Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 31.05. - 07.06.

07.06.2021 • 10:33

Qadrli doʻstim!

Keling, oʻtgan haftada bizning mamlakatimiz va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarda sodir boʻlgan voqealar haqida bilib olamiz.  

Talim

Tojikistondagi umumtalim maktablarida 1-sinflardagi oʻqish 2021-yil 3-iyunda yakunlandi, 2 – 11-sinflarda esa, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatiy nazar, bugun, yani 2021-yil 7-iyunda oʻqishlar tugaydi.  Nima uchun bu yilgi oʻquv yili odatdagidan qoʻproq davom etgani haqida quyidagi havolada oʻqishingiz mumkin: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210602/glas-naroda-uslishali-shkolnie-kanikuli-nachnutsya-7-iyunya-a-dlya-pervoklassnikov-uzhe-zavtra

Hukumat qarori bilanOliy talim muassasalari talabalariga akademik tatil berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Nizomga koʻra, Oʻzbekisrondagi OOʻYu talabalari akademik tatil davrida oʻqishni sirtdan, onlayn tarzda yoki ekstern shaklida davom ettirishlari mumkin.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1199692-studenty-vuzov-uzbekistana-v-period-akademicheskogo-otpuska-smogut-prodolzhat-obuchenie-zaochno-onlajn-ili-eksternom.html

Turkmanistonda davom etayotgan iqtisodiy inqiroz va ishsizlik sharoitida mamlakatda narx-navo, shu jumladan, oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun pora miqdori ham oshib bormiqda. Azatliq muxbirlarining ta’kidlashicha, Turkmanistondagi oliy oʻquv yurtlari hamda oʻrta-maxsus oʻquv yurtlariga kirish uchun pora dollarda beriladi. Oʻz navbatida, valyutaga talab xorijiy valyuta narxida aks etmoqda.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31284428.html

Qirgʻiziston umumta’lim tashkilotlaridagi kitob fondini inventarizatsiyadan oʻtkazish maqsadida maktab kutubxonachilarini oʻqitish kampaniyasi boshlandi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/196494_vshkolnyih_bibliotekah_kyirgyizstana_provedut_inventarizatsiyu_knijnogo_fonda/

Ertaga Kaliy Moldobasanov nomidagi Qirgʻiz milliy konservatoriyasida yosh ijrochilarning “Jangi muun” Birinchi respublika tanlovining “Fortepiano” yoʻnalishining ochilishi boʻlib oʻtadi.  Tashkilotchilar shu haqda xabar berishdi.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/196237_konkurs_molodyih_pianistov_sostoitsya_vkyirgyizskoy_natsionalnoy_konservatorii/

Tojikiston milliy test markazi mana ikki yildirki, kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan talabalarga sovgʻalar taqdim etmoqda. Bu yil eng yaxshilar safidan 14 kishi joy oldi, ularning aksariyati – qizlar.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210603/natsionalnii-tsentr-testirovaniya-tadzhikistana-nazval-lushih-abiturientov

Inson huquqlari

Turkmanistonning Mari shahridagi Baxtiyorlik (Schastye) bogʻida 31-may kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda maktablarning oʻquvchi va oʻqituvchilari, bolalar bogʻchalarining tarbiyalanuvchilari hamda shahardagi toʻgaraklarga qatnashuvchi bolalar majburiy tarzda ishtirok etishdi. Ommaviy tadbir Turkmanistonda havo harorati rekord darajada yuqori boʻlgan kunlarda quyosh tigʻi ostida oʻtkazildi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 1-iyunda nishonlanadi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31285959.html

Hayvonlarning huquqlari

Oʻzbekiston Senatining yalpi majlisida Jinoyat kodeksiga hayvonlarga shafqatsiz munosabat toʻgʻrisida kiritilgan moddalar tasdiqlandi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1199338-v-uzbekistane-budet-vvedena-ugolovnaya-otvetstvennost-za-zhestokoe-obrashhenie-s-zhivotnymi.html

Jamiyat

4-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat MirziyoyevAholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi. Mazkur hujjatga asosan, 1-iyuldan Oʻzbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1199761-s-1-iyulya-budet-uvelichen-razmer-pensij-i-posobij.html

Turkmanistonlik oʻnlab talabalar Oʻzbekiston va Turkmaniston chegarasini kesib oʻtishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. Qoʻshni davlatda oʻqiyotgan Turkmaniston fuqarolari mamlakatning sharqidagi Lebap viloyatida joylashgan Farob chegara punkti orqali vatanlariga qaytishga urinishmoqda. Chegaradagi vaziyat haqida Azanliqning Oʻzbekiston va Turkmanistondagi voqealardan bevosita xabardor boʻlgan muxbirlari va manbalari xabar berishmoqda.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31290135.html

 

Qozogʻistonda NNTlar vakillari uchun uch oylik ta’lim kurslari tashkil etiladi. “Fuqarolik tashabbuslari markazi” jamoat birlashmasi “NNT akademiyasi” loyihasi boʻyicha nodavlat tashkilotlari uchun onlayn trening shaklidagi oʻquv kurslari ish boshlayotganini ma’lum qildi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/tryohmesyachnye-obuchayushie-kursy-dlya-predstavitelej-npo-provedut-v-kazahstane

Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshida “Migrantlar mehnat birjasi” MChJ tashkil etildi. “Migrantlar mehnat birjasi”ni tashkil etishdan maqsad kasaba uyushmalarining ustavida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishni kengaytirishdan iborat”, - deydi Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Maliksho Ne’matzoda. Qayd etilishicha, Federatsiya tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari bilan birgalikda migratsiya masalalarida MDHga a’zo davlatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210531/v-tadzhikistane-sozdali-birzhu-truda-dlya-migrantov

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

 

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qoʻllab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever oʻynang!

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.