Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 8-15 mart

16.03.2021 • 05:27

Qadrli do‘stim!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan muhim voqea-hodisalar haqidagi yangi dayjestni havola etaman.

Boshladik!

Ta’lim

Har yili mart oyining birinchi yakshanbasida Xalqaro bolalar televideniye va radiosi kuni nishonlanadi. Bu yil ushbu sana yettinchi martga to‘g‘ri keldi. Sovet davrida yashaganlar Markaziy televideniye yakshanba tongidagi dasturlarini to‘liq bolalarga bag‘ishlaganini yaxshi eslashadi. Shu kuni multfilmlar, “ABVGDyeka” kabi ko‘rsatuvlar, ish kunlari esa kechki dasturlarda albatta “Oqshom ertaklari” (Xayrli tun, bolajonlar!) namoyish etilardi. Va, shubhasiz, Valya xola boshlovchiligidagi “Ertak huzurida mehmonda” bo‘lardi. Keyinchalik, 90-yillarda nafaqat bolalar (“Changalzorlar chorlaydi”), balki o‘smirlar uchun ham “O‘n olti yoshgacha va undan kattalar”, “Yulduzli onlar” kabi yaxshi dasturlar tayyorlanadigan bo‘ldi. Hozir zamon o‘zgarib ketdi. Bolalar uchun mo‘ljallangan butun boshli kanallar, yana bitta emas, balki o‘nlab kanallar efirga chiqmoqda. 0 dan 16 yoshgacha bo‘lgan auditoriya uchun Markaziy Osiyoda aniqrog‘i - Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda qanday dasturlar tayyorlanmoqda?

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210310/put-abaya-belie-bantiki-i-nasha-gordost-programmi-dlya-detei-na-telekanalah-tsentralnoi-azii

Qirg‘iziston Ta’lim vazirligida talabalar qachon offlayn o‘qishga qaytishini aytishga qiynalishmoqda. Buning sababi nimada? Javobni quyidan topasiz: https://24.kg/agent_024/186129_vminobrazovaniya_nemogut_nazvat_datu_vozrascheniya_koflayn-obucheniyu_studentov/ 

Qirg‘iziston maktablarida nogironligi bor bolalarga hamrohlik qilish uchun tyutorlar paydo bo‘lishi mumkin. Ta’lim vazirligi boshqarmasi mutaxassisi Saltanat Mambetovaning ta’kidlashicha, 2023-yilgacha mo‘ljallangan inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasida ta’lim jarayonida bolani kuzatib yurish xizmatini joriy etish nazarda tutilgan.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/185901_vshkolah_mogut_poyavitsya_tyutoryi_dlya_soprovojdeniya_detey_sinvalidnostyu/

Inson huquqlari

Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputati Mavludaxon Mirzozodaning ma’lum qilishicha, Tojikiston Respublikasi Oila kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarning erkinligi va jinsiy dahlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, hamda g‘arazli maqsadlarda fohishaxonalar tashkil qilish va ularni saqlash yoki qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan shaxslarga taalluqli bo‘ladi. Huquqshunoslar esa o‘zgartirishlar bolalarning huquqlarini buzishini ta’kidlashmoqda.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210312/lishat-roditelskih-prav-v-tadzhikistane-planiruyut-nasilnikov-sutenerov-i-derzhatelei-pritonov

11-martda Tojikistonda Matbuot kuni nishonlandi. Tojik matbuoti o‘zining bir asrdan oshgan bayramini nimalar bilan qarshi oldi hamda u o‘zining asosiy vazifasini bajarayaptimi – xalqning o‘y-fikrlarini, orzu-umidlarini aks ettirayaptimi.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210311/dumaem-ob-odnom-pishem-o-drugom-kak-vstrechayut-zhurnalisti-tadzhikistana-den-pechati

Fevral oyida Turkmanistonda istiqomat qiluvchi 60 yoshdan oshgan ayrim ayollar va oilasida nogironlar borlar haydovchilik guvohnomasi olishdi, lekin aksariyat ayollarning arizalarini ko‘rib chiqish cho‘zilib bormoqda.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31147479.html

Qirg‘iziston Mehnat kodeksiga ish joylaridagi  tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Kon-metallurgiya kasaba uyushmasida shu haqda ma’lum qilishdi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligida ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik masalalari yuzasidan “Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘grisida”gi qonun loyihasini muhokama qilish bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Batafsil quyidahttps://24.kg/obschestvo/186119_zapret_nadomogatelstva_narabote_vtrudovoy_kodeks_vnesut_izmeneniya/

Jamiyat

Koronavirus Markaziy Osiyoga epidemiya ko‘plab mamlakatlarda avjiga chiqqanda kirib keldi. Hududdagi mamlakatlar mart oyi o‘rtalarida bir necha kun farq bilan ilk kasallar ro‘yxatga olingani haqida xabar berishdi. Oldin Qozog‘iston, keyin O‘zbekiston, so‘ngra Qirg‘iziston buni ma’lum qildi, Tojikiston esa uzoq vaqt mamlakatda kasallanganlar borligini inkor etib keldi. Hukumat faqatgina aprel oyi oxirida – mamlakatga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi tashrifi arafasida virus mavjudligini tan olishga majbur bo‘ldi. Koronavirus bilan o‘tgan bir yil.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210313/god-s-koronavirusom-kak-strani-tsentralnoi-azii-perezhivali-pandemiyu

Prokuratura tergovchilari Turkmaniston kasalxonalarining tug‘ruq bo‘limlarida so‘nggi olti oyda qonuniy abortlarda ishtirok etgan akusher-ginekologlarning faoliyatini tekshirishmoqda. Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31140956.html

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bo‘lgan yoshlar B va C toifadagi haydovchilik guvohnomalarini bepul olishlari mumkin bo‘ladi.

Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1190747-molodezh-smozhet-besplatno-poluchit-voditelskie-prava.html

Qozog‘istonda imkoniyati cheklangan insonlarning mahsulotlar olish va xizmatlardan foydalanish uchun har yili ariza topshirishi bekor qilindi, deyiladi QR Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining xabarida. Shuningdek, endi shaxsiy yordamchi kuzatuvi varaqasini va imo-ishoralar tili mutaxassisi xizmatidan foydalanish varaqasini ijtimoiy xizmatlar portalida ERI orqali kelishish imkoniyati ham tartibga solindi.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/dlya-kazahstancev-s-invalidnostyu-otmenili-ezhegodnuyu-podachu-zayavlenij-na-poluchenie-tovarov-i-uslug

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.