Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 14 – 21.06-iyun

22.06.2021 • 14:19

Qadrli do‘stim!

Keling, o‘tgan haftada mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir bo‘lganini bilib olamiz.

Talim

Almati shahriningAtamaken tadbirkorlar Palatasi xabar berishicha, Qozogistonda buxgalteriya hisobi, soliq va kadrlar masalalari boyicha bepul onlayn-konsultatsiyalar otkaziladi. Ta’limiy onlayn-klub Qozog‘istonning barha hududlaridagi ishbilarmonlar uchun ochiq bo‘ladi.

Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/dlya-kazaxstanskix-predprinimatelei-provedut-onlain-konsultacii-po-buxgalterii-nalogam-i-kadram

20-iyundan O‘zbekistonda abituriyentlardan 2021/2022-o‘quy yili uchun oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat yo‘nalishlariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Batafsil quyida:  https://nuz.uz/obschestvo/1201106-nachinaetsya-onlajn-registracziya-v-vuzy-instrukcziya-dlya-abiturientov.html

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistonning Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida tajriba tariqasida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayoni elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Boshqa hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman(shaharlari)da umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabning o‘zida tashkil etilgan.

Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1200838-v-uzbekistane-nachalsya-priem-v-1-klass-obshheobrazovatelnyh-shkol.html

Turkmaniston maktablarida 18 yoshga to‘lgan bitiruvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri maktab partasidan armiyaga jo‘natilgan. Azatliq muxbirlarining xabar berishicha, 15-iyun kuni poytaxtdagi maktablarda bitiruv imtihonlari bo‘lib o‘tgan, bitiruvchilar intihonni topshirib bo‘lgach, harbiylar va politsiya xodimlari kuzatuvida harbiy komissariatlarga olib ketilgan. Batafsil quyidagi havoladahttps://rus.azathabar.com/a/31310558.html

Inson huquqlari

Tojikistonda 2021 – 2025-yillarga mo‘ljallangan “Qulay muhit” davlat dasturi ishlab chiqildi. Imkoniyati cheklangan insonlarda vatanlari o‘zlari uchun qulay bo‘lishiga umid uyg‘ondi.

Jamila – ikkinchi guruh nogironi. Bolaligida u boshqa tengdoshlari qatori yurar, yugura olar edi, ammo qizaloq 12 yoshida avtohalokat oqibatida oyog‘idan ajralgan. O‘shandan beri u qo‘ltiqtayoqqa tayanib yuradi.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210618/tadzhikistan-ne-dlya-invalidov-zdes-im-nelzya-polzovatsya-dazhe-avtobusami

Tojikistonda yurist Facebookdagi materiali uchun sud qilindi. Hukm 14-iyunda e’lon qilindi. Sud hali o‘z qarorini rasman e’lon qilgani yo‘q, ammo advokat Dilafruz Samadova 16-iyun kuni Ozodi Radiosiga tergov jarayonida uning himoyasidagi Rizoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari “ekstremistik va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi”, deb topilganini ma’lum qildi.

Tafsilotlar quyida: https://rus.ozodi.org/a/31310615.html

Qirg‘izistonlik ekspertlar deputatlar Gulshat Asilboyeva hamda Aynur Osmonovalarning “Axborot manipulyatsiyasi to‘g‘risida”gi qonunini qaytarib olishni talab qilishmoqda. Ularning ta’kidlashlaricha, tashabbuskorlar ilgari surayotgan hujjatda fikrni erkin ifoda etish huquqini amalga oshirishga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgan cheklovlar huquqiy jihatdan asoslanmagan. Qonunda aniqlik yetishmaydi, hamda fuqarolarda uni bajarmaganlik qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra olish imkoniyati bo‘lmaydi, natijada fikr va so‘z erkinligi huquqi prinsipi xavf ostida qoladi.

Batafsil quyidahttps://24.kg/vlast/198133_mediaekspertyi_trebuyut_otozvat_zakon_omanipulirovanii_informatsiey/

Jamiyat

Foydalanilgan gaz uchun tolovdan qarzdorligi mavjud bolgan Turkmaniston fuqarolari oziq-ovqat payoklaridan mahrum qilinmoqda. Azatliq muxbirlarining xabar berishicha, hududlarda hokimiyat aholi tomonidan birinchi yarim yillikda foydalanilgan gaz uchun tolovning amalga oshirilishi holatini hisob-kitob qilmoqda. Qarzdorlar    oziq-ovqat payoklaridan mahrum qilinadi, gaz tarmogidan uzib qoyiladi va sudga chaqiruv qogozi olishadi. Tafsilotlar quyidahttps://rus.azathabar.com/a/31314433.html

Jahon banki ishonchli malumotlar yoqligi sababli Turkmanistonni ozining oxirgiGlobal iqtisodiy istiqbollarnomli hisobotiga kiritmadi.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31306695.html

Bishkek (Qirg‘iziston)da qirg‘izistonliklarning pandemiya davridagi hayoti aks etgan kinoalmanax namoyish etildi. Kinoalmanax o‘nta epizodni o‘z ichiga olgan. Unda maktabning konservativ rahbariyatiga qarshi borgan qishloq o‘qituvchisi haqidagi hikoya ham, oiladagi mushtumzo‘r to‘g‘risidagi psixologik drama ham, volontyorlar, blogerlar, ishbilarmonlar va xatto dori-darmonlarning olibsotarlari haqidagi voqealar ham bor. Tafsilotlar quyida:  https://24.kg/obschestvo/198190_vbishkeke_predstavili_kinoalmanah_ojizni_kyirgyizstantsev_vovremya_pandemii/

Texnologiyalar

Google yana ettita davlarni yer qimirlashidan ogohlantirish tizimiga qoshdi, ular orasida Tojikiston ham bor. Uni oldin kaliforniyada sinab ko‘rishgan, so‘ngra faqatgina ikkita davlat – Yangi Zelandiya va Gretsiyada ishga tishirishgan edi.

Batafsil quyida: Google запустил в Таджикистане сейсмограф для Android, оповещающий о возможном землетрясении | Новости Таджикистана ASIA-Plus

Ekologiya

Kaspiy chekinmoqda”. Durnev orollari materik bilan qo‘shilib ketdi, yangi yer paydo bo‘ldi.  Tafsilotlar quyida:  https://informburo.kz/novosti/kaspii-otstupaet-ostrova-durneva-slilis-s-materikom-obrazovalos-novoe-urocishhe

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.