Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 19-26 aprel

27.04.2021 • 12:48

Qadrli do‘stim!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo yangiliklari dayjestini taqdim etaman.

Boshladik!

Ta’lim

Qirg‘izistonning oddiy va iqtidorli bolalarida birgalikdagi loyiha va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi. “Jetigen” xalqaro lagerining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Gulzoda Uturova shu haqda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, “Men Qirg‘izistonni sevaman” yoshlar harakati bolalar uchun inklyuziv dam olishni tashkil etmoqda va bu yerda jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, til bilish va boshqa o‘ziga xosliklaridan qat’iy nazar, har bir bolaga jamoada o‘zini namoyon etish imkoniyati beriladi.

Batafsil quyidahttps://24.kg/obschestvo/191151_detey_sinvalidnostyu_isirot_priglashayut_zapisatsya_vbesplatnyiy_letniy_lager/

 

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuniga bag‘ishlab “Bolalarga kitob o‘qib beramiz”  nomli aksiyani boshladi. Vazirlik matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Unda ta’kidlanishicha, aksiyadan maqsad bolalar o‘rtasida badiiy adabiyotlarni o‘qishni ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash hamda umumta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Tafsilotlar quyidahttps://24.kg/obschestvo/191350_ministr_obrazovaniya_prochital_knigu_slepyim_islabovidyaschim_detyam/

 

Qirg‘izistonlik 478 nafar o‘quvchi Respublika olimpiadasi g‘olibi, deb e’lon qilindi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, Bishkek koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha qizil hududga kirgani bois, COVID-19 bo‘yicha Respublika shtabi ommaviy tadbirlarni – Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichini tashkil etish va o‘tkazishni cheklashni tavsiya etdi.

Batafsil quyidagi havolada:

https://24.kg/obschestvo/191347_478_shkolnikov_priznanyi_pobeditelyami_respublikanskoy_olimpiadyi/

Inson huquqlari

Turkmaniston ma’murlari VPN foydalanuvchilarini aniqlash va jazolashga urinishda davom etishmoqda. Maktablarda muntazam ravishda smartfonlar mavjudligini aniqlash uchun reydlar o‘tkazilmoqda va mobil telefonlarning ichidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.

Tafsilotlar quyidahttps://rus.azathabar.com/a/31212882.html 

 

Qozog‘iston qishloqlari aholisi uchun “Kenes” huquqiy maslahat xizmati tashkil etildi, deb xabar bermoqda Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Markazi matbuot xizmati.

Qishloq aholisi o‘zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, siyosiy, madaniy huquq va erkinliklari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istashsa, maslahat olishlari mumkin. Konsultantlar qishloq aholisiga, agar ular o‘zlarining huquqlari buzilgan, deb hisoblasalar, yoki imtiyozlardan foydalanishni istasalaru, qayerga murojaat qilishni bilmasalar, nima qilishlari haqida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishadi.

Tafsilotlar quyidahttps://informburo.kz/novosti/dlya-selcan-sozdali-konsultacionnuyu-sluzbu-kenes-oni-mogut-bolse-uznat-o-svoix-pravax

 

Tojikistonning Dushanbe harbiy garnizoni sudi Xatlon viloyati Vose tumanida yashovchi Saidshoh Mahmadaliyevni 376-moddaga (tanasiga zarar yetkazish yoki boshqa yo‘l bilan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash) asosan ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi. Dushanbe harbiy garnizoni matbuot xizmatining xabar berishicha, muddatidan oldin harbiy xizmatdan qaytish maqsadida Mahmadaliyev o‘zini ruhiy kasal qilib ko‘rsatishga uringan.

Batafsil quyidagi havolada https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/laworder/20210423/soldat-tadzhikskoi-armii-za-uklonenie-ot-sluzhbi-prigovoren-k-dvum-godam-lisheniya-svobodi

 

Qirg‘izistonda Telegramda ishga tushirilgan “Akiykatchi-bot 115” huquqiy chat-botining taqdimoti o‘tkazildi. QR ombudsmani matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.

Tafsilotlar quyidahttps://24.kg/obschestvo/190861_vkyirgyizstane_poyavilsya_pravovoy_chat-bot/

Jamiyat

Turkmanistonda politsiya chiqindilarni titib yuruvchilarga qarshi “kurash”ni kuchaytirmoqda.  Shahar ma’murlari endi xatto kommunal xizmatlar xodimi kiyimidagi shaxslarga ham chiqindilarni saralashni taqiqlashmoqda. Tafsilotlar quyidahttps://rus.azathabar.com/a/31211413.html

 

Turkmanistonning Mari va Lebob viloyatlarida prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning otasi Malikguli Berdimuhamedovning vafoti munosabati bilan  ehson tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ehson tadbirlari xarajatlarini esa byudjet sohasi xodimlari hisobidan qoplash mo‘ljallanmoqda.

