Qadrli do‘stim!
Ishonamanki, ishlaringiz joyida – imtihonlar va sinovlarni tugatib, yozning ajoyib kunlaridan bahramand bo‘layapsiz.
Hozircha esa, keling, o‘tgan haftada bizninng mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘lgan voqealar bilan tanishamiz.
Ta’lim
Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilgani munosabati bilan davlat organlari qonunchilikni qayta ko‘rib chiqishmoqda. Ta’lim va fan vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda mavjud bo‘lgan oltita qonun o‘rniga bitta “Ta’lim va fan to‘g‘risida”gi qonun bo‘ladi. Bu hol o‘quvchilar va talabalarga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida idora yuristlari hozircha biror narsa deya olishmaydi, chuki qonunlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya endi tuzilgan. Ammo maktab ta’limi sohasida, jumladan qonunchilik darajasida tezkor yechimini kutayotgan bir qancha muammolar bor. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/198308_shkolnyie_problemyi_pomogutli_popravki_vzakonyi_reshitih/
O‘zbekistonda vazirlik va idoralar tizimiga kiruvchi kollej va texnikumlar binolarida faoliyat olib borayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari 2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvarga qadar ijara to‘lovidan ozod qilindi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/sobytiya/1201748-negosudarstvennye-obrazovatelnye-organizaczii-osvobozhdeny-ot-arendnoj-platy.html
Qirg‘iz Respublikasida keyingi ikki yilda, COVID-19 pandemiyasiga qaramay, mamlakat ichidagi migratsiya jarayonlari kamaygani yo‘q, ekspertlarning ta’kidlashicha, qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqiroz va hududlarda ishlab chiqarish hajmlarining kamayishi bois, aksincha ortgan. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/199146_detyam_sinvalidnostyu_izsemey-migrantov_pomogut_sobucheniem_vkyirgyizstane/
Qirg‘izistonliklar to‘qqizta mamlakatning oliy o‘quv yurtlarida bepul ta’lim olishlari mumkin. Jo‘qorg‘i Kengesning ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Nurlan Omurov shu haqda ma’lum qilgan. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/vlast/199163_kyirgyizstantsyi_mogut_besplatno_obuchatsya_vvuzah_devyati_stran/
Bu yil kollej va universitetlarga faqat onlayn tarzda o‘qishga kirish mumkin. O‘quv yurtining mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha muassasalarda oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga qabul Qirg‘izistonning Avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida internet orqali amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtiga kirishga tanlovda qatnashish uchun abituriyent www.2020.edu.gov.kg sayti, kollejga kirish uchun esa https://2020.edu.gov.kg/spuz sayti orqali ariza topshirishi kerak.
Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/198875_postupit_vkolledji_iuniversitetyi_v2021_godu_mojno_tolko_onlayn/
Inson huquqlari
YeI O‘zbekistonni jurnalistlar va mustaqil blogerlar huquqlarini himoya qilish uchun choralarni kuchaytirishga chaqirdi. 2021-yil 21 va 23-iyun kunlari Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi odil sudlov va ichki ishlar, inson huquqlari va turdosh masalalar bo‘yicha sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida Bitimning kichik Komissiyasining 17-yig‘ilishini o‘tkazishdi. Uchrashuv videoaloqa shaklida tashkil etildi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/politika/1201797-es-prizval-uzbekistan-sdelat-bolshe-dlya-zashhity-prav-zhurnalistov-i-nezavisimyh-bloggerov.html
Media Polis Instituti (Qirg‘iziston) Internyusning Qirg‘izistondagi vakolatxonasining “Media-K” loyihasi qo‘llab-quvvatlovida jurnalistlarni himoya qilish bo‘yicha #KuchChindikta xeshtegi ostida axborot kampaniyasini boshlamoqda. Batafsil quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/198907_vkyirgyizstane_startovala_informatsionnaya_kampaniya_pozaschite_jurnalistov/
Jamiyat
Turkmanistonda tug‘ruqxonalarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni asrab olish uchun tegishli hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirmasda, pul evaziga uchinchi shaxslarga berish holatlari ko‘payib bormoqda. Viloyatlardan birining sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manbamizing xabar berishicha, aksariyat hollarda onasi voz kechgan chaqaloqlar shu tarzda berib yuborilmoqda. Manbaning Turkmaniston Oila Kodeksiga tayanib ma’lum qilishicha, gap “oddiy bola savdosi” haqida ketmoqda va unga tug‘ruqxonalar hamda mahalliy hokimiyat rahbarlari bosh qo‘shgan. Azatliq muxbiri yaqinda viloyatlardan biridagi tug‘ruqxona bosh shifokoriga 15 ming manat berib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni asrab olgan oila bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31329819.html
Parlametning 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar Tojikistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga o‘zgartirish kiritildi va hayvolarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210621/v-tadzhikistane-povisili-shtrafi-za-zhestokost-nad-zhivotnimi
Tojikistonda “SOMON TV” nomli ilk onlayn kinoteatr ish boshladi. U HD sifatli va ovoz hajmi 4K o‘lchamgacha bo‘lgan formatdagi onlayn filmlar, multfilmlar, tele- va radiodasturlar to‘plamini taqdim etadi.
Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210621/v-tadzhikistane-zapustili-pervii-natsionalnii-onlain-kinoteatr
Ekologiya
Havo haroratining o‘ta yuqori ekanligi Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Daryolarning boshlanishida joylashgan mamlakatlar - Qirg‘iziston va Tojikiston suv yetishmasligidan aziyat chekishmoqda va uni o‘zlari uchun saqlab qo‘yishmoqchi. Daryolarning quyi qismidagi davlatlar - O‘zbekiston va Qozog‘iston suv zaxiralarini ko‘paytirib olish uchun uning tashlab berilishidan manfaatdor va shu yo‘lda kelishuvlarga borishmoqda. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/zasuha-v-tsentralnoy-azii-anomalnaya-zhara-nehvatka-vody-i-neurozhay/31324624.html
“Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida hamkorlikdagi harakarlar rejasini qabul qilish bo‘yicha ishchi guruhning ikkinchi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda olti hamkor tashkilotlar - Afg‘oniston Islom Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklaridan “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi bo‘yicha tayinlangan koordinatorlar, shuningdek tegishli suv manbalari va atrof-muhit masalalari bo‘yicha vazirliklar hamda gidrometeorologiya xizmatlari mutaxassislari ishtirok etishdi. Uchrashuvda, shuningdek Germaniyaning Berlindagi tashqi ishlar Federal vazirligi va oltita hamkor mamlakatdagi elchixonalari vakillari ham qatnashishdi. Batafsil quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1201247-zelenaya-czentralnaya-aziya-vybrala-chetyre-prioritetnyh-napravleniya.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang