Qadrli do‘stim!
Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazishingiz haqida bizga gapirib bering? Ob-havo ham kundan kunga sayr va do‘stlar bilan uchrashuvlar uchun qulay bo‘lib bormoqda. Ammo xavfsizlikni also unutmaslik kerak.
Endi esa Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘tgan haftada qanday voqea-hodisalar sodir bo‘lgani haqida so‘zlab beraman.
Boshladik!
Ta’lim
Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlarining doktoranturasiga kirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi. Joriy yildan kirish imtihonlari elektron shaklda o‘tkaziladi. Nomzodlar kompyuter yonida o‘tirib esse yozishadi, doktoranturada o‘qishga tayyorliklarini aniqlovchi test va ta’lim dasturining kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshirishadi, deyiladi QR Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining xabarida.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/novye-pravila-postupleniya-v-doktoranturu-prinyali-v-kazahstane
Yiliga ikki marta umumrespublika testining o‘tkazilishi abituriyentlarga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun ikkinchi imkoniyatni taqdim etadi. Ta’lim va o‘qitish uslublarini baholash Markazi (TO‘UBM) tahlilchisi Inna Valkova 24.kg.ga shu haqda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, universitetlarda ba’zan byudjet va kontrakda vakant joylari qolib ketadi. Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra, o‘z vaqtida oliy o‘quv yurtiga kirolmaganlar ham oz emas. Shu bois ularga yana bir imkoniyat berish g‘oyasi tug‘ilgan.
Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/188957_obscherespublikanskoe_testirovanie_dvajdyi_vgod_zachem_eto_nujno/
Inson huquqlari
Amnesty International xalqaro tashkiloti 2020 – 2021-yillarda jahonda inson huquqlariga rioya etilishiga oid hisobotni e’lon qildi. Hujjatda Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning har biri haqida nimalar deyilgan? Qayerda ahvol og‘ir, qayerda ta’qib uchun fishingdan foydalanilgan va koronavirus vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31192035.html
E’tiboringizga Markaziy Osiyoda “prezidentni haqorat qilganlik uchun” qanday jazo berilsihi haqidagi materialni havola etamiz. Materialda statistik va ekspertlarning ma’lumotlari jamlangan.
Tojikistonda o‘tgan haftada bahorgi chaqiruv boshlandi, shu munosabat bilan ko‘chalarda o‘tgan yillardagi kabi chaqiruv yoshidagi yigitlarga “ov” boshlanib ketgan. Bu safar hukumat yanada surbetlashib, San’at institutining 10 nafar magistranti kuch ishlatib armiyaga olib ketilgan.
Batafsil quyida: https://rus.ozodi.org/a/v-tadzhikistane-snova-oblavy-na-prizyvnikov-v-armiyu-zabirayut-dazhe-studentov/31190851.html
Jamiyat
O‘zbek-qozoq chegarasida savdo-iqtisodiy hamkorlik Xalqaro markazi qurilishi boshlandi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/ekonomika-i-finansy/1193916-na-uzbeksko-kazahskoj-granicze-dan-start-stroitelstvu-mezhdunarodnogo-czentra-torgovo-ekonomicheskogo-sotrudnichestva.html
Suv tanqisligi Turkmaniston aholisi duch kelayotgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik ichimlik suvi ta’minotiga ega emas. Shaharlarda suv ta’minotida tez-tez uzilish bo‘lib turadi, qishloq hududlarida esa ko‘p joylarda markazlashgan suv ta’minoti mavjud emas.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31192994.html
Ijtimoiy markazlar(yetimxona, internatlar, bolalar uylari, o‘quv yurtlarining yotoqxonalari, yotoq joyga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim maktablari)da yashayotgan fuqarolar hududiy prinsip asosida eng yaqin oilaviy shifokorlar guruhi ro‘yxatiga kiritilishi va tibbiy xizmatlarning bepul bazaviy paketidan foydalanishlari mumkin. Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi matbuot xizmati shu haqda ma’lum qildi.
Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/189456_kyirgyizstantsyi_izsotsialnyih_tsentrov_mogut_poluchit_meditsinskie_uslugi_besplatno/
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang