Tarixdagi eng shov-shuvli o‘g‘irlik 2013-yilda sodir bo‘lganini, o‘shanda Yahoo kompaniyasidan shaxsiy akkauntlarning 1 millarddan ortiq ma’lumotlari o‘g‘irlanganini bilarmidimgiz? Yoki 2020-yilda 123456 parolidan 2,5 million marta foydalanilgani va u NordPass parollar menedjeri talqiniga ko‘ra eng yomon parollarning Top-10 taligidan joy olgani haqida eshitganmisiz? Bularning barchasi haqida biz sizga “Qiziqarli” nomli bo‘limdagi maqolalarda ma’lumot berib o‘tganmiz. Endi ular asosida yulduzchalar ishlab olish vaqti keldi.?
Qlever jamoasi “Kiberxavfsizlik haqida faktlar” tanlovini e’lon qiladi! Bizning topshiriqlarimizni bajargan dastlabki 20 ishtirokchi 100 tadan yulduzchaga ega bo‘ladi. Topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan qolgan barcha ishtirokchilar esa 50 tadan yulduzcha olishadi. Hisobingizni ko‘paytirib olish imkoniyatini qo‘ldan bermang!