Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari svodkasi

13.08.2020 • 20:05

IT
Tojik hukumati internet sekin ishlashining bosh sababi- Tojikistonning geografik joylashuvi deb hisobla
ydi. Biroq mustaqil ekspertlar bu xulosaga qo‘shilishmayapti. Tafsilotlar «Radio Ozodi» saytida.

Tokayevning feykli Facebook-
akkauntidan pullik yutuqlar va’da qilishgandi. Noma’lum shaxslar mamlakat prezidenti nomidan go‘yoki “koronavirus pandemiyasi vaqtida xalqni qo‘llab-quvvatlash uchun” pul mablag‘lari o‘yinini amalga oshirishgan. Buning uchun foydalanuvchilarga o‘z nomlarining bosh harfini jo‘natish va xabarni repost qilish taklif etildi. Bu birinchi shaxslar nomidan feykli akkauntlar ochilayotganligining birinchi holati emas.

Ekologiya
Tojik hukumati xitoy texnologiyalari ekologiyaga zarar yetkazishini tan oldilar, biroq ularning fikricha «hali qizil chiziqqacha yetib kelingani yo‘q». Tafsilotlar bilan
mana bu havola bo‘yicha tanishish mumkin.

Qizilqumning qumlari Toshkentgacha yetib keldi. Qumlar O‘zbekiston poytaxtini egallab olishi mumkinligi va bu fuqarolar hamda iqtisodiyot uchun qanday xavf tug‘dirishi to‘g‘risida
bu yerda o‘qing.

COVID-19 pandemiyasi
Tojikiiston prezidenti E. Raxmon niqob rejimini buzganlik va pandemiya to‘g‘risida yolg‘on axborot berganlik uchun solinadigan jarimalarni qo‘llab-quvvatladi. Endi mamlakatda jamoat joylarida niqob taqmaganlik uchun 116 somonidan 290 somonigacha (AQSh ning 11,24 dollaridan 28,11 dollarigacha) jarima, OVA orqali pandemiya to‘g‘risida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun esa quyidagi jarima sanksiyalari ko‘zda tutilgan: jismoniy shaxslar uchun –580 somonidan (56,22 AQSh dollari), va yuridik shaxslar uchun 11 ming 600 somonigacha (1124,42 AQSh dollari). Batafsil
bu yerda o‘qing

Delo№ qirg‘iz gazetasi fikriga qaraganda, aynan amerikaliklar evakuatsiya qilinganidan keyin mamlakatga koronavirus epidemiyasi yopirib keldi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra Bishkekdagi AQSh Elchixonasi o‘z xodimlarini oldindan bila turib ommaviy evakuatsiya qildi. Respublikadan 31 ta amerika diplomati chiqib ketdi. Ular orasida— elchixona rezidenturasida diplomatik niqob ostida ishlagan 3 ta MRB (Markaziy razvedka Boshqarmasi) xodimi ham bo‘lgan. Batafsil
bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Qozog‘istonda koronavirusdan birinchi vaksinatsiyani amalga oshirishdi. Emdorini birinchi qabul qilgan qozog‘istonlik bo‘lib Markaz direktori Qaysar Tabinov bo‘ldi. Unga COVAX-19 preparati kiritildi..Vaksina Avstraliyada ishlab chiqarildi va hozirgi vaqtda klinik sinovlarning
birinchi fazasidan o‘tmoqda.

Ta’lim
Qirg‘iziston ta’lim vazirligi yangi o‘quv yilida ta’lim olishning uchta ssenariysini ishlab chiqdi. Birinchi ssenariy masofaviy formatda o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha algoritmlar, qadamlar va tavsiyalarni ko‘zda tutadi. Ikkinchisi – sirtqi-masofaviy ssenariy bo‘lib, u offlayn rejimi bilan birgalikda masofaviy texnologiyalarning qo‘llanilishini ko‘zda tutadi. Agar vaziyat yanada maqbulroq bo‘lib qolsa, biroq shu vaqtning o‘zida ta’lim jarayonini ta’minlashga imkon beradigan faktlar mavjud bo‘lsa ikkinchi ssenariy qo‘llaniladi. Uchinchi ssenariy –o‘quv jarayonini an’anaviy formatda tashkil etishdir. Koronavirus yangi qo‘zg‘ashini profilaktikasi doirasida, an’anaviy o‘qitishda o‘quv muassasalariga sanitariya talablarini ijro etish uchun algoritmlar va tavsiyalar beriladi.

Qozog‘istonda respublika ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra «o‘quv yili boshlanishi bilan masofaviy formatda 2,6 mln o‘quvchi ta’lim oladi». Avvalroq Qozog‘istonda qirg‘iz ssenariysini qo‘llash to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishlar bo‘lgan edi, biroq aniq qaror hali qabul qilinmadi. Batafsil
bu yerda o‘qing.

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilini masofaviy qilib boshlash rejalashtirilmoqda. Xuddi qo‘shni mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston ta’lim vazirligi o‘qitishning uchta variantini
taklif qilmoqda.

Tojikistonda yangi o‘quv yilini sanitariya me’yorlari va ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda 17 avgustdanoq boshlash rejalashtirildi. Tojik o‘quvchilari qanday ta’lim olishi to‘g‘risida
bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.