Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Telegramda yangi funksiyalar

28.01.2021 • 11:13

Telegram iOS uchun 7.4 yangilashni chiqardi, uning yordamida foydalanuvhcilar  oz yozishmalari tarixini boshqa serverlar, jumladan WhatsAppdan kochirib otkazish imkoniyatiga ega bolishdi, deb yozmoqda RBK.

Endi yozishmalar tarixini boshqa ilovalar – masalan, WhatsApp, Line yoki KakaoTalkdan  Telegramga ko‘chirib o‘tkazish mumkin.   

Bundan tashqari, messenjer foydalanuvchilarida bir qator yangi funksiyalardan foydalanish imkoniyati ham paydo bo‘ladi, jumladan:  

  • barcha ishtirokchilar guruhlarni, chatlar ro‘yxatidan maxfiy chatlarni, shuningdek qo‘ng‘iroqlar tarixini o‘chirib tashlashlari mumkin, chatdagi xabarlar bundan mustasno;   
  • ovozli chatlarda ayrim ishtirokchilar uchun tovush balandligini sozlash mumkin;
  • o‘zlarini mashhur insonlar yoki tashkilotlarning rasmiy vakillari sifatida tanishtirayorgan guruhlar yoki kanallar ustidan shikoyat qilish mumkin.

Telegram foydalanuvchilari sonining o‘sishi rekord darajaga yetib, 500 million foydalanuvchini tashkil qilmoqda.

Bu narsa ikkita voqea – WhatsApp messenjeri siyosatining o‘zgarishi va AQShdagi ommaviy tartibsizliklar ortidan o‘sha paytdagi mamlakat prezidenti Donald Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklanishi holati bilan birga sodir bo‘ldi. 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.