Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 07 – 14.06-iyun

14.06.2021 • 14:43

Qadrli do‘stim!

Sizni yoz fasli boshlangani bilan tabriklayman!

Imtihonlarda omad tilayman!

Yozgi ta’tilni yaxshi o‘tkazing! Miriqib dam oling!

Hozircha esa, keling, otgan haftada mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qoshni davlatlarda qanday voqea-hodisalar sodir bolganini bilib olamiz.

Talim

Qozog‘istonlik maktab o‘quvchilariga, yozgi ta’tilda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun, darsliklar 20-iyungacha tarqatiladi.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/shkolnikam-vydadut-uchebniki-do-20-iyunya-chtoby-u-nih-byla-vozmozhnost-gotovitsya-k-novomu-uchebnomu-godu-letom

O‘zbekistonda birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilish 15-iyundan 5-iyulgacha tajriba-test rejimida my.maktab.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1200121-v-uzbekistane-stala-izvestna-data-nachala-priema-v-pervyj-klass.html

Xo‘jand (Tojikiston) iqtidorli bolalar litseyi o‘quvchilari “IMAC - online” xalqaro olimpiadasining finalida g‘olib chiqishdi. “IMAC - online” xalqaro masofaviy matematika olimpiadasida uchta yosh toifasida dunyoning 28 mamlakatidan 10 mingga yaqin o‘quvchilar saralash, asosiy va final bosqichlarida ishtirok etishdi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210611/uchatshiesya-hudzhandskogo-litseya-dlya-odarennih-detei-pobedili-v-finale-mezhdunarodnoi-olimpiadi-imac-online

Qirg‘izistonda oliy o‘quv yurtlari transformatsiyasi tizimi  doirasida “Universitet 4.0” modelida oliy o‘quv yurtlarini ikki turga ajratishmoqchi. Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Nurlan Omurov brifingda shu haqda ma’lum qildi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/196831_universitetyi_vkyirgyizstane_hotyat_razdelit_nadva_tipa/

Yangi o‘quv yilidan boshlab Qirg‘izistondagi har bir oliy o‘quv yurti ta’lim dasturi mazmuni va tuzilishini mustaqil ravishda belgilaydi. Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Nurlan Omurov brifingda shu haqda ma’lum qildi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/196828_vuzyi_budut_samostoyatelno_formirovat_obrazovatelnyie_programmyi_izarabatyivat/

Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya muammosini hal qilishda maktablar direktorlarini rotatsiya qilishning ahamiyati haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rotatsiya instituti tahdidlarni kamaytirishga yordam beradi, ammo muammoni to‘liq hal qila olmaydi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/institut-rotacii-umensit-korrupcionnye-riski-no-ne-resit-vse-problemy-aimagambetov

O‘zbekistonda umumta’lim maktablarining 9 – 11-sinflari o‘quvchilarini kasbga o‘qitish tartibi joriy etiladi. Tartibga ko‘ra, o‘quvchilar asosiy ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtlarida kasb o‘rganishadi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1200359-starsheklassniki-budut-obuchatsya-professiyam-v-svobodnoe-ot-ucheby-vremya.html

Inson huquqlari

Qirg‘izistonda faol xotin-qizlar shortiklarda namoyishga chiqishdi. Ular qizlarga tegajog‘lik uchun javobgarlikka tortishni talab qilishmoqda.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/197480_net_domogatelstvam_vbishkeke_proshel_marsh_vshortah/

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mard To‘qayev “Qozog‘izton Respublikasining inson huquqlari borasidagi kelgusi sa’y-harakatlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda sayti.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/tokaev-podpisal-ukaz-o-dalnejshih-merah-kazahstana-v-oblasti-prav-cheloveka  

Jamiyat

Oz aybsizligini qasam bilan isbotlash Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning koplab aholisi uchun oziga xos ananaga aylanib bormoqda. Qasam odamlarga noqulay vaziyatlardan chiqib ketishda yordam beradigan qandaydir marosimga aylanib qolmoqda. Ayrimlar oz tortishuvlarida shu qadar chuqur ketishadiki, sokinish bilan qasamning chegarasini ajratish mushkul bolib qolmoqda.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210613/klyanus-molokom-kozla-ili-pust-ya-oslepnu-chem-klyanetsya-molodezh-stran-tsentralnoi-azii

Yevropa parlamentidagi “YeI - O‘zbekiston” do‘stlik guruhi quyidagi manzilda o‘z veb-saytini ishga tushirdi: www.euuzbekistan.eu. Elektron platformada O‘zbekistondagi va O‘zbekiston-Yevropa munosabatlariga oid tadbirlar va muhim voqealar yoritib boriladi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1200517-zapushhen-oficzialnyj-sajt-gruppy-druzhby-es-uzbekistan.html

O‘zbekistonda soliq imtiyozlarining qisqarishi kutilmoqda. Moliya vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bu xabar “O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitining yangi chaqiruvlari va yanada yaxshilanishi: soliqlar, bojxona va boshqa choralar” deb nomlangan “virtual” davra suhbati jarayonida e’lon qilingan.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/ekonomika-i-finansy/1200481-v-uzbekistane-ozhidaetsya-sokrashhenie-nalogovyh-lgot.html

O‘zgidromet tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanidagi meteostansiya uchun atmosfera havosidan ichimlik suvi oladigan “Atmosfera suvi generatori” (7 ta tozalash filtriga ega bo‘lgan Airaqua)ning tajriba-sanoat ekspluatatsiyasiga kirishildi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1200106-v-karakalpakstane-zapustili-generator-proizvodstva-pitevoj-vody-iz-vozduha.html

 Texnologiyalar

“Apple” kompaniyasi taklif etayotgan “Private Relay” funksiyasidan 10 ta mamlakat, shu jumladan Turkmanistonda foydalanib bo‘lmaydi. “Private Relay” VPN servis sifatida ishlab, foydalanuvchilarga maxfiylikni saqlashda yordam beradi.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31302974.html

Qirg‘iziston raqamli rivojlanish vazirligi 2023-yil oxirigacha Qirg‘izistonda 5G texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu narsa Qirg‘izistonning 2021 – 2023-yillarga mo‘ljallangan raqamli iqtisodiyoti konsepsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Batafsil quyida: https://rus.azattyk.org/a/31300669.html

Qirg‘izistyonda ustuvor yo‘nalishlardan biri – 200 ta foydalanish nuqtalarini tashkil etish orqali barcha aholi punktlarini yuqori tezlikdagi va ommabop internet bilan ta’minlashdan iborat. Raqamli rivojlanish vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar bermoqda.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/197288_kbesplatnomu_internetu_podklyuchat_bolshe_4tyisyach_gosobyektov_kyirgyizstana/

Ehtiyot bo‘ling, firibgarlar!

Google Playda Minecraft o‘yiniga ilova sifatida tarqatilayotgan zararli ilovalar paydo bo‘lgan. RG Digital nashri “Kasperskiy laboratoriyasi”ga tayanib shu haqda xabar bermoqda. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/tehnoblog/197137_moshenniki_rasprostranyayut_virusyi_dlya_Android_pod_vidom_Minecraft/

Qirg‘izistonning ijtimoiy tarmoqlari va messenjerlarida meriya nomidan pul so‘ralmoqda. Poytaxt munitsipaliteti matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.

Batafsil quyidahttps://24.kg/obschestvo/196901_vsotssetyah_imessendjerah_prosyat_dengi_otimeni_merii_eto_moshenniki/ 

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.