Qadrli do‘stim!
O‘tgan haftada bizninng mamlakatimizda va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘lgan voqealar bilan tanishamiz.
Ta’lim
Yoz kelishi bilan uzoq kutilgan ta’tillar boshlanadi. Bolalar dam olishni intiqlik bilan kutishayapti, ota-onalar esa yana bolani yozda nima bilan band qilish muammosiga duch kelishadi. E’tiboringizga Tojikistondagi g‘oyalar to‘plamini havola etamiz.
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210522/7-vozmozhnostei-dlya-detei-provesti-kanikuli-poznavatelno-i-veselo
O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda bitiruv davlat imtihonlari qachon bo‘lishini ma’lum qildi. Vazirlikdan olingan xabarga ko‘ra, 5, 6, 7, 8 va 10-sinflarda davlat nazorat imtihonlari 26-maydan 2-iyungacha bo‘lib o‘tadi.
Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1198082-v-ministerstve-narodnogo-obrazovaniya-obyavili-grafik-i-poryadok-provedeniya-gosekzamenov-v-shkolah.html
Inson huquqlari
Qozog‘istonda siyosatchilar va amaldorlarning moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yiladi. Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar moliya tizimi shaffofligini oshirishni va jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarning iqtisodiyot real sektoriga jalb etilishini keskin kamaytirishni nazarda tutadi.
Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-poyavilsya-zakonoproekt-kotoryj-pozvolit-proveryat-finansy-vysokopostavlennyh-lic
Jamiyat
Turkmanistonda alabay zotli kuchuk egalari mahalliy veterinariya xizmatlaridan shoshilinch ravishda o‘z jonivorlari uchun pasport olishga harakat qilishmoqda. Azatliq radiosi muxbirining xabariga ko‘ra, bunga ro‘yxatdan o‘tkazilgan alabaylar uchun har oyda 10 kgdan tovuq oyog‘i, 30 kg tozalangan guruch va har kuni besh buxanka qolipli non berilishi haqidagi xabar sabab bo‘lgan.
Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31267211.html
Har yili 23-mayda Tojikistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. 21-may kuni Prezident Imomali Rahmon bayram munosabati bilan mamlakat yoshlarini tabriklab, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda aholining 70 %dan ortig‘ini yoshlar tashkil etishini, shu bois Tojikistonni yoshlar mamlakati, deyish mumkinligini ta’kidladi.
Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210523/skolko-v-tadzhikistane-molodih-lyudei
O‘zbekistonda 21-maydan 25 mayga qadar qamrovi jihatidan ilgari kuzatilmagan “Toshkentning besh tashabbus Harakati” nomli yoshlar tadbiri tashkil etildi. Bayramda ishtirok etadigan yoshlar uchun mavzuli hududlarga bo‘lingan butun boshli shaharcha, hech ikkilanmay aytish mumkinki, butun boshli shahar barpo etildi.
Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1198544-v-stolicze-prohodit-masshtabnyj-molodezhnyj-festival-foto.html
Sport
Qozog‘iston terma jamoasi xokkey bo‘yicha amaldagi jahon chempionlarini mag‘lub etdi. Rigada davom etayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kunida Qozog‘iston terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Finlyandiya jamoasiga qarshi muzga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi o‘yinda Qozog‘iston bullitlar seriyasida Latviyadan ustun kelgan edi.
Tafsilotlar quyida: https://www.sports.kz/news/sbornaya-kazahstana-pobedila-deystvuyuschih-chempionov-mira-po-hokkeyu
Texnologiyalar
Qirg‘izistonda IshTapp sun’iy intellekti ko‘magida ish izlash bo‘yicha ilova yaratildi. BMTTD shu haqda ma’lum qildi. Uning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ilova nomzodlarga ish izlashda, ish beruvchilarga esa, o‘z navbatida xodimlar topishda yordam berishi nazarda tutilgan. Ilova Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magida BMTTD tomonidan yaratilgan
Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/194684_vkyirgyizstane_mojno_budet_nayti_rabotu_pri_pomoschi_mobilnogo_prilojeniya/
Amerikalik milliarder Ilon Mask Qozog‘iston, Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida Tesla rasman paydo bo‘lganini e’lon qildi.
Batafsil quyida: https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/ilon-mask-anonsiroval-poyavlenie-tesla-v-kazahstane-438062/
Ekologiya
Qirg‘izistonda ekologik ma’lumotlar bazasi ishga tushirildi. Qayd etilishicha, ma’lumotlardan Qirg‘izistonda atrof-muhit muhofazasi masalalriga bevosita yoki bilvosita aloqador tahlillarni o‘tkazishda, ilmiy tadqiqotlat olib borishda va jurnalistik materiallar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/194322_vkyirgyizstane_zapustili_otkryituyu_bazu_ekologicheskih_dannyih/
Qozog‘istonda chiqindilarni saralash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi 225 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Birgina 2020-yilda ular 3,8 million tonna chiqindini qabul qilib olgan.
Tafsilotlar quyida: https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/podvedenyi-musornyie-itogi-goda-v-kazahstane-438211/
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!