Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 25.01 - 01.02.2021-yil.

02.02.2021 • 10:55

Qadrli dostim!

Haftangiz yaxshi otdimi? Kundan kunga havo ilib borayotganini sezayapsizmi, bu – bahor yaqinligidan darak! Yashasin! Bir oydan keyin sovuq kunlar tugaydi….  

Endi esa sizga otgan haftada Markaziy Osiyo davlatlarida sodir bolgan voqealar haqida sozlab beraman.

Boshladik!

 

Ta’lim

Tojikistonlik yil o‘qituvchisi o‘quvchilariga shifokor bo‘lishlarida yordam bermoqda. Azizbekning so‘zlariga ko‘ra, garchi o‘qituvchi bo‘lishni u bolalikdan orzu qilgan bo‘lsada, hayotining qaysidir davrida boshqa kasbni tanlashi ham mumkin edi. Tafsilotlar havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210126/kak-uchitel-goda-v-tadzhikistane-pomogaet-svoim-uchenikam-stat-vrachami

Tajrupt.ai Tojikistondagi ilk sun’iy intellekt akademiyasini(AI Academy) ishga tushirmoqda, u yerda o‘quvchilar va talabalar sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish sohasiga o‘qitiladi va tayyorlanadi. Shundan so‘ng istiqbolli mutaxassislar Tojikistonning yetakchi kompaniyalarida malaka oshirishadi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210128/tajruptai-zapuskaet-v-tadzhikistane-pervuyu-akademiyu-iskusstvennogo-intellekta

«O‘zbekkino» Milliy agentligida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.  Endi O‘zbekiston talabalari «O‘zbekkino»ning loyihalarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Batafsil quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1186434-studenty-uzbekistana-smogut-prinimat-uchastie-v-proektah-uzbekkino.html

Turkmanistonning sharqiy hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning axloqiy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar faollashgan. Maktablarda ta’lim boshqarmasi, politsiya va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Amaldorlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar va xorijiy TV o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tafsilotlar havolada: https://rus.azathabar.com/a/31075710.html

2021-yilda Rossiya o‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga kirishi uchun o‘rinlar sonini sezilarli darajada oshirdi. Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 405 nafar o‘zbekistonlik bepul ta’lim olishi mumkin. Tafsilotlarni quyida o‘qing: https://nuz.uz/obschestvo/1186488-rossijskie-vuzy-pochti-vdvoe-uvelichili-kvoty-dlya-besplatnogo-obucheniya-uzbekistanczev.html

Turkmaniston milliy xavfsizlik vazirligi ingliz tilida erkin gaplasha oladigan talabalarni joriy yil Ashxobodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro sport musobaqalariga tayyorlamoqda. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31073983.html

Inson huquqlari

Media Polisi Instituti ekspertlari Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritishni taklif etishmoqda. Jumladan, uning «Irqiy, etnik, milliy, diniy yoki hududlararo nizo keltirib chiqarish» deb nomlangan 313-moddasiga . Huquqshunos Akmal Alagushevning so‘zlariga ko‘ra, agar inson ushbu modda bo‘yicha birinchi marta tergovga tortilayotgan bo‘lsa, uning xatti-harakatini nojo‘ya ish sifatida malakalash mumkin. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/181561_vozbujdenie_etnicheskoy_vrajdyi_ekspertyi_predlagayut_popravki_vugolovnyiy_kodeks/

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Tojikiston favqulodda vaziyatlar Qo‘mitasi bilan hamkorlikda respublikadagi ko‘plab xavflarni baholashning birinchi Umummilliy platformasini ishga tushirdi. Platforma manfaatdor tomonlar, xavflarni baholovchi mutaxassislar va qarorlar qabul qiluvchi shaxslar tomonidan landshaft rejalashtirilishini yaxshilash uchun xavflarni vizual tahlil qilish vositasi sifatida qo‘llashga mo‘ljallangan. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/20210129/v-tadzhikistane-zapustili-pervuyu-onlain-platformu-otsenki-riskov-opasnostei

