Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 1-7 mart

09.03.2021 • 12:02

Hammaga salom!

Barcha xotin-qizlarni bahor va baxt ayyomi bilan qutlayman!

Endi esa e’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan muhim voqea-hodisalar haqidagi yangi dayjestni havola etaman.

Boshladik!

 

Ta’lim

O‘zbekistonning har bir hududida ijarada va yaqin qarindoshlarinikida yashovchi talabalarning monitoringi bilan shug‘ullanadigan ishchi guruhlar tuziladi.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1189731-studenty-zhivushhie-na-kvartirah-okazhutsya-pod-nablyudeniem-rabochih-grupp.html

Qirg‘izistonlik barcha o‘quvchilar 1-apreldan boshlab an’anaviy shakldagi o‘qishga qaytishadi. Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining xabar berishicha, maktab ta’limining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov shu haqda ma’lum qilgan.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/vlast/185623_s1aprelya_vse_shkolniki_postrane_pereydut_nauchebu_vtraditsionnom_formate_/

COVID-19 munosabati bilan ko‘plab mamlakatlar maktablarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Buning oqibatida butun dunyoda taxminan 168 million nafar bola bir yil mobaynida maktabga borish va u yerda o‘qituvchilari va tengdoshlari bilan muloqot qilish inkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Taxminan 214 million bola – yoki dunyodagi har yetti bolaning biri kunduzgi ta’limning uchta choragidan ko‘prog‘ini o‘tkazib yubordi. Qirg‘iziston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat haqida batafsil quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/185424_yunisef_kajdyiy_sedmoy_rebenok_propustil_bolee_treh_chetvertey_ochnogo_obucheniya/

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi bo‘yicha o‘quv dasturi kiritiladi.

Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1189792-v-ryade-vuzov-uzbekistana-vnedryaetsya-uchebnaya-programma-po-palomnicheskomu-turizmu.html

 

Inson huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  Yevropa Tiklanish va Taraqqiot banki (YeTTB) va gender tengligi bo‘yicha Milliy komissiya bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan gender xususiyatlarini hisobga olgan holda tartibga soluvchi ta’sirni baholash tizimini joriy etish yuzasidan 2021-ylga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini tasdiqladi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun inqilobiy voqelik, chunki O‘zbekiston “gender linzasi”, ya’ni yangi qoidalar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlikni ko‘paytirishi, ushlab turishi yoki kamaytirishini tadqiq etuvchi yangi vositani joriy etgan hududdagi ilk mamlakatga aylanmoqda.

Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1190038-uzbekistan-pervym-v-regione-cza-vnedryaet-gendernuyu-linzu.html

Freedom House huquqni himoya qilish tashkilotining ma’lum qilishicha, 2020 yilda butun yer yuzini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi, iqtisodiy beqarorlik va nizolar jahonda erkinlik darajasining pasayishiga sabab bo‘lgan.

Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31131482.html

Hisobotga havola: https://freedomhouse.org/report/freedom-world/2021/democracy-under-siege

 

Jamiyat

Facebook Ireland Ltd kompaniyasi 2-mart kuni Tojikiston hukumati huzuridagi Soliq qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tdi. Mamlakat soliq idorasining xabar berishicha, kompaniya http://www.andoz.tj sayti orqali QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Soliq qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida xorijiy kompaniyalarga respublika soliq qonunchiligiga rioya etishlarida yordam ko‘rsatishga hamda zaruratga qarab biznes hamjamiyatiga zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20210303/facebook-zaregistrirovalsya-v-tadzhikistane-v-kachestve-nalogoplateltshika

Qirg‘iziston “Covid-19 siz sayohat qilaman” nomli raqamli platformaga qo‘shildi. Platformaga akkreditatsiyadan o‘tgan ikkita – kasalliklar profilaktikasi va davsanepidemnazorat departamrenti(Bishkek)dagi hamda davsanepidemnazorat markazi(O‘sh)dagi davlat laboratoriyasi test rejimida ulangan.

Batafsil quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/srok-vuezda-v-rossiyu-po-prilozheniyu-puteshestvuyu-bez-covid-19-prodlili-na-mesyac-k-platforme-prisoedinilsya-kyrgyzstan

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.