Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 15-22-mart.

24.03.2021 • 09:52

Qadrli dostim!

 

Sizni va yaqinlaringizni Qozogistondagi Nauriz, Qirgizistondagi Nooruz, Ozbekiston va Tojikistondagi Navroz, Turkmanistondagi Novruz bayrami bilan tabriklayman! Yangi yil nuborak bolsin!

 

Barcha g‘am-tashvishlar ortda qolib, bu yog‘iga faqat omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Etiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bolgan muhim voqea-hodisalar haqidagi yangiliklar dayjestini havola etaman.

Boshladik!

 

Talim

Qirgiziston hukumati 1-sentabrdan Maktab ligasishartli nomi ostidagi loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mamlakatning barcha hududlaridagi maktablarning oqituvchilari bilan videokonferensiya aloqasi shaklida otkazilgan yigilish davomida Bosh vazirning birinchi orinbosari Artyom Novikov shu haqda malum qildi.

Tafsilotlar quyidagi havolada:

https://24.kg/vlast/186928_vkyirgyizstane_poyavyatsya_shkolnyie_ligi_chtobyi_vyiyavlyat_talantlivyih_sportsmenov/

Tojikistonlik 11-sinf o‘quvchisi QS talqini bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi universitetlarning TOP-15 taligiga kiruvchi Dyuka universitetining (Duke Kunshan University) Osiyodagi kampusida o‘qish uchun 223 ming AQSh dollari miqdoridagi ta’lim  grantini yutib oldi. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210323/kak-shkolnik-iz-tadzhikistana-viigral-grant-223-tisyachi-dlya-obucheniya-v-universitete-dyuka

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi shahar birinchiligida o‘smir yigitcha g‘olib bo‘ldi. 51 kishi ishtirok etgan erkaklar o‘rtasidagi chempionat shov-shuvli tarzda yakunlandi: 13 yoshli Jaloliddin Ilhomiy 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib kattalar o‘rtasidagi musobaqa g‘olibiga aylandi.

Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://www.asiaplustj.info/ru/news/sports/20210316/v-chempionate-dushanbe-po-shahmatam-13-letnii-yunosha-viigral-chempionat-vzroslih

O‘zbekistondagi 175 ta maktabda fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar ochiladi. Prezidentning yangi qarorida shu haqda so‘z boradi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1191962-v-175-shkolah-uzbekistana-budut-sozdany-klassy-s-uglublennym-izucheniem-fiziki.html

Turkmanistonning Ashxobod shahridagi o‘rta maktablarning birida yuqori sinf o‘quvchilari yig‘ilib 8-martni bayram qilishgani, hamda o‘quvchi qizlardan biri tilanchilik qilayotgani aniqlangani munosabati bilan politsiya tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31152198.html

Bugungi kunda Qirg‘izistondagi maktablarning 25,5 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, bu esa bolalar o‘rtasida turli kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Mamlakatning barcha hududlaridagi maktablarning o‘qituvchilari bilan videokonferensiya aloqasi shaklida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov shu haqda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, taxminan 75 foiz maktablar ichki sanuzellarga (hojatxonalarga) ega emas, bu esa sanitariya-gigiyena talablariga zid, 65 foiz maktablar esa issiq suv ta’minotiga ulanmagan.

Tafsilotlar quyida:

https://24.kg/vlast/186931_vkyirgyizstane_kajdaya_chetvertaya_shkola_neimeet_dostupa_kchistoy_pitevoy_vode/

 

Jamiyat

Yakshanba kuni Turkmaniston mamurlari byudjet tashkilotlari xodimlari, oquvchilar, talabalar va askarlarni barcha tuman, shahar va qishloqlarda, shuningdek fermerlar birlashmalarida hududlarni tozalashga va daraxt kochatlari ekishga majburiy jalb etishdi.  Buyruqqa boysunmagan xodimlarga ishdan boshatish, oquvchi va talabalarga esa ikkinchi yilga qoldirib yuborish bilan tahdid qilinmoqda.

Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31163984.html

 

Texnologiyalar

Turkmanistonda hali ham VPN bilan bog‘liq muammolar davom etmoqda. VPN orqali saytlarga kirishdagi qiyinchiliklar haqida Azatliq o‘quvchilari ham xabar berishmoqda. Poytaxtda va viloyatlarda servis xizmatlari ishlamayapti yoki tezligi juda ham past. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31155272.html

Google Translate ovozli tarjimon tizimida qozoq tili ham paydo bo‘ldi. Servisdan barcha qurilmalar uchun brauzer orqali foydalanish mumkin, ilovada esa u hozircha faqat iOS platformasidagina ishlamoqda.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/google-translate-zapustil-golosovoi-perevod-s-kazaxskogo

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.