Turkmanistonda politsiya va xavfsizlik kuchlari islom aqidalariga amal qiladigan shaxslarni ta’qib qilishni kuchaytirmoqda, ularni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga va soqollarini olishga majbur qilishmoqda. Ozodlik radiosi muxbirlarining xabar berishlaricha, reydlar tizimli ravishda o‘tkazilmoqda, lekin hozirda xavfsizlik kuchlari dindor fuqarolarni aniqlashda chaqimchilardan keng foydalanmoqda.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31066235.html

Jamiyat

Qozogiston hukumatining xabar berishicha, qozoq tili alifbosini lotin grafikasiga orkazish boyicha Milliy komissiya yigilishida lotin imlosidagi qozoq alifbosining yangi varianti taqdim etilgan.  Tafsilotlar havolada: https://informburo.kz/novosti/novyj-variant-kazahskogo-alfavita-na-latinice-prezentovali-v-pravitelstve

5 yoshli tojik qizi Yekaterinburgdagi bolalar bog‘chasida do‘stlik festivalining tashabbuskori bo‘ldi. «Asrlarga tatigulik do‘stlik – bolalar bog‘chasida Tojikiston Milliy kuni» nomli Tojikiston-Rossiya do‘stlik festivali Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri Kirov tumanidagi 208-sonli bolalar bog‘chasida bo‘lib o‘tdi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210130/5-letnyaya-tadzhikskaya-devochka-stala-initsiatorom-festivalya-tadzhiksko-rossiiskoi-druzhbi-v-detsadu-ekaterinburga

O‘zbekistonda joriy yil 1-fevraldan barcha turdagi oylik yo‘l chiptalari (o‘quvchilar, talabalar, pensionerlar uchun hamda umumiy foydalanishdagi) sotuvga chiqarilmaydi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1186041-v-uzbekistane-ostanovyat-prodazhu-bumazhnyh-proezdnyh.html

Transparency International ning dunyodagi korrupsiya holati bo‘yicha 2020-yil uchun yangi hisobotida Turkmaniston 180 ta davlat orasida  165-o‘rindan joy oldi. Turkmaniston 100 ballik tizimda 16 ball to‘plab, «Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo» hududida korrupsiya darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Batafsil quyidagi havolada tanishing: https://rus.azathabar.com/a/31074365.html

Pandemiy

Turkmanistonda «Vektor» virusologiya va biotexnologiyalar Davlar ilmiy markazida yaratilgan ikkiinchi Rossiya vaksinasi ham royxatga olindi.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/turkmenistan-pervym-v-mire-zaregistriroval-rossijskuyu-vakcinu-epivakkorona

Bugun (1-fevral) Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash boshlanadi.  

Batafsil quyida o‘qing: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-nachinaetsya-vakcinaciya-naseleniya-protiv-covid-19

O‘qish uchun xorijga chiqib ketayotgan turkmanistonlik talabalar koronavirusga qarshi borayotgan davlatlarida qo‘llanilayotgan vaksinaga muvofiq emlanadilar. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 28-yanvar kuni o‘tkazilgan ishchi yig‘ilish davomida Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vaziri Nurmuhammet Amannepesovga shu haqda topshiriq berdi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210129/v-turkmenistane-nachnut-vaktsinirovat-studentov-viezzhayutshih-na-uchyobu-za-rubezh

Ekologiya

Jahondagi yirik shaharlarning havo sifati bo‘yicha World Air Quality reytingida Bishkek birinchi o‘rindan joy olgan. 8.30 bo‘yicha shaharning maqomi «xavfli» (hazardous) deb baholangan. Sayt ma’lumotlariga ko‘ra, havo sifati indeksi 497 (AQI) ga teng.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/181281_zagryaznenie_vozduha_vbishkeke_uroven_ostaetsya_opasnyim_dlya_zdorovya/

Qirg‘izistonlik 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 62 foizi iqlim o‘zgarishini kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish talab etiladigan global muammo, deb hisoblaydi.  So‘rov asosida bugun «Iqlim masalalari bo‘yicha xalq ovoz berishi» natijalari e’lon qilindi. 50 ta mamlakat va dunyo aholisining yarmidan ko‘pini qamrab olgan tadqiqotda 18 yoshgacha bo‘lgan yarim milliondan ortiq inson, shu jumladan qirg‘izistonliklar ham ishtirok etishdi. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/181518_dve_treti_yunyih_kyirgyizstantsev_schitayut_izmenenie_klimata_globalnoy_problemoy/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.