Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

12-13 avgust yangiliklari

14.08.2020 • 08:56

O‘zbekistonda karantin choralari qay tarzda yumshatiladi

O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin choralari yumshatiladi. Bu jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich - 15 avgust

- Avtomobillar harakatiga qo‘yilgan cheklov olib tashlanadi, qahvaxona va restoranlarning yozgi ochiq ayvonlari ishlashiga ruxsat beriladi, bunda stollar orasidagi masofa 2 metrdan kam bo‘lmasligi va bitta stol atrofida 4 kishidan ko‘p odam o‘tirmasligi talab etiladi.   

Quyidagilarning faoliyati tiklanadi:

- mamlakat ichida avia va temir yo‘l qatnovlari;

- xususiy maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari;

- sanatoriya, pansionat, bolalar oromgohlari;

- mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, xostellar va boshqa dam olish maskanlari;

- muzeylar;

- go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar.

Xonadonda 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan mehmonlar ishtirokida oilaviy bayramlar, to‘ylar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat beriladi.

 

Ikkinchi bosqich — 17 avgustdan boshlab

 

Viloyatlararo avtotransport harakati hamda shahar ichida va shahar atrofiga qatnovchi avtobuslar faoliyati qayta tiklanadi (metrodan tashqari), ish kunlari diniy muassasalar faoliyatiga ruxsat beriladi.

 

Uchinchi bosqich — 20 avgustdan boshlab

Buyum bozorlari va yirik do‘konlar, sport zallari va fitnes-klublari, trenajyor zallari va suv havzalari faoliyati qayta tiklanadi. Bunda ushbu muassasalarning dezinfeksiya tunellari va pirometrlar bilan jihozlanishi talab etiladi.

 

Cheklovlar:

Davlat tashkilotlari va muassasalarida yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlanadi, zarurat bo‘lganda faqat videokonferensiya tarzida o‘tkazish mumkin.

Quyidagilarning faoliyatiga ruxsat berilmaydi:

- istirohat bog‘lari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert va banket zallari;

- tungi klublar, diskotekalar, spa va massaj salonlari, karaoke, bilyard zallari;

- chilim va kompyuter zallari.

 

Manba: http://uza.uz/ru/politics/opredeleny-mery-po-poetapnomu-smyagcheniyu-trebovaniy-karant-12-08-2020

 

 

O‘zbekistonlik abituriyentlarni imtihonlarda qanday o‘zgarishlar kutmoqda

O‘zbekiston tarixida birinchi marta kirish imtihonlari 2 – 14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 13 kun davomida bakalavriatga kirish uchun imtihonlari ikki smenada respublika viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi markaziy stadionlarda bo‘lib o‘tadi.

Ertalabki smena 8:00 dan 10:00 gacha, kechki smena 17:00 dan 19:00 gacha.

 

Har 30 ta test savoli uchun 90 daqiqa, jami 60 ta savol uchun 180 daqiqa vaqt beriladi (javob varaqalarini to‘ldirish ham shu vaqt ichida).

Bu yil barcha davlat oliy o‘quv yurtlari IELTS Indicator sertifikatlarini qabul qiladi.

IELTS B2 va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan abituriyentlarga chet tilidan eng yuqori ball qo‘yiladi.

Test natijalari imtihonning ertasi kuni e’lon qilinadi.

2020 yilda jami 1,48 million nafar abituriyent imtihon topshiradi.

Birinchi kursga qabul qilingan talabalar o‘qishni 2020 yil 1 oktabrdan boshlashadi.

Manba: https://t.me/aoka_uz

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.