Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 28-mart – 5-aprel.

06.04.2021 • 10:16

Qadrli do‘stim!

E’tiboringizga yangiliklar dayjestini havola etaman. Markaziy Osiyoning muhim voqealari haqida o‘qing va xabardor bo‘ling.

Boshladik!

Talim

Joriy yilning 1-aprelidan 30-apreliga qadar Tojikiston Markaziy banki hamkor tashkilotlar bilan birgalikda GMW2021 xalqaro kampaniyasi doirasida mamlakatda moliyaviy savodxonlik oyligini otkazadi.  

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210401/nbt-vozobnovlyaet-mesyats-finansovoi-gramotnosti-v-tadzhikistane

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi o‘qituvchilar uchun attestatsiya joriy etishni taklif qilmoqda. Hukumatning “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi vazirlik tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/188190_ministerstvo_obrazovaniya_predlagaet_vvesti_attestatsiyu_uchiteley/

O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab kasbiy ta’lim tizimi dual ta’lim prinsipini joriy etadi. O‘quvchilar ta’lim muassasasi bazasida nazariy bilimlarni olishsa, amaliyotni ish joyida o‘tashadi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1192644-s-2021-2022-uchebnogo-goda-ucheniki-ujdut-na-dualnoe-obrazovanie.html

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi o‘rta kasbiy ta’lim davlat tashkilotlarida normativ moliyalashtirishni joriy etishni rejalashtirmoqda. Hukumatning tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga havola etildi.

Tafsilotlar quyida:  https://24.kg/obschestvo/188184_kolledji_stranyi_planiruyut_finansirovat_ponovomu_poryadku/

Inson huquqlari

Tojikiston hukumati imkoniyati cheklangan insonlarni qollab-quvvatlashga qaratilganQulay muhit Davlat dasturini qabul qildi.

Hujjatda kelgusi besh yil ichida nogironlarning turmush darajasini oshirish va imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan koplab chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutilgan.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210331/v-tadzhikistane-reshili-sozdat-ravnie-so-vsemi-usloviya-dlya-invalidov

Jamiyat

Turkmanistonda otgan yili paxta yigim-terimida muntazam ravishda majburiy mehnatdan foydalanilgani yangi hisobotda aks etganidan keyin Britaniya Mustaqil savdo tashabbusi (ETI) jahonning yetakchi savdo brendlarini Turkmanistondan paxta sotib olishni toxtatishga chaqirdi.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31182026.html

1-aprel kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan So‘x tumaniga Qirg‘iziston hududi orqali o‘tuvchi yo‘lning tantanali oshilish marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘x tumani O‘zbekistonga qarshli hudud bo‘lib, Qirg‘iziston ichidagi anklav hisoblanadi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/sobytiya/1192911-otkryta-doroga-iz-rishtana-v-soh-cherez-territoriyu-kyrgyzstana.html

Turkmanistonda chiqindi konteynerlarini titkilab yurgan, ko‘cha va bozorlarda esa tilanchilik qilayotgan odamlar juda ko‘payib ketgan. Ularning aksariyati ayollar va bolalar. Ayni paytda politsiya ularga qarshi kurashni kuchaytirmoqda. Azatliq muxbirlari hududdagi vaziyat va mahalliya politsiyaning ayrim kurash usullari haqida xabar berishmoqda.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31179808.html

Texnologiyalar

Qozog‘istonliklar vaksinatsiya elektron pasportidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “eGov Mobile ilovasining “Raqamli hujjatlar” bo‘limida vaksinatsiya elektron pasportini ko‘rish mumkin. Unda uch tilda inson qanday preparatlarni, qancha dozada, qaysi sanalarda olgani haqida ma’lumotlar mavjud. Hujjatni talab qilingan joyda namoyish etish va QR-kod yordamida unga kirish mumkin”.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/elektronnyj-pasport-vakcinacii-ot-covid-19-uzhe-dostupen-v-prilozhenii-e-gov-mobile

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.