Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 05 – 12.07

13.07.2021 • 07:53

Qadrli do‘stim!

Sizga yaxshi kayfiyat tilayman!

Kelnig, endi otgan haftada mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qoshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir bolganini bilib olamiz.

Talim

2021/2022-oquv yilidan boshlab 200 nafar ozbekistonlik talaba Prezident grantini ola boshlaydi. Adliya vazirligining xabar berishicha, 6-iyulda PrezidentRespublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi  Qarorni imzolaganBatafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1202808-200-studentov-smogut-poluchit-prezidentskij-grant.html

Qozog‘iston Respublikasi ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, qozog‘istonlik talabalar va o‘qituvchilar emlashni qo‘llab-quvvatlovchi video-aksiyani boshlashgan. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/kazaxstanskie-studenty-i-prepodavateli-zapustili-video-akciyu-v-podderzku-vakcinacii

Qirg‘izistonda “Maktab ligasi” dasturi ishga tushirilmoqda. Yoshlar, jismoniy tarbiya va sport ishlari Davlat agentligi direktori Kanat Shabdanbayev matbuot anjumani davomida shu haqda ma’lum qildi. Batafsil quyida: https://24.kg/vlast/200781_vkyirgyizstane_zapuskayut_programmu_shkolnaya_liga/

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘tish chegarasini pasaytirdi. “Jariktik” JF rahbari Gulzor Duyshenova o‘zining Facebookdagi sahifasida shu haqda xabar berdi. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/200123_vkyirgyizstane_snizili_porogovyiy_ball_vvuzyi_dlya_lits_sinvalidnostyu/

Inson huquqlari

Turkmanistonda hokimiyatning xotin-qizlarning tashqi ko‘rinishi ustidan nazorati yana faollashgani kuzatilmoqda. Politsiya jinsi shim, tanaga yopishib turadigan futbolka kiygan, yorqin rangda bo‘yangan va sochlarini bo‘yagan ayollar va qizlarni ushlamoqda. Azatliq muxbirlarining xabar berishlaricha, so‘nggi kunlarda bu hol, jumladan, mamlakat sharqidagi tuman markazlarida ham ko‘zga tashlanayapti. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31347281.html

Turkmanistonda davlat korxona va muassasalari xodimlari uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda. Og‘zaki topshiriqqa binoan, byudjet sohasi xodimlariga xorijiy pasportlar berilmaydi, ana shunday pasporti borlar esa uni topshirishlari shart. Azatliqning birdaniga to‘rt nafar muxbiri shu haqda xabar berishmoqda.  Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31346119.html

“Islom va feminizm o‘zaro murosa qilolmaydigan tushunchalardir”. Ko‘pchilik islom dini ayollarni kamsitishni ma’qulaydi, deb o‘ylashadi. Bunda odamlarning ko‘z oldiga qizlarni majburlab turmushga berish, ularni to‘rt devor ichiga qamab, o‘qish va ishlashlariga yo‘l qo‘ymaslik va erining oilasiga xizmatkor bo‘lishga majburlash holatlari keladi. G‘arblik feministkalar xo‘rlangan musulmon xotin-qizlarini qutqarish kerak deb hisoblashadi, qutqarish deganda esa ular islom qoidalaridan xalos bo‘lishni tushunishadi. O‘zbekistonda ko‘pincha “feministka” tushunchasi noto‘g‘ri talqin qilinadi: “Feminizm va matriarxatni aralashtirmaslik kerak. Feminizm – xotin-qizlar huquqlari uchun, ularning kamsitilishiga qarshi kurashuvchi harakat”. Batafsil quyida: https://nuz.uz/svobodnoe-mnenie/1203190-islamskij-feminizm-dejstvitelno-li-islam-i-feminizm-protivorechat-drug-drugu.html

Jamiyat

Turkmanistonda o‘ta issiq havo saqlanib turibdi. Ana shunday issiqda Turkmanboshi shahrining ayrim kichik tumanlarida mana to‘rt kundirki suv ta’minoti uzilib qolgan. Suv berilishi o‘tgan payshanbada to‘xtatilgan bo‘lib, bu hol mahalliy aholi uchun jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu orada Mari viloyatidagi davlar muassasalarida yig‘ilishlar o‘tkazilib, xodimlar issiq havoda ehtiyot choralarini ko‘rish borasida ogohlantirildi. Bunga Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning “bo‘lg‘usi issiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan himoya qilish maqsadida zarur choralarni ko‘rish muhimligi haqida”gi chiqishi turtki berdi. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31343553.html

24-iyundan 28-iyunga qadar Londonda  “Open Eurasian Literary Festival & Book Forum (OEBF) IX xalqaro adabiyot festivali bo‘lib o‘tdi. Har yili festival doirasida Open Eurasia adabiyot tanlovi g‘oliblari taqdirlanadi. 2021-yilda tanlovning sovrin jamgarmasi 40 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Tanlovga 48 ta mamlakatdan 1000 dan ortiq ariza topshirilgan bo‘lib, ularning 18 tasi Tojukistondan. Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20210707/tadzhikskaya-pisatelnitsa-poluchila-grant-na-rodine-shekspira

9-iyul kuni O‘zbekiston moliya vazirligida byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar, hamda yangilangan www.openbudget.uz  (Ochiq byudjet) axborot portalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Loyiha BMTTD bilan hamkorlikda va uning qisman moliyaviy ko‘magida yaratilgan.

Songgi yillarda amalga oshirilayorgan islohotlar byudjet malumotlarining ochiqligi va shaffofligini oshirish, byudjet mablaglarini shakllantirish va sarflash ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga jiddiy etibor qaratishni talab qilmoqda. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1203072-openbudget-uz-minfin-sozdal-prozrachnyj-koshelyok.html

Ekologiya

Turkmanistonda o‘ta issiq havo saqlanib turibdi, havo harorati 50 darajagacha ko‘tarilmoqda. Lebob viloyatining Farap etrapida avtobus bekatida bir necha soat issiqda turib qolgan erkak vafot etgan. Shifokorlarning qayd etishlaricha, o‘ta issiq havo bois o‘nlab odamlar vafot etgan, bolalarni kasalxonaga yotqizish holatlari ortgan. Aholi tabiat injiqligi sharoitida elekrt energiyasi va suv ta’minotida uzilishlar bo‘layotganidan shikoyat qilmoqda. Azatliq radiosining Mari va Lebapdagi muxbirlari shu haqda xabar berishmoqda.  Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31349920.html

Markaziy Osiyo – suv manbalaridan foydalanishda mislsiz isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilayotgan eng muammoli hudud hisoblanadi. Xitoylik tadqiqotchilar ana shunday xulosani taqdim etishdi. Ularning fikricha, hududdagi mamlakatlarda suv va yer manbalaridan oqilona foydalanilsa, 56 foizgacha suvni tejash va 387 million odamni boqish mumkin bo‘ladi. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210712/pochemu-v-tsentralnoi-azii-voda-stala-defitsitnoi

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.