Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2021-yil 02 – 09-avgust.

09.08.2021 • 15:50

 

Qadrli dostim!

Men va oila azolarim koronavirus bilan ogrib qoldik. Shu sababli dayjestni o‘z vaqtida taqdim etolmadim. Buning uchun uzr sorayman!

Kasal bolib yotganimda eng katta boylik sogliq ekanini anglab yetdim, shu bois, ozingizni va yaqinlaringizni asrang, demoqchiman! Ijtimoiy masofa saqlang va niqob taqing. Shuningdek, qo‘llaringizni yuvib turishni yoki antiseptic vositalar bilan artishni unutmang.

Hozir esa bizning mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda o‘tgan haftada qanday voqea-hodisalar sodir bo‘lgani haqida so‘zlab beraman.

 

Talim

Qozog‘iston maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari yana “Bukvar” va “Әліппе” asosida o‘qishadi. Yangi o‘quv qo‘llanmalari birinchi sentyabrgacha ularga yetkazib beriladi. Kitoblar ekspertizadan o‘tgan va oltmishta maktabda sinovdan o‘tgan. “Әліппе” va “Bukvar” mazmun jihatidan bir xil. Ular yordamida o‘quvchilar nafaqat o‘qish va yozishni, balki qozoq xalqining urf-odat va an’analarini, madaniyatini ham o‘rganib borishadi. “Әліппе” buyuk mutafakkir Ahmet Boytursinov metodikasi asosida – “oddiydan murakkabga” prinsipi asosida yaratilgan. Avvaliga bolalar tovushlar, harflarni, so‘ngra bo‘g‘in va so‘zlarni o‘rganishadi. Darsliklardagi har bir dars QR kodga ega. Ilova yordamida darslarni audio- va video shaklda ham o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/pervoklassniki-snova-budut-uchitsya-po-bukvaryu-i-aelippe

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi ko‘p yillardan beri jamoatchilik orasida qarama qarshi fikrlarni va ota-onalarning noroziligini keltirib chiqarayotgan maktablardagi pul yig‘ish muammosini hal qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzadi. Vazirlik matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Unda qayd etilishicha, ishchi guruh tarkibiga vazirlik xodimlari, ota-onalar va fuqarolik jamiyati vakillari kiritiladi. Ishchi guruh muammoning huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa jihatlarini diqqat bilan o‘rganadi va uni hal etish yo‘llari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/203398_obyazatelnyie_shkolnyie_vznosyi_minobrazovaniya_sozdast_rabochuyu_gruppu/

Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov o‘zining Facebookdagi sahifasida bu yil o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi majburiy bo‘lmasligi haqida yozib qoldirdi. O‘quvchilar darsga klassik uslubda tikilgan kiyimda kelishlari mumkin. Bunday qaror qabul qilinishi vazirlik tomonidan mavjud karantin cheklovlari hamda pandemiya sharoitida savdo nuqtalarida navbatlarni yuzaga keltirmaslik hamda mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida forma sotib olish ayrim oilalar uchun sezilarli darajada moliyaviy yuk bo‘lishi mumkinligi bilan izohlandi. 

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210803/v-kazahstane-otmenili-shkolnuyu-formu

Qirg‘izistonlik o‘quvchi o‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/203296_shkolnik_izkyirgyizstana_zavoeval_bronzu_nabalkanskoy_matematicheskoy_olimpiade/

Qirg‘izistonliklar 19-avgustga qadar akademik Kostomarov nomidagi yoshlarning gumanitar tadqiqot va loyiha tashabbuslarini grant bilan qo‘llab-quvvatlash tanloviga ariza topshirishlari mumkin. Rus tili Davlar instituti shu haqda xabar berdi. Unda qayd etilishicha, o‘nta eng yaxshi loyihaning har biriga 50 ming rubldan grant ajratiladi. G‘olib bo‘lgan mualliflar 2021-yil dekabr oyida o‘z loyihalarining taqdimotini o‘tkazishlari va taqdirlash tantanalarida qatnashish uchun Moskva shahriga taklif etiladi.

Batafsil quyida:  https://24.kg/obschestvo/202984_kyirgyizstantsyi_mogut_poluchit_rossiyskie_grantyi_naprosveschenie_inauku_/

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika shtabining qaroriga asosan Dushanbe shahrida jamoat transportining emlanmagan haydovchilari ishga qo‘yilmaydi. Shuningdek, poytaxtdagi ayrim oliy o‘quv yurtlari ham emlanganlik haqida sertifikati yo‘q abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilmayapti.

