Qadrli do‘stim!
O‘tgan haftada Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegarasida to‘qnashuv yuzaga keldi. To‘qnashuv oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, har ikki mamlakatning o‘n minglab fuqarolari zarar ko‘rishdi, uy-joylarini tashlab qochishga majbur bo‘lishdi.
Qlever jamoasi sodir bo‘lgan voqeadan afsusda va halok bo‘lganlar haqqiga duoda ekanini ma’lum qiladi. Betakror mintaqamizda istiqomat qiluvchi barchaga mustahkam sog‘liq va farovonlik tilaymiz! Mintaqamizda va butun dunyoda tinchlik bo‘lsin! Hech qachon o‘q ovozi eshitilmasin va havoni aslo porox hidi tutmasin!
Endi esa Markaziy Osiyoga oid boshqa yangiliklar haqida.
Boshladik!
Ta’lim
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi to‘rtta maktabda bolalar va kattalarda o‘simliklar dunyosini e’zozlash hislarini shakllantirishga qaratilgan o‘ziga xos loyiha ishga tushirildi. Mazkur loyiha joriy yil fevral oyidan boshlangan. O‘simlik ba hayvonot dunyosini himoya qiluvchi “Indigo” jamiyati maktablarda urug‘lardan ko‘chatlar yetishtirish bo‘yicha maxsus moslamalar o‘rnatdi. Har bir o‘quvchi ushbu moslamaga o‘simlik urug‘ini ekdi.
2021-yil aprel oyida O‘zbekistonda Kundalik hamkori “Aql fabrikasi” bilan birgalikda maktab dasturi doirasida fanlarni qo‘shimcha o‘rganishga yordam beradigan multiservis onlayn-platformalarni yaratish bo‘yicha loyihaga qo‘l urdi.
Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1195725-kundalik-vnedryaet-instrumenty-gejmifikaczii-dlya-samostoyatelnogo-i-distanczionnogo-izucheniya-predmetov.html
YeOII va MDH yosh xalqaro mutaxassislarining A.A.Gromiko nomidagi Tanloviga ishlarni qabul qilish boshlandi. Tanlov YevroOsiyo iqtisodiy komissiyasi shafeligi ostida o‘tkazilmoqda. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/politika/1195711-obyavlen-konkurs-molodyh-mezhdunarodnikov-stran-sng.html
Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun o‘quv yili 25-mayda yakunlanadi. Ta’lim va fan vazirligining apparat yig‘ilishida vazir Asxat Aymagambetov 26-maydan 19-iyungacha barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun yozgi maktablar tashkil etilishini ma’lum qildi.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/zanyatiya-v-letnih-shkolah-dlya-vospolneniya-znanij-uchashihsya-projdut-s-26-maya-po-19-iyunya
Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi maktablarning sinf rahbarlari kasalga chalingan o‘quvchilar haqida ma’lumotlat to‘plashlari shart qilib qo‘yildi. O‘quvchilardan birining onasi 24.kg.ga shu haqda ma’lum qildi. Uning aytishicha, bugun sinf rahbari WhatsApp chatida endi har kuni soat 12:00 ga qadar o‘ziga COVID-19, zotiljam, ORVI/gripp bilan og‘riyotgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotni taqdim etish zarurligi haqidagi xabarni qoldirgan.
Tafsilotlar quyida: https://24.kg/agent_024/191667_klassnyih_rukovoditeley_shkol_bishkeka_obyazali_sobirat_dannyie_oboleyuschih_uchenikah/
Qirg‘izistonda Umumrespublika testida 42 ming 817 nafar bitiruvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ta’limda va o‘qitish uslublarini baholash Markazi direktori Chinara Batrakeyeva 24.kg.ga shu haqda ma’lum qildi.
Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/191580_naobscherespublikanskoe_testirovanie_zaregistrirovalis_42tyisyachi_817_vyipusknikov/
Inson huquqlari
Turkmanistonning Lebob viloyatida yo‘l politsiyasi avtomobillar egalaridan avtomashinalarining barcha qora rangli qismlarini, shu jumladan radiator panjaralarini oq rangga bo‘yashni talab qilmoqda. Azatliq Radiosi muxbiri shu haqda xabar bergan.
Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31229072.html
Turkmaniston milliy qonunchilikni xalqaro meyorlar, shu jumladan inson huquqlari sohasidagi meyorlarga muvofiqlashtirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Yaqinda inson huquqlari sohasida besh yilga mo‘ljallangan harakatlar milliy rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjat tasdiqlangan edi, endi esa ombudsmanning yillik hisoboti e’lon qilindi. Ammo huquq himoyachilari hukumat tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarni amalga oshirish borasida aniq harakatlar yo‘qligidan tashvish bildirishmoqda.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31224971.html
Osiyo Plyus portali jurnalistlari tojikistonliklardan bugungi kunda qaysi mavzularni tilga olmagan ma’qulligini, kimni va nima uchun tanqid qilib bo‘lmasligini bilib olishdi.
Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210504/kogo-nelzya-kritikovat-v-tadzhikistane
Qirg‘iziston bosh prokurori Kurmanqul Zulushev nikohdan o‘tish uchun odam o‘g‘irlash (Ala kachuu) uchun jazo kuchaytirilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Farg‘ona” AA.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210427/v-kirgizstane-uzhestochat-nakazanie-za-pohitshenie-nevest
Jamiyat
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida plastik va karton yig‘uvchilar, Lebob viloyatida esa temir parchalarini to‘plovchilar faollashgan. Muxbirlarning fikricha, bu holat qabul punktlarida ikkilamchi xom ashyoga talab oshgani va narxlar ko‘tarilgani bilan bog‘liq.
Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31229210.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang