Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 12 – 19-aprel

20.04.2021 • 19:06

Qadrli do‘stim!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlari yangiliklari dayjestini havola etaman.

Boshladik!

 

Ta’lim

MegaFon Tojikiston bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Tojikiston Milliy banki tomonidan tashkil etilgan  GlobalMoneyWeek 2021 Oyligining  Digital-hamkori bo‘ldi. O‘tgan yilda bo‘lgani kabi, operator o‘quvchilar va talabalarning ijodiy ishlarini qabul qilish uchun mobil internet xizmati va trafik paketiga ulangan uskunalar taqdim etdi. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210416/molodezh-tadzhikistana-podklyuchaetsya-k-global-money-week

Qirg‘iziston maktablarida davlat imtihonlari o‘tkazilmaydi, choraklik baholar asosida yakuniy baholar chiqariladi. Ta’lim va fan vazirligining maktab ta’limi boshqarmasidan 24.kg.ga shu haqda ma’lum qilishdi.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/190679_ekzamenov_vshkolah_nebudet_itogi_podvedut_pochetvertnyim_otsenkam/

Inson huquqlari

Toshkentdagi (O‘zbekiston) maktablardan birida o‘quvchilarning paypog‘i uzunligini tekshirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktab ma’muriyati LGBTga qarshi shu usulda kurashmoqchi bo‘lgan. “Kecha o‘g‘lim o‘qiydigan sinfga kirib, bolalarning oyoq kiyimlarini yechib paypoqlari uzun yoki kaltaligini tekshirishgan. Kalta paypoq kiygan bolalarni suratga olishgan. Ular buni LGBTga qarshi kurash bilan izohlashmoqda”, – deb yozgan o‘zining Telegram-kanalida bloger Shahnoza Soatova. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarda dars soatlari vaqtida LGBT mavzusida ma’ruzalar o‘qilayotgani tushunarsiz. Bu, deb qo‘shimcha qiladi u, qarshi targ‘ibotning yomon usuli.

Tafsilotlar quyida: https://www.podrobno.uz/cat/obchestvo/v-odnoy-iz-shkol-tashkenta-u-uchenikov-nachali-proveryat-dlinu-noskov-okazalos-tak-administratsiya-b/

Qozog‘istonda  Ashyq ilovasi orqali QR-kodni skaner qilib olish va o‘z maqomini tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lgan sayt ishga tushirildi. QR raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining o‘rinbosari Aset Tursunov shu haqda ma’lum qildi.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zapustyat-sajt-gde-mozhno-proverit-svoj-status-cherez-prilozhenie-ashyq-pered-posesheniem-zavedeniya

Qozog‘iston hukumati shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan qoninchilik hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni ishlab chiqdi, hukumat shu yo‘l bilan amaldorlarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish qoidalarini qattiqlashtirmoqchi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazaxstane-planiruyut-uzestocit-pravila-ispolzovaniya-personalnyx-dannyx-cinovnikov

Jamiyat

Iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan Turkmanistonda Ramazon oyi boshlanishi bilan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari va avtoturargohlarda musulmonlarning muqaddas oyi munosabati bilan ramazon aytib shirinlik va pul so‘rayotgan bolalar soni oshgan. Azatliq Radiosi muxbiri shu haqda xabar bermoqda.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31202005.html

14-aprel kuni Tojikistonda yangi “Ilm va tabiat” (“Наука и природа”) telekanali efirga chiqa boshladi. Respublika televideniye va radioeshittirish qo‘mitasidan “Aziya-Plyus”ga ma’lum qilishlaricha, telekanal soat 11:30 da mamlakatning butun hududiga efirga chiqqan.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210414/v-tadzhikistane-nachal-vetshanie-novii-telekanal-ilm-va-tabiat

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.