Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 28.06 - 05.07.

07.07.2021 • 12:49

Qadrli do‘stim!

Sizga yaxshi kayfiyat va ajoyib ob-havo tilaymiz!

Keling endi, o‘tgan haftada bizning mamlakatimiz va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar bilan tanishamiz.

 

Talim

Qirgiziston talim va fan vazirligi vaksina olgan talabalar va oqituvchilar orasida ragbatlantirish aksiyalari otkazadigan oliy talim muassasalari royxatini elon qildi. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/mon-opublikovalo-spisok-vuzov-gde-provodyat-akcii-sredi-vakcinirovannyh-studentov

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtida o‘qish uchun to‘lovni ommaviy imtiyozli kreditlash tizimi ishga tushiriladi. O‘zbekiston yoshlari va talabalari Forumidagi nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev: “Biz universitetda kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini yaratamiz. Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliy o‘quv yurtida o‘qitish uchun 3 yilga 22-28 foiz stavkada ta’lim kreditlari olishmoqda. Ammo bu hamma, ayniqsa, olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan oilalar uchun ortiqcha yuk”, - dedi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://podrobno.uz/cat/obchestvo/v-uzbekistane-zapustyat-sistemu-massovogo-lgotnogo-kreditovaniya-dlya-oplaty-obucheniya-v-vuze-/

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligida qayd etishlaricha, portalga qabul tartibi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi roliklar joylangan. Bundan tashqari, QDTU bazasida onlayn qabulning texnik, maslahat ta’minoti bo‘yicha qisqa raqam ham ishlab turibdi. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/199787_onlayn-postuplenie_vvuzyi_ikolledji_nomer_goryachey_linii/

Qirg‘izistonliklarni Rossiyaning “Sirius” markazi tomonidan tashkil etilgan bepul masofaviy kurslarga taklif etishmoqda. Bishkekdagi Rossiya uyi shu harda ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 7 – 11-sinflar o‘quvchilariga Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va maktablarining o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan matematika, informatika, fizika, kimyo, lingvistika bo‘yicha ta’lim dasturlari taklif etiladi. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/199579_shkolnikov_izkyirgyizstana_priglashayut_nabesplatnyie_kursyi_rossiyskogo_tsentra/

O‘zbekistonda 10 – 11-sinflar o‘quvchilarini mehnat bozorida talab kata bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi. Shunday qilib, bitiruvchilar maktabni tugatish paytida kamida bitta kasb yoki hunar egasi bo‘lishadi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1202299-k-okonchaniyu-shkoly-vypuskniki-budut-vladet-hotya-by-odnoj-professiej.html

Inson huquqlari

Turkmanistonda ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning yoqolib qolgani, shuningdek ularga nisbatan zoravonlik holartlari haqidagi jamoatchilikka malum bolib ulgurgan elonlar kopayib borayotgani ortidan ota-onalar ortasida sarosima ortib bormoqda.  Poytaxtda ayrim ota-onalar farzandlarini maktabga borish va undan qaytishda, sayr paytida doimiy nazoratda ushlashga harakat qilishmoqda, boshqalari esa bolalarini viloyatlarda yashovchi qarindoshlarinikiga jonatishni maqul kormoqda. Ayni paytda hokimiyat vakillari va OAV tomonidan vaziyatga izoh berilmayotgani aholi orasida turli mish-mishlarning urchishiga sabab bolmoqda.  Tafsilotlar quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31335468.html

Tojikiston soliq organlari yanvarda huquq himoyasi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Pomir Yuristlari Assotsiatsiyasi” jamoat tashkilotiga xalqaro tashkilotlardan olgan grantlaridan daromad solig‘i to‘lash majburiyati yuklangan taqdimnoma kiritgan edi. Tashkilot soliq tekshiruvi natijalari yuzasidan sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Soliq organlarining xalqaro tashkilotlardan olingan grantlar bo‘yicha moliyaviy hisobot borasidagi e’tirozlari ustidan “Pomir Yuristlari Assotsiatsiyasi” joriy yil mart oyida sudga shikoiyat va da’vo arizalari kiritgan edi. Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210705/npo-pod-pritselom-nalogovih-organov-ili-kak-granti-okazalis-ne-grantami

Ozbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat          boyicha davlat inspeksiyasi shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun talablarini buzgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlarning respublika hududidagi ‘faoliyatini cheklash haqida qaror qabul qildi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/20210702/uzbekistan-ogranichil-rabotu-vkontakte-twitter-i-tiktok

 Jamiyat

Tojikistonda voyaga yetmaganlar tomonidan kuniga ikkita jinoyat sodir etilmoqda. Mamlakatda oxirgi etti yilda sodir etilgan jinoyatlar tahlili shuni korsatmoqda.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210702/dva-prestupleniya-v-den-sovershayut-nesovershennoletnie-v-tadzhikistane

Ipoteka dasturi doirasida O‘zbekistonning yosh oilalariga uy-joy sotib olish uchun qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1202308-molodym-semyam-vydelyat-eshhe-2-tysyachi-kvot-na-priobretenie-zhilya.html

Madaniyat

Mazkur hafta Qozog‘istonda do‘mbira Milliy kuni nishonlandi. Bayram Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti N.A.Nazarboyevning 2018-yil 13-iyundagi farmoni bilan ta’sis etilgan. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/nacionalnyj-den-dombry-otmechayut-v-kazahstane 

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.