Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2020 yil 11 – 18 avgust

17.08.2020 • 08:27

Migrantlar

Koronavirus pandemiyasi sabab Ozbekison-Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolgan 200 nafardan ortiq Tojikiston fuqarosi vataniga qaytdi.  Bu haqsa batafsil quyidagi havola oqrali tanishishingiz mumkin.    

Tojikiston TIVning xabariga ko‘ra, COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha Respublika shtabi tomonidan 2020 yil 16 avgustdan 31 avgustgacha Rossiyadan Tojilistonga 55 ta qo‘shimcha charter reyslarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu haqsa batafsil quyidagi havola oqrali tanishishingiz mumkin.

 

Ta’lim

Tojikistonlik abituriyentlar 2020 yil kuz faslidan boshlab «Rossiyada ta’lim ol!» ta’lim onlayn servisidan foydalanishlari va masofadan turib rossiyalik pedagoglardan maslahatlar olishlari mumkin bo‘ladi. Platformadan kimlar va qanday foydalanishi mumkinligi haqida quyidagi havoladan bilib olish mumkin.   

Tojikistondagi barcha oliy oquv yurtlari talabalari imtihonsiz keying kursga kochirildi. Mamlakat TFV shu haqda xabar berdi. Ammo bitta masala bor. Bu haqda quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.  

Yangi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi 1200 ta maktabda qog‘oz shaklidagi kundalik va sinf jurnallari bekor qilinadi. Xalq talimi vazirligi matbuot xizmati shu haqda  xabar qildi. Boshqa maktablarda nima bo‘lishi haqida quyidagi havoladan bilib olishingiz mumkin.

O‘zbekistonlik abituriyentlar barmoq izlari asosida identifikatsiya qilinadi. Bu jarayon qachon va qanday amalga oshirilishi haqida quyidagi  havoladan bilib olish mumkin.

Qirg‘izistonda boshlang‘ich sinflar an’anaviy tartibda o‘qishadi, boshqalar esa – onlayn  rejimida. Bu haqda K.Boronov malum qildi. Batafsil quyidagi havolada.

Qozog‘istonda davlat grantlari sohiblari ro‘yxati e’lon qilindi. 2020 yilda YMTni topshirish istagida bo‘lganlar soni rekord darajaga yetib, 131 754 nafarni tashkil etdi, jami abituriyentlarning 82 %  bu yilgi bitiruvchilardir. Batafsil quyidagi havolada.  

 

Adabiyot va sanat

Dushanbe shahridagi kasalxonada taniqli tojik shoiri, Tojikiston Madhiyasi matni muallifi Gulnazar Keldi 75 yoshida vafot etdi. Maqola quyidagi havolada.

O‘zbekistonda koronavirus haqida hujjatli film suratga olinmoqda. Tasvirga olish ishlari Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shahrida olib borilmoqda. Filmda bemorlar va ehtiyojmandlarga yordamga kelishga tayyor bo‘lgan shifokorlar, IIV va Milliy gvardiya xodimlari hamda ko‘ngillilar haqida hikoya qilinadi. Batafsil ma’lumot quyidagi havolada. 

Qirg‘izistonda birinchi yarim yillikda mamlakat kutubxonalarining virtual o‘quvchilari soni 2 million 200 ming kishini tashkil etdi. Virtual kitoblarni kimlava qanday o‘qigani haqida quyidagi havoladan bilib olishingiz mumkin.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 11 nafar horijlik fuqaroni Abay Qo‘nonboyev merosini targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun taqdirladi. Mukofotlanganlar orasida XXR, Eron, Armaniston, Rossiya, Braziliya, Ispaniya, Irlandiya, Misr, Turkiya, Germaniya fuqarolari bor. Maqolaga havola  quyida.

 

Pandemiya

Koronavirus haqidagi yolg‘on xabarlar 2020 yilning dastlabki uch oyida kamida 800 kishining umriga zomin bo‘ldi. Shuningdek, salkam 6 ming kishi kasalxonaga tushib qoldi, 60 kishi esa ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi.  AmericanJournalofTropicalMedicineandHygiene ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda shu haqda soz boradi.

Tadqiqotga havola quyida.

Maqolaga havola quyida

 

Yoshlar

Samarqandda o‘tkazilgan veb-forum doirasida «Yoshlar 2020: Global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Hujjatda davlatlarga yoshlarga jamiyat hayotida to‘liq, samarali va ahamiyatli tarzda ishtirok etish borasida o‘zlarining haqiqiy imkoniyatlarini baholshda yordam beradigan strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha murojaat o‘z aksini topgan.

Hujjatda tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini ilgari surishda yoshlarning o‘rni va roli muhimligi hamda ularning qarorlar qabul qilish jarayonida faol, sermazmun va inklyuziv ishtiroki zarurligi ta’kidlanadi. Batafsil quyidagi havolada.

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.