saytida shu haqda xabar berilgan. Nursultan Kushtarbek uulu o‘smirlar o‘rtasida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ikkita birinchi o‘rinni (Gi va No Gi) qo‘lga kiritdi. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/sport/204202_kyirgyizstantsyi_zavoevali_chetyire_medali_nayuniorskom_chempionate_mira_pogrepplingu/
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang