Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2021-yil 11-18-yanvar.

19.01.2021 • 09:29

Qadrli do‘stim!

Ishlaringiz yaxshimi? Darslarning birinchi haftasi yaxshi o‘tdimi? Endi esa, men sizga o‘tgan haftada Markaziy Osiyo mamlakatlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida so‘zlab beraman.

Boshladik!

 

Talim

Qirg‘izistonda o‘quvchilar uchun muqobil olimpiada boshlandi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Unda aytilishicha, olimpiada to‘rt bosqichda beshta fandan (matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) o‘tkaziladi. Tafsilotlar havolada:

https://24.kg/obschestvo/180216_vkyirgyizstane_startovala_alternativnaya_olimpiada_dlya_shkolnikov/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikada 2025-yilgacha shaxmatni rivojlantirish Davlat dasturini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Farg‘ona AA. Hujjatga ko‘ra, barcha maktablarda “Jismoniy tarbiya” fani doirasida ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sinflarning o‘quvchilari shaxmatni o‘rganishadi.  Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 20 milliard so‘m (1,9 million dollar) ajratiladi. Ajratiladigan mablag‘, jumladan, maktablarni o‘quv qo‘llanmalari, magnitli va shaxmat taxtalari, figuralar, soatlar va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun sarflanadi. Tafsilotlar quyidagi maqolada: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210116/v-uzbekistane-shkolnikov-na-urokah-fizkulturi-budutobuchat-shahmatam

Bishkekdagi maktablarning to‘rtta parallellari o‘quvchilari 18-yanvardan an’anaviy o‘qish shakliga qaytishadi. Shahar meriyasi ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Elmira Imanaliyeva 24.kg ga shu haqda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘rinda 1, 5, 9 va 11-sinflar o‘quvchilari nazarda tutilgan. Tafsilotlarni quyidagi havolada o‘qing: https://24.kg/obschestvo/179783_shkolyi_vbishkeke_nachnut_poetapno_vozvraschatsya_koflayn-obucheniyu_s18yanvarya/

Ikkinchi yarim yillikda Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlari va kollejlarida o‘qish aralash shaklda  - ham onlayn, ham oflayn tarzda boshlanadi. Ta’lim vaziri o‘rinbosari Nurlan Omurov matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qildi. Tafsilotlar quyida:

https://24.kg/obschestvo/179811_vuzyi_ikolledji_sovtorogo_polugodiya_pereydut_nasmeshannyiy_format_obucheniya/

Qirg‘iziston ta’lim vazirligi oliy o‘quv yurtlari, kollejlar va kasb-hunar litseylari talabalarini o‘qitishning uchta variantini ishlab chiqdi. Idora rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ikkinchi yarim yillikda oliy o‘quv yurtlari va kollejlarida o‘qish aralash shaklda – ham  onlayn, ham oflayn tarzda boshlanadi. “Agar epidemiologik vaziyat yomonlashsa, masofaviy o‘qitishga o‘tiladi”, - dedi u. Tafsilotlar quyida:

https://24.kg/vlast/179835_COVID-19_ministerstvo_obrazovaniya_razrabotalo_tri_varianta_obucheniya_studentov/

Qozog‘iston maktablari bitiruvchi sinflarda qaysi fanlar odatiy tartibda o‘qitilishini mustaqil ravishda hal qilishadi, deb xabar bergan ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Sholpan Karinova.  11-yanvardan umumta’lim maktablarining 9, 11-sinflarida, xalqaro maktablar va НИШ larning 10, 11-sinflarida o‘qish odatiy tartibda boshlandi. Maktab dasturidagi fanlarning 70 % bo‘yicha darslar odatiy tartibda, 30 % - masofaviy olib borilmoqda.  Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/mon-shkoly-sami-opredelyayut-kakie-predmety-v-vypusknyh-klassah-budut-prepodavat-v-tradicionnom-formate

Qozog‘iston TFV maktabga olib kirish taqiqlanadigan buyumlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Idoraning tegishli buyrug‘i  “Ochiq MHH” portalida e’lon qilindi. “Ta’lim muassasalariga va ularning hududiga olib kirish taqiqlangan va foydalanilishi cheklangan buyum va moddalarning ilova qilingan  ro‘yxati tasdiqlansin”, - deyiladi hujjatda. Tafsilotlar bilan quyidagi havola orqali tanishasiz:

https://informburo.kz/novosti/mon-ob-ispolzovanii-telefonov-v-skolax-lyubaya-organizaciya-obrazovaniya-mozet-vvesti-ograniceniya

Hujjatga havola quyida: https://legalacts.egov.kz/npa/view?id=6347415

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida bo‘lib o‘tgan xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zga chiqqan president harbiy ta’lim sohasida boshlangan islohotlarni davom ettirish muhimligini qayd etdi. Harbiy bilim yurtlari, litseylar va kollejlar, shu jumladan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari faoliyatini takomillashtirish zarur, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Ularda tahsil olayotgan o‘quvchilarda milliy g‘ururni, Vatanga muhabbat va sadoqatni, adolatni kuchaytirish uchun davlat rahbari ajdodlar merosidan, shu jumladan Jaloliddin Mahguberdi, Amir Temur, Shohruh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning sarkardalik san’atidan keng foydalanishni taklif etdi.  Tafsilotlar quyida:

https://nuz.uz/obschestvo/1184664-shkoly-v-uzbekistane-zakrepyat-za-komandovaniyami-voennyh-okrugov.html

Inson huquqlari

Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining tadqiqotchilari 2020-yilda jahonda inson huquqlarining ahvoli haqidagi har yillik hisobotni elon qilishdi. Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistondagi holat haqida shunday yozilgan. Hisobot haqida batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/hrw-central-asia-problems/31049407.html

Jamiyat

Turkmanistonlik jurnalistlar keyingi kunlarda chiqindi tashlash uchun chiqqan mahalliy aholi oldiga ayollar kelib chiqindini tashlab yubormay ozlariga berishni sorash holatlari kopayib borayotgani haqida xabar berishmoqda. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31046822.html

Qozog‘iston va O‘zbekiston har ikki davlatning diqqatga sazovor joylariga kombinatsiyalashgan turlar dasturini ishlab chiqishmoqda. Loyihaning muhim qismlaridan biri – sayyohlar uchun chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirishdan iborat. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/sport/1185215-na-granicze-uzbekistana-i-kazahstana-sozdaetsya-turisticheskij-koridor-gotovitsya-sovmestnaya-programma-video.html

2021-yilda Tojikistonda qanday bayramlar nishonlanadi. Javob havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210113/kakie-prazdniki-tadzhikistan-otmetit-v-2021-godu

Turkmanistonda shu kunlarda davlat tashkilotlari va xususiy korxonalar xodimlaridan 2021-yilning ramzlari va prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning yangi portretlarini sotib olish uchun pul yig‘ilmoqda. Mamlakatda har yilni yangi shior bilan kutib olish an’anaga aylangan. Prezident Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2021-yilga “Turkmaniston – tinchlik va ishonch Vatani” degan shior tanlandi. Sal avval BMT Bosh Assambleyasi Turkmaniston tashabbusiga ko‘ra “2021-yil – Xalqaro tinchlik va ishonch yili” rezolyutsiyasini qabul qilgan edi. Ushbu qaror va shoirlar turkman xalqi hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31046362.html

Turkmaniston aholisi davlat do‘konlaridan non xarid qilish uchun ma’lumotnoma taqdim etish zarurligi hamda ushbu ma’lumotnomani olish mushkulligidan shikoyat qilishmoqda.  Tafsilotlar bilan quyidagi havolada tanishing: https://rus.azathabar.com/a/31043519.html

Texnologiyalar

Tojikiston hukumati mamlakat soliq qonunchiligiga kiritilgan “Google uchun soliq” deb atalayorgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Bu o‘rinda gap internetdagi barcha elektron to‘lovlar haqida bormoqda.  Ijtimoiy tarmoqdagi reklama, onlayn o‘yinlar, xorijiy domenlar va xostinglar uchun to‘lovni 15-yanvarga qadar amalga oshirish zarurligi haqida xabarnomalar elektron hamyon foydalanuvchilariga jo‘natilgan. Tafsilotlar quyida:

 https://your.tj/vlasti-tadzhikistana-utverdili-nalog-na-google/?fbclid=IwAR2xoXKoMbs_9yrEnm2aPrwAv0lhT1CS8UVjZaMTFtloAt19wxCgKFo9WZQ

Mana ikki kundirki Tojikistonda ommabop bo‘lgan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari aksariyat foydalanuvchilarda yoki umuman ochilmayapti yoki uzilishlar bilan ishlamoqda.  

Mazkur ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdagi cheklovlar haqida birinchi bo‘lib Instagram foqdalanuvchilari xabar berishdi. Ular tasma yangilanmayotganidan, storislar yuklanmayotganidan shikoyat qilishdi. Keyinroq Facebook va Facebook Messenger foydalanuvchilaridan ham shikoyatlar tusha boshladi: material joylashtirish va messengerda yozishish imkonsiz bo‘lib qolgandi.  Shuningdek, aholi internet sifatining yomonligi va tezligining pastligidan ham shikoyat qilmoqda. Tafsilotlar quyida:   https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210112/pochemu-v-tadzhikistane-ne-otkrivayutsya-facebook-i-instagram

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.