Tafsilotlar quyidahttps://rus.azathabar.com/a/31217557.html

 

Qozog‘istonda Orol dengizining qurigan tubiga saksovul ekish bo‘yicha dastur qabul qilinadi. QR ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliyev Qizil O‘rda viloyatiga safari chog‘ida shu haqda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Batafsil quyidahttps://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-primut-programmu-po-vysadke-saksaula-na-vysohshem-dne-aralskogo-morya

 

Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyev dengizga cho‘kayotgan o‘spirinni qutqarib qoldi. Yaponiyaning News24 telekanali shu haqdagi lavhani efirga uzatdi. Batafsil quyida

https://nuz.uz/proishestvie/1195430-student-iz-uzbekistana-spas-utopayushhego-v-yaponii.html

 

Us News & World Report  talqiniga ko‘ra, sarguzashtlar va sayyohlik uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingida O‘zbekiston dunyoda eng so‘nggi o‘rinlardan birini: 78 mamlakat orasida 74-o‘rinni egalladi. O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston, Iroq va Oman davlatlari egallshdi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/sport/1195372-v-rejtinge-luchshih-stran-dlya-priklyuchenij-i-turizma-uzbekistan-zanyal-74-e-mesto-obognav-lish-kazahstan-i-irak.html

 

Qozog‘istonda yashovchi Mariya Auyezova Everestni zabt etgan ilk oyog‘i yo‘q nogiron qiz bo‘ldi. U 5643 mert balandlikka ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210420/zhitelnitsa-nur-sultana-stala-pervoi-devushkoi-invalidom-bez-nog-pokorivshaya-everest

Pandemiya

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda yangi teatr mavsumi ochildi. Ehtiyot choralari sifatida niqoblar va isiriqni ko‘rish mumkin. Yangi teatr mavsumining o‘ziga xosliklari va Turkmaniston poytaxtidagi madaniy tadbirlar haqida batafsil quyida o‘qishingiz mumkin: https://rus.azathabar.com/a/31214937.html

 

Qozog‘istonda xorijliklarni Ashyq tizimi asosida ishlovchi muassasalarda kiritish algoritmi mavjud emas. Ko‘pchilik xorijliklarda Ashyq ilovasi yordamida tekshirishni amalga oshirish uchun STIR yo‘q, shu bois ularning maqomini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti, shu bois ular kiritilmasligi kerak. Almati tadbirkorlar palatasi direktori Aytuar Koshmambetovning aytishicha, xorijliklarni kiritishning yo‘li bor, ammo bu holatda muassasalar ularning pasport ma’lumotlarini sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti(SEND)ga taqdim etishlari zarur bo‘ladi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/v-kazaxstane-net-algoritma-propuska-inostrancev-v-zavedeniya-rabotayushhie-po-sisteme-ashyq

 

 

O‘tgan hafta O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi. Vaksina Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTTIF) ko‘magida olib kelingan.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1195163-uzbekistan-poluchil-pervuyu-partiyu-vakcziny-sputnik-v.html

 

Tojikistonlik talaba Behruz Iskandarzoda OIV bilan yashayotgan shaxslar va zo‘ravonlik qurbonlariga mutlaqo maxfiy va anonim yordam ko‘rsatuvchi @erirason_hiv_bot Telegram-botni ishga tushirdi. Shuningdek uning o‘z kompaniyasi bor hamda, shu jumladan davlat tashkilotlari uchun ham mo‘ljallangan ko‘plab loyihalari mavjud.

Tafsilotlar quyidagi havolada https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210424/behruz-razrabotal-telegramm-bot-v-podderzhku-bolnih-vich-on-rasskazal-chto-tam-mozhno-naiti

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 20-aprel kuni Rhus coriaria Totum o‘simligi asosida tayyorlangan Rutan dori vositasining SARS-COV-2 virusiga qarshi yagona samarali vosita ekani qayd etilgan press-relizni e’lon qildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona AA. Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210422/v-uzbekistane-sozdali-preparat-ot-covid-19-na-rastitelnoi-osnove

 

Issiqko‘l ildizi, xantal, dumba yog‘i, isiriq: Markaziy Osiyoda koronavirusdan nima yordamida “davolanishmoqda”.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210421/issik-kulskii-koren-hren-kurdyuk-hazorispand-chem-lechatsya-ot-koronavirusa-v-tsentralnoi-azii

 

May oyida Qirg‘izistonga Britaniyaning AstraZeneca vaksinasi keltiriladi. Bosh vazir Ulukbek Maripov o‘zining Facebookdagi sahifasida shu haqda ma’lum qildi.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/vlast/191268_vaktsina_AstraZeneca_postupit_vkyirgyizstan_vmae_/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.