Tafsilotlat quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210807/v-tadzhikistane-u-ne-privitih-abiturientov-ne-prinimayut-dokumenti-dlya-postupleniya

Tojikistonda mamlakatdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qabul imtihonlari yakunlandi. Aksariyat abituriyentlar shartnoma asosida o‘qish shaklini tanlashmoqda, chunki byudjet bo‘limlariga eng yaxshilar va imtiyozga ega bo‘lganlar kirishadi, qolaversa, ularda joylar ham cheklangan. Milliy test markazining mazkur muassasa matbuot anjumanida e’lon qilingan ma’lumotlariga tayanib, yangi o‘quv yilidagi eng talabgir va talab kam bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxati tuzildi.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210804/tsentr-testirovaniya-tadzhikistana-obyavil-spisok-samih-zhelannih-spetsialnostei

Harorati bo‘lgan va koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun qayta imtihon tashkil qilinadi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1205298-dlya-abiturientov-s-temperaturoj-i-koronavirusom-budet-organizovan-povtornyj-ekzamen.html

Inson huquqlari

 Human Rights Watch huquqni himoya qiluvchi tashkiloti Qirg‘iziston prezidentini Jogorgu Kenesh deputati Gulshat Asilbekovaning 29-iyul kuni qayta ovoz berish jarayonida qabul qilingan  va kelishilgan“Yolg‘on va ishonchsiz axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga veto qo‘yishga chaqirdi.

Batafsil quyida: https://24.kg/vlast/203146_zakon_ofeykah_Human_Rights_Watch_prizyivaet_sadyira_japarova_nalojit_veto/

Britaniyaning “Article 19” tashkiloti tomonidan  e’lon qilingan fikr bildirish erkinligining jahon reytingida Turkmaniston Suriya va Eritreya bilan oxirgi o‘rinlarni band etdi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31391401.html

Jamiyat

YEIning Qozog‘iston Respublikasidagi vakolatxonasining xabar berishicha, Qozog‘istondagi qurg‘oqchilik qurbonlarini gumanitar moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 ming yevro (100 million tengedan ko‘proq) mablag‘ ajratiladi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/evrosoyuz-vydelit-200-tysyach-evro-v-kachestve-gumanitarnoj-pomoshi-zhertvam-zasuhi-v-kazahstane

Qozog‘istonda 19 millioninchi aholi ro‘yxatga olindi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mard Toqayev o‘zining Twitterdagi sahifasida shu haqda ma’lum qildi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-rodilas-19-millionnaya-zhitelnica

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari davlatdan qanday moliyaviy yordam olishadi?

Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/o-migracii/1205028-kakuyu-finansovuyu-pomoshh-ot-gosudarstva-poluchat-uzbekskie-trudovye-migranty.html

Ekologiya

Dushanbeda iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan IV Markaziy Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo davlatlarining global o‘rtacha haroratni 1,5°С dan yuqoriga ko‘tarilishining oldini olish borasidagi hamkorlikdagi harakatlarini integratsiya qilishdan iborat. Markaziy Osiyo davlatlari 2021 yil noyabr oyida Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi tomonlarining 26-Konferensiyasiga (COP-26) tayyorlanmoqda. Markaziy Osiyo hududiy ekologiya markazi (MOHEM) Markaziy Osiyo davlatlarining umumhududiy pavilyonini taqdim etadi.  Bundan tashqari, ham milliy, ham mintaqadagi mamlakatlardagi ayrim ob’yektlar darajasidagi iqlimiy xatarlar va zaif jihatlarni baholash hamda moslashuvni rejalashtirishning asosiy choralari ham taqdim etiladi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210806/v-tsentralnoi-azii-predlagayut-sozdat-hab-po-resheniyu-klimaticheskih-voprosov

Markaziy Osiyo: qurg‘oqchilik davom etmoqda, jamiyatdagi vaziyat keskinlashmoqda. Nima sababdan?

Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/central-asia-drought-anger/31387997.html

Yolgon axborot

Covid-19 samolyotdan sepilgani haqidagi feyk rolik muallifi 3 million tenge jarima to‘lashi mumkin. Tarqatilgan tasvirlarda samolyotlar va ularning yonida turgan go‘yoki ichida “koronavirus bo‘lgan” idishlar bor edi. Aslida bunday emas.

Batafsil quyida:

https://informburo.kz/novosti/v-turkestanskoi-oblasti-zaderzali-muzcinu-snyavsego-rolik-o-raspylenii-covid-19-s-samolyotov

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.