Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2021-yil 11-18-yanvar.

26.01.2021 • 09:28

Qadrli do‘stim!

Ishlaringiz yaxshimi?

Ruxsatingiz bilan o‘tgan hafta davomida Markaziy Osiyo davlatlarida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar haqida so‘zlab beraman.

Boshladik!

 

Ta’lim

Turkmanistonda bolalarni rus sinflaridan turkman sinflariga o‘tkazish holatlari ko‘payib bormoqda. Ozodlikning Ashxaboddagi muxbirlarining xabar berishlaricha, bu kelajakda oliy o‘quv yurtiga kirish bilan bog‘liq, ko‘pchilik oliy o‘quv yurtlariga kirishda turkman sinflari bitiruvchilarida imkoniyatlar yuqoriroq bo‘lishiga ishonadi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31062961.html

Toshkent(O‘zbekiston) maktablarida har bir kompyuterga 64 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi – umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning o‘rtacha soni 1304 kishini tashkil etayotgan poytaxtda ahvol shunday. Markaziy Osiyolik tadqiqotchilar hududiy ta’lim tizimlari pandemiya sharoiti va masofaviy o‘qitishga qanday moslashayotganini o‘rganish uchun birlashdilar. Tadqiqot haqida batafsil quyidagi havolada o‘qish mumkin: https://nuz.uz/obschestvo/1185657-obrazovatelnoe-neravenstvo-v-uzbekistane-na-sotnyu-shkolnikov-prihoditsya-tri-kompyutera.html

Rossotrudnichestvoning Tojikistondagi vakolatxonasi 2021/2022-o‘quv yilida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish istagida bo‘lgan Tojikiston fuqarolari va vatandoshlarini ro‘yxatga olishni boshladi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210122/v-tadzhikistane-nachalsya-otbor-uchastnikov-na-obuchenie-v-rossiiskih-vuzah-po-kvote

BRHXJ (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi) mamlakatlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan BRICSMath-2020 IV Xalqaro matematika olimpiadasi go‘liblari e’lon qilindi. Unda 7 mamlakatdan 2 milliondan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi. Qatnashchilar orasida Xo‘jand (Tojikiston) shahridagi iqtidorli bolalar litseyining 22 nafar o‘quvchisi ham bor edi. Ularning 15 nafari birinchi o‘rinlarni olib, medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210122/hudzhandskie-shkolniki-stali-pobeditelyami-mezhdunarodnoi-olimpiadi

Inson huquqlari

Qirgizistonda oiladagi zoravonlik qurbonlari uchun alohida malumotnomalar liniyasi ishga tushiriladi. Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri Aliza Soltonbekova Buyuk Britaniya elchisi Charlz Garret bilan uchrashuvda shu haqda malum qildi.

Tafsilotlarni quyidagi havolada o‘qing: https://24.kg/obschestvo/180891_vkyirgyizstane_zapustyat_otdelnuyu_spravochnuyu_liniyu_dlya_jertv_semeynogo_nasiliya/

Jamiyat

AQShning xalqaro rivojlanish boyicha Agentligi (USAID) “Birgalikda oqiymizloyihasi doirasida joriy yilning birinchi choragi oxirigacha Tojikistondagi 56 ta bolalar kutubxonalariga yangi kitoblar yetkazib beradi

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210122/usaid-prodolzhaet-razdavat-knigi-detskim-bibliotekam-tadzhikistana

Tojikistonning Kitobz.tj loyihasi qulay, qiziqarli va, eng asosiysi, bepul bo‘lishi uchun shahar bo‘ylab “ko‘cha kutubxonalari” o‘rnatib chiqishni rejalashtirgan. Maqsad – odamlarni kitob o‘qishga jalb qilish. Bepul “ko‘cha kutubxonalari” yoki boshqacha aqtganda, “Bukkrossinglar” dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida keng ommalashgan. Istagan kishi o‘ziga ma’qul bo‘lgan kitobni bepul olib ketib, o‘qib bo‘lgach, qaytarib olib kelib qo‘yishi mumkin. Yoki o‘zining boshqa kitobini olib kelib, javonga qo‘yib ketsa ham bo‘ladi. Tafsilotlar havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210120/v-dushanbe-skoro-poyavyatsya-besplatnie-ulichnie-biblioteki

Tojikistonlik blogerlarni soliq xizmatiga taklif etib, ular ijtimoiy tarmoq va Youtubedagi o‘z daromadlaridan soliq to‘lashlari kerakligi haqida ogohlantirishdi. O‘tgan hafta oxirida Instagramda Tojikonshow sahifasini yuritadigan Usmonchon Mirzomurodov xizmatning blogerlarni soliqqa tortish haqidagi xabarnomalari to‘g‘risida Soliq qo‘mitasiga videomurojaat e’lon qilgach, bu haqda ma’lum bo‘ldi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210119/tadzhikskih-blogerov-obyazivayut-platit-nalogi-s-dohoda-na-youtube-facebook-instagram

Qirg‘izistonlik jurnalist-tarjimon Bolotbek Jumaboyev mashhur yozuvchi Paulo Koeloning jahon adabiyoti durdonalaridan biri hisoblanuvchi “Alkimyogar” romanini qirg‘iz tiliga tarjima qildi. Matbuot anjumanida tarjima muallifi shu haqda xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik yozuvchining agentlari bilan tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, roman “Print Ekspress” nashriyotida qirg‘iz tilida chop etilgan.

Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/180635_mirovoy_bestseller_alhimik_pereveli_nakyirgyizskiy_yazyik_/

Sogliq

Qozog‘istonning 4 ta shahrida bolalarni organizmda qo‘rg‘oshin mavjudligiga tekshirish boshlandi. Qo‘rg‘oshinning bola organizmiga tushishi nimasi bilan xavfli ekaniga va biz turmushimizda qayerlarda unga to‘qnash kelishimiz mumkinligiga muxbirlar aniqlik kiritishdi. Birinchi sinf o‘quvchisi Habib Tuken o‘qishni kimyoni o‘rganishdan boshladi. U qo‘rg‘oshin nimaligini allaqachon bilib olgan. Onasi farzandining sog‘lig‘iga e’tibor bilan qaraydi. Shu bois qizinning organizmida og‘ir metal bor-yo‘qligini tekshirtirishga qaror qildi.

Tafsilotlar bilan havolada tanishasiz: https://www.zakon.kz/5055100-kazahstanskih-detey-obsleduyut-na.html

2021-yil 18-yanvarda Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi va tegishli sertifikat berdi. Mamlakatda aholini emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31051818.html

23-yanvardan boshlab aviatransportda mamlakatga kirib kelgan Qirg‘iziston fuqarolari olinganiga 72 soatdan oshmagan salbiy PZR-tahlilini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.  Respublika tezkor shtabi yigilishida shu haqda xabar berildi.

Tafsilotlarni havolada o‘qishingiz mumkin: https://24.kg/vlast/180637_novyiy_shtamm_ptsr-test_stanet_obyazatelnyim_pri_vyezde_iprilete_vkyirgyizstan/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.