
«Mening tanam – mening ishim»: O‘zbekistonlik qizlar oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashmoqda
12.08.2020 • 11:35O‘zbekistondagi Exponaut ijodiy yushmasi ishtirokchilari fleshmob tashkil qilishdi – qizlar ijtimoiy tarmoqlarga o‘zlarining qo‘lbola plakatlar ushlab tushgan fotosuratlarini joylashtirishdi. Plakatlarga «ayol hayvon emas», «kelin xizmatkor emas», «mening tanam – mening ishim», «uradimi – demak qamaladi» kabi so‘zlar yozilgan edi. Zamonaviy O‘zbekistonda bu ayollar o‘z huquqlarini himoya qilib chiqqan birinchi ochiq aksiya hisoblanadi.
«Siz AQShdagidek bo‘lishini xohlaysizmi?», «Erkaklar tejajog‘lik qilmaydi, deb o‘ylaysizmi?», «O‘zingizni yaxshi tuting, shunda hammasi yaxshi bo‘ladi»: plakatlar bilan o‘tkazilgan feministik aksiya aks etgan postga ana shunday izohlar qoldirilgan. Qizlar ayollar huquqlarini ma’qullamaydiganlar bilan muloqotlarni hanuz davom ettirishmoqda. https://anhor.uz/society/vedite-sebya-normalyno-i-normalyno-budet-organizatori-feministskoy-akcii-otvetili-na-kommentarii .
Yoshlar fleshmobni qo‘llab-quvvatlashdi. "Zo‘ravonlik va kamsitishlarni boshdan kechirgan qizlar va ayollar jamiyatda ochiq muloqot olib borishni o‘rganishlari, hokimiyat orgtanlari o‘zlarini tushunishiga, o‘zlariga yordam berishiga va ishonishiga umid qilishlari kerak", - deydi fleshmob ishtirokchilaridan biri Nigina Xolmuhamedova.