Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Oliy o‘quv yurtlarida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning bazaviy stipendiyasi miqdori oshiriladi

21.01.2021 • 11:06

Oliy o‘quv yurtlarida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning bazaviy stipendiyasi miqdori 10 % ga oshiriladi va 470 ming 800 so‘mni tashkil qiladi (avval – 428 ming so‘m edi).

Agar davlat garnti asosida o‘qiydigan talaba semester yakunida barcha fanlardan reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha 86 ball va undan yuqori to‘plab, “a’lo”(5) baho olsa, uning stipendiyasi bazaviy miqdori 20 foizga oshiriladi va 564 mimg 960 so‘mni tashkil etadi (avval – 513 ming 600 so‘m edi).

Stipendiyali kontrakt to‘lovi asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakti miqdori o‘zgarishsiz qoladi.

Umumiy qoidalarga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lovini tanlagan bo‘lsa, bazaviy stipendiya miqdori 428 ming so‘m ekanidan kelib chiqib, u qo‘shimcha ravishda 5 million 136 ming so‘m to‘lov qiladi. Bu mablag‘ 12 oyga bo‘linadi va u har oyda 428 ming so‘mdan stipendiya olib turadi. Boshqacha aytganda, u o‘qish uchun to‘lagan pulini qaytarib oladi.

Agar stipendiyali kontrakt to‘lovini tanlagan talaba barcha fanlardan imtihonlarni “5” bahoga topshirsa, u bazaviy stipendiyaga 20 % miqdorida ustama oladi. Ushbu 20 foizlik rag‘batlantirish 1-fevraldan oshiriladigan stipendiya miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi. Boshqacha aytganda, agar talaba sessiyani “5” bahoga yopsa, stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda 94 ming 160 so‘m oladi. Buning uchun qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish talab qilinmaydi, faqat barcha fanlardan “5” baho olish kifoya.     

Yangi tartibga ko‘ra, stipendiyasiz kontrakt to‘lovini tanlagan talabalar uchun ham kontrakt miqdori o‘zgarmaydi.

Mazkur tartibga ko‘ra, stipendiyasiz kontrakt to‘lovini tanlagan talaba semestrda barcha fanlardan “5” baho olsa, u 94 ming 160 so‘m miqdorida stipendiya oladi (ilgari – 85 ming 600 so‘m edi).  Demak, ushbu stipendiya 10 % ga oshadi. Buning uchun talabadan qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish talab qilinmaydi.

Qolgan holatlarda stipendiyasiz kontrakt to‘lovini tanlaganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, hammasi avvalgidek qoladi